Matto 10
10
10–BOB
Iso oʻn ikki havoriyni xizmatga yuboradi
1Iso Oʻzining oʻn ikki havoriysini yoniga chaqirib, ularga yovuz ruhlarni quvib chiqarish va har qanday dardu xastaliklarni sogʻaytirish qudratini berdi. 2Bu oʻn ikki havoriyning ismlari quyidagichadir: birinchisi Butrus deb atalgan Shimoʻn, uning ukasi Endrus, Zabadiyoning oʻgʻillari Yoqub va Yuhanno, 3Filip, Bartolomey, Toʻma, soliqchi#10:3 soliqchi — 5:46 izohiga qarang. Matto, Xalfey oʻgʻli Yoqub, Taddeyus#10:3 Taddeyus — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Lebayus, yaʼni Taddeyus. Ayrim olimlarning fikri boʻyicha, bu ism Yoqub oʻgʻli Yahudoning yana bir ismi edi (Luqo 6:16, Havoriylar 1:13 ga qarang). Xoin Yahudodan ajralib turishi uchun unga Taddeyus ismi berilgan boʻlishi mumkin., 4vatanparvar#10:4 vatanparvar — bu nom Shimoʻnning Rim imperiyasiga qarshilik koʻrsatgan avom xalq harakatining aʼzosi ekaniga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin. Ushbu harakat aʼzolari siyosiy, iqtisodiy va diniy maqsadlarni koʻzlagan edilar. Shimoʻn va Isoga xoinlik qilgan Yahudo Ishqariyot.
5Iso oʻn ikki havoriyni joʻnatayotib, ularga quyidagicha koʻrsatmalar berdi: “Gʻayriyahudiylar yashaydigan joylarga oyoq bosmanglar, Samariyaliklarning#10:5 Samariyaliklar — yahudiylar va Samariyaliklar uzoq vaqt davomida bir–birlariga dushman boʻlib kelganlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SAMARIYALIK soʻziga qarang. shaharlariga kirmanglar. 6Aksincha, adashgan qoʻylarga oʻxshagan Isroil xalqi oldiga boringlar. 7Borganlaringizda: «Osmon Shohligi yaqinlashdi», deb eʼlon qilinglar. 8Xastalarni sogʻaytiringlar, oʻliklarni tiriltiringlar, teri kasalligiga#10:8 teri kasalligi — 8:2 ning birinchi izohiga qarang. chalinganlarni poklanglar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekin oldingizlar, tekin beringlar. 9Belbogʻlaringizga oltin, kumush, hatto mis chaqa ham qistirib olmanglar. 10Yoʻlga toʻrva ham, qoʻshimcha kiyim ham, choriq ham, hassa ham olmanglar. Chunki mehnatkash oʻzining non–nasibasiga munosibdir.
11Qaysi shahar yoki qishloqqa kirsangiz, u yerda oʻzingizga munosib odamni topib, ketguningizcha oʻsha odamning uyida turinglar. 12Uyga kirganingizda: «Xonadoningizda tinchlik–omonlik boʻlsin», deb aytinglar. 13Agar u munosib xonadon boʻlsa, siz tilagan tinchlik oʻsha xonadonda qoladi. Agarda nomunosib boʻlsa, tilagan tinchligingiz oʻzingizga qaytib keladi. 14Agar kim sizni qabul qilmasa va soʻzlaringizga quloq solmasa, oʻsha uydan yoki shahardan chiqib ketayotganingizda oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar#10:14 …oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar — odamlar Xudoning elchilarini rad etganlari uchun, havoriylar oyoqlaridagi changni qoqib ketardilar. Havoriy Pavlus ham shunga oʻxshash harakatni ishlatgan (Havoriylar 18:6 ga qarang). Bu harakat oʻsha odamlarning ayanchli qismatini, yaʼni Xudo tomonidan rad etilishini va Uning shohligidan benasib qolish xavfini anglatardi.. 15Sizga chinini aytaman: qiyomat kunida oʻsha shaharning holi Sadoʻm va Gʻamoʻra shaharlarining#10:15 Sadoʻm va Gʻamoʻra shaharlari — aholisining oʻta buzuqligi oqibatida Egamiz vayron qilgan ikkita shahar (Ibtido 18:16-19:28 ga qarang). holidan ham battar boʻladi.
Kelajakdagi mashaqqatlar
16Men sizlarni boʻrilar orasiga qoʻylarday yuboryapman. Sizlar ilonday ziyrak, kaptarday oq koʻngil boʻlinglar. 17Insonlardan ehtiyot boʻlinglar. Chunki ular sizlarni mahkamalarga topshirib, sinagogalarda kaltaklaydilar. 18Men tufayli sizlarni hokimlar va shohlar huzuriga olib boradilar, sizlar esa ularga va gʻayriyahudiylarga Men haqimdagi Xushxabarni aytasizlar. 19Sizlarni mahkamaga olib borishganda: «Qanday gapiramiz, nima aytamiz», deb xavotir olmanglar. Nima aytishingiz oʻsha vaqtda sizlarga bildiriladi. 20Oʻshanda sizlar emas, balki Otangiz Xudoning Ruhi sizlar orqali gapiradi.
21Aka ukasini, ota bolasini oʻlimga topshiradi. Bolalar oʻz ota–onalariga qarshi chiqib, ularni oʻldirtiradilar. 22Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi. Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi. 23Agar sizlarni bir shaharda quvgʻin qilsalar, boshqasiga qochib boringlar. Sizlarga chinini aytayin: sizlar Isroilning shaharlarini aylanib chiqishga ulgurmasingizdan, Inson Oʻgʻli keladi.
24Shogird ustozidan ustun emas, qul ham oʻzining xoʻjayinidan ustun emas. 25Shogird ustoziday, qul xoʻjayiniday boʻlsa kifoya. Agar uy egasini Baalzabul, yaʼni ins–jinslar hukmdori#10:25 Baalzabul, yaʼni ins–jinslar hukmdori — 9:34 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. deb atagan boʻlishsa, uy ahlini undan battar nom bilan atashadi!
Qoʻrqish va qoʻrqmaslik haqida
26Shunday boʻlsa–da, odamlardan qoʻrqmanglar! Axir, har qanday yashirin narsa maʼlum boʻladi, har qanday sir ochiladi. 27Sizga qorongʻida gapirayotganlarimni yorugʻda aytinglar. Qulogʻingizga shivirlab aytganlarimni uylarning tomi ustidan baqirib, eʼlon qilinglar. 28Tanani oʻldirib, jonni oʻldira olmaydiganlardan qoʻrqmanglar. Xudodan qoʻrqinglar! Chunki U jonni ham, tanani ham doʻzaxda halok etishga qodir. 29Ikkita chumchuq bir tangaga#10:29 bir tanga — yunoncha matnda assarion, Rim imperiyasidagi mis chaqa. Oʻn olti assarion bir dinor qiymatiga toʻgʻri kelardi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi. sotiladi, shunday emasmi? Biroq bularning birontasi ham osmondagi Otangizning xohishisiz yerga tushmaydi. 30Sizlarning esa hatto boshingizdagi har bir tola sochingiz sanalgan. 31Shuning uchun qoʻrqmanglar, sizlar koʻplab chumchuqlardan qadrliroqsizlar.
Isoga loyiq boʻlish haqida
32Kim Meni insonlar oldida tan olsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni tan olaman. 33Ammo kim insonlar oldida Meni rad etsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni rad etaman.
34Meni yer yuziga tinchlik olib kelgan, deb oʻylamanglar. Men tinchlik emas, qilich olib kelganman. 35Oʻgʻilni otasidan, qizni onasidan, kelinni qaynanasidan ajratish uchun kelganman. 36Insonning dushmanlari oʻz uyidagilari boʻladi#10:35-36 Oʻgʻilni otasidan…ajratish uchun kelganman. 36 Insonning dushmanlari oʻz uyidagilari boʻladi — Mixo 7:6 ga qarang.. 37Kimki otasini yoki onasini Mendan ortiq sevsa, Menga loyiq emas. Kimki oʻgʻlini yoki qizini Mendan ortiq sevsa, Menga loyiq emas. 38Kimki oʻz xochini olib#10:38 …oʻz xochini olib… — Rim imperiyasi davrida oʻlim jazosining bir turi mahkumni xochga mixlash edi. Bu jazo hammaga maʼlum boʻlgan. Odatda jinoyatchi oʻzi mixlanadigan xochning koʻndalang yogʻochini hukm ijro etiladigan joyga koʻtarib olib borar edi (toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XOCH soʻziga qarang). Iso Masih mana shu timsol orqali shogirdlarini hamda Unga ishonganlarni oʻz manfaatlarini koʻzlamasdan, Unga butunlay oʻzlarini bagʻishlab va itoat qilib hayot kechirishga, hattoki U uchun oʻlimga ham rozi boʻlishga daʼvat etadi., ortimdan yurmasa, Menga loyiq emas. 39Oʻz jonini ayamoqchi boʻlgan uni yoʻqotadi. Men uchun jonini bergan esa, uni asrab qoladi.
40Sizni qabul qilgan odam Meni qabul qilgan boʻladi. Meni qabul qilgan esa Meni Yuborganni qabul qilgan boʻladi. 41Kimki paygʻambarni paygʻambar boʻlgani uchun qabul qilsa, paygʻambarga munosib mukofotni oladi. Kimki solih odamni solih boʻlgani uchun qabul qilsa, solihga munosib mukofotni oladi. 42Agar siz shogirdlarimning eng kichigiga u Mening shogirdim boʻlgani uchun bir piyola sovuq suv bersangiz, albatta mukofotingizni olasiz, deb sizga chinini aytaman.”
Currently Selected:
Matto 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020