Mark 16
16
16–BOB
Iso tiriladi
1Shabbat kuni tugagach#16:1 Shabbat kuni tugagach… — shanba kuni quyosh botgandan keyingi vaqtga ishora. Yahudiylarning urf–odatiga koʻra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanar edi., Magdalalik#16:1 Magdala — Jalila koʻlining gʻarbiy qirgʻogʻidagi qishloq. Maryam, Yoqubning onasi Maryam va Salomiya Isoning jasadiga surtish uchun xushboʻy moylar sotib oldilar#16:1 …Isoning jasadiga surtish uchun xushboʻy moylar sotib oldilar — 14:8 izohiga qarang.. 2Yakshanba kuni juda barvaqt turib, tong yorishganda qabrga bordilar. 3Ular bir–biriga:
— Qabr ogʻzidagi toshni biz uchun kim agʻdarib berar ekan–a? — deb aytishardi.
4Qabrga yetib kelganlarida qarashsa, tosh allaqachon agʻdarilgan ekan. Tosh juda katta edi. 5Ular qabr ichiga kirib, oʻng tomonda oʻtirgan oq libosli bir yigitni koʻrdilar–u, choʻchib ketdilar.
6Yigit ularga:
— Qoʻrqmanglar! — dedi. — Sizlar xochga mixlangan Nosiralik Isoni izlayapsizlar. Iso tirildi! U bu yerda yoʻq. Mana Uning qoʻyilgan joyi! 7Endi borib, Uning shogirdlari va Butrusga: “Iso sizlarni Jalilada kutyapti. Oʻzi sizlarga aytganidek#16:7 Oʻzi sizlarga aytganidek… — 14:28 ga qarang., Uni oʻsha yerda koʻrasizlar”, deb aytinglar.
8Dahshatga tushib, qaltiragan ayollar qabrdan chiqib, qochdilar. Ular qoʻrqqanlaridan hech kimga biron narsa aytmadilar#16:8 Mark kitobining eng qadimgi yunon qoʻlyozmalari va tarjimalari shu bobning 9-20–oyatlarini oʻz ichiga olmagan..
Iso Magdalalik Maryamga zohir boʻladi
9Yakshanba kuni erta saharda tirilgan Iso birinchi boʻlib Magdalalik Maryamga zohir boʻldi. Bu ayoldan U yettita jinni quvib chiqargan edi. 10Maryam borib, Isoning aza tutib yigʻlayotgan shogirdlariga xabar yetkazdi. 11Biroq ular Isoning tirik ekanligini va Maryam Uni koʻrganligini eshitsalar ham, ishonmadilar.
Iso shogirdlariga zohir boʻladi
12Shundan keyin Iso yoʻlda bir qishloq tomon ketayotgan ikkita shogirdiga boshqacharoq qiyofada koʻrindi. 13Ular esa qaytib kelib, boshqalarga xabar yetkazishdi, lekin ularga ham ishonmadilar.
14Nihoyat, Iso Oʻzining yeb–ichib oʻtirgan oʻn bir shogirdiga zohir boʻldi. Iso shogirdlarini imonlari zaifligi va qaysarligi uchun koyidi, chunki ular Isoni tirilgan holda koʻrgan odamlarga ishonmagan edilar.
15Iso shogirdlariga dedi:
— Butun jahon boʻylab yuringlar va hamma tirik jonga Xushxabarni eʼlon qilinglar. 16Kimki Xushxabarga ishonib, suvga choʻmdirilsa, najot topadi. Ishonmagan esa mahkum boʻladi. 17Quyidagi alomatlar imonlilarga hamroh boʻladi: Mening nomim bilan jinlarni quvib chiqaradilar. Yangi tillarda soʻzlaydilar. 18Qoʻllariga ilon olsalar ham, zahar ichsalar ham, ularga zarar yetmaydi. Xastalarga qoʻllarini qoʻyganda, ular sogʻayib ketadi.
Iso osmonga koʻtariladi
19Rabbimiz Iso shogirdlariga bularni aytib boʻlgach, osmonga koʻtarildi. U Xudoning oʻng tomoniga oʻtirdi#16:19 U Xudoning oʻng tomoniga oʻtirdi — 14:62 ning birinchi izohiga qarang.. 20Shogirdlar esa ketib, hamma yoqda Xushxabarni vaʼz qilib yurdilar. Rabbimiz shogirdlariga kuch ato qilib, alomatlar orqali ularning soʻzlarini tasdiqlar edi#16:20 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin..
Currently Selected:
Mark 16: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020