YouVersion Logo
Search Icon

Luqo Kirish

Kirish
Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning uchinchisidir. Bu kitob muallifi Luqodir. U havoriy Pavlusning sodiq doʻsti boʻlib, koʻp safarlarda unga hamrohlik qilgan yaqin hamkori edi. Xushxabarlar orasida Luqo bayon etgan Xushxabar eng uzuni boʻlib, Isoning hayoti va faoliyatini boshidan oxirigacha batafsil bayon etadi. Luqo Isoni nafaqat Isroilning, balki butun dunyoning Najotkori qilib tasvirlaydi. Iso haqidagi Xushxabar barcha millat va xalqlarga qaratilganini koʻrsatadi.
Mazkur Xushxabar tarkibiga boshqa Xushxabarlarda boʻlmagan koʻplab masal va hikoyalar kiritilgan. Bular quyidagilardir: farishtalarning hamdu sano qoʻshigʻi, chaqaloq Isoni choʻponlar ziyorat qilishi, oʻsmir Iso Maʼbadda, rahmdil Samariyalik haqida masal va darbadar oʻgʻil.
Bu Xushxabar boshqalaridan bir necha jihati bilan ajralib turadi. Kitobda odamlarning qiyinchiliklari va muhtojliklariga katta eʼtibor qaratilgan. Muallifning bayon qilishicha, Muqaddas Ruh Isoni qamrab olib, Uni yoʻqsillarga Xushxabar yetkazishga chorlagan (4:18). Kitobda ibodatga ham alohida urgʻu beriladi, ayniqsa Iso maʼlum vaziyatlarda ibodat qilgani aytib oʻtiladi. Shuningdek, muallif ayollarning jamiyatdagi tutgan oʻrni, kambagʻallarga jonkuyarlik, gunohkorlarga inoyatli boʻlish va Muqaddas Ruh haqidagi mavzularni keng yoritadi.
Kitobni oʻqir ekansiz, quvonch hissi qalbingizni yayratadi, ayniqsa dastlabki boblarda Isoning tugʻilishi toʻgʻrisidagi xabar va roʻy bergan hodisalar dilingizni shodon hayratga toʻldiradi, kitobning soʻnggi boblarida hikoya qilingan Isoning osmonga koʻtarilib ketishi haqidagi voqea esa qalbga umid baxsh etadi.

Currently Selected:

Luqo Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in