YouVersion Logo
Search Icon

Hakamlar 2

2
2–BOB
Egamizning farishtasi Boximda
1Egamizning farishtasi Gilgaldan#2:1 Gilgal — Yerixo shahridan sharqda joylashgan. Isroil xalqi Yoshua boshchiligida yurtga kirganlaridan keyin, birinchi marta mana shu joyda qarorgoh qurganlar (Yoshua 4:19-5:12 ga qarang). Boximga kelib shunday dedi:
— Men sizlarni Misrdan olib chiqdim. Ont ichib, ota–bobolaringizga beraman degan yurtga sizlarni olib kirdim. Men: “Sizlar bilan tuzgan ahdimni hech qachon buzmayman”, degan edim. 2Sizlarga: “Bu yurt xalqlari bilan ahdlashmanglar, ularning qurbongohlarini vayron qilinglar”, deb aytmaganmidim?! Lekin sizlar amrimga itoat qilmay, teskarisini qildingizlar. 3Bunday qilganingiz uchun yurtingizda yashab yurgan bu xalqlarni Men endi haydab chiqarmayman. Ular sizlarga dushman boʻlib#2:3 …sizlarga dushman boʻlib… — yoki …ular sizlarga tuzoq boʻlib qoladi…, yoki …ular sizlarning biqiningizdagi tikanday boʻladi…., ularning xudolari sizlarga tuzoq boʻladi.
4Egamizning farishtasi bu soʻzlarni aytgach, butun Isroil xalqi faryod koʻtardi. 5Shunday qilib, ular oʻsha yerni Boxim#2:5 Boxim — ibroniychadagi maʼnosi yigʻlaydiganlar. deb atadilar va Egamizga qurbonliklar keltirdilar.
Yoshua vafot etadi
6Yoshua Isroil xalqini tarqatib yuborgandan soʻng, har bir odam oʻziga tushgan yerni mulk qilib olish uchun yoʻlga tushgandi. 7Yoshua davrida xalq Egamizga xizmat qilar edi. Ular Yoshuaning oʻlimidan soʻng, Egamiz Isroil uchun qilgan buyuk ishlarini koʻrgan oqsoqollar davrida ham Egamizga itoat qilishar edi. 8Egamizning quli Nun oʻgʻli Yoshua 110 yoshida olamdan oʻtdi. 9Uni Gash togʻining shimolida joylashgan Efrayim qirlaridagi Timnat–Seraxda#2:9 Timnat–Serax — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Timnat–Xares. Uning Timnat–Serax degan shakli Yoshua 24:30 dan olingan (yana Yoshua 19:50 ga qarang)., oʻzi ulush qilib olgan yerda dafn qilishdi. 10Butun keksa avlod ham olamdan oʻtdi. Isroil xalqining yosh avlodi esa Egamizni tan olmadi, Uning Isroil xalqi uchun qilgan buyuk ishlarini bilmadi.
Isroil xalqi Egamizga sajda qilmay qoʻyadi
11Isroil xalqi Egamizning oldida qabihliklar qildi, ular Baal degan xudoning tasvirlariga sigʻina boshlashdi. 12Egamiz ularni Misrdan olib chiqqan boʻlsa–da, ular ota–bobolarining Xudosidan yuz oʻgirishdi. Boshqa xudolarga — yon–atrofda yashovchi xalqlarning xudolariga ergashishdi. Ularga sajda qilib, Egamizning qahrini keltirishdi. 13Isroil xalqi Egamizdan yuz oʻgirib, Baalga va Ashtaretning tasvirlariga sajda qilayotgan edi. 14Bundan gʻazablangan Egamiz ularni bosqinchilar qoʻliga berib, talon–taroj qildirdi va yon–atrofdagi gʻanimlarga taslim qildi. Bundan buyon Isroil xalqi dushmanlariga qarshilik koʻrsata olmas edi. 15Isroil xalqi qayerda jang qilmasin, Egamiz ogohlantirganidek, ularning boshlariga falokat keltirish uchun har safar ularga qarshi Oʻzi chiqar edi. Isroil xalqi ogʻir ahvolda qolgan edi.
16Egamiz ularni bosqinchilar qoʻlidan ozod qilish uchun hakamlarni#2:16 hakamlar — oʻsha vaqtda Isroilning yoʻlboshchilari hakamlar deb atalgan. Isroil xalqi dushmanlariga qarshi urush ochganda, hakamlar lashkarboshi sifatida xizmat qilardi. Shuningdek, hakamlar qozi vazifasini, ayrim hollarda diniy vazifalarni ham bajarar edilar. yubordi. 17Lekin ular hatto hakamlariga quloq solmadilar. Egamizga bevafolik qilib, boshqa xudolarga sajda qilaverdilar. Ular Egamizning amrlariga itoat qilgan ota–bobolariga oʻxshamay, tez orada ajdodlari yurgan haq yoʻldan ozdilar. 18Egamiz ularga hakam yuborar ekan, har bir hakam bilan Oʻzi boʻlar edi, oʻsha hakam davrida xalqini dushmanlardan xalos qilardi. Chunki zolim va zoʻravonlarning dastidan noligan xalqqa Egamizning rahmi kelar edi. 19Ammo hakam olamdan koʻz yumgach, ular yana eski qilmishlariga qaytishar edi. Ota–bobolaridan ham battar gunohlar qilib, boshqa xudolarga sajda qilishar, ularga sigʻinishar edi. Bu odatlarining birontasini ham qoldirmay, qilmishlarini oʻjarlik bilan davom ettirishar edi. 20Isroil xalqidan qattiq gʻazablangan Egamiz shunday dedi: “Bu odamlar gapimga kirmay, Men ota–bobolari bilan tuzgan ahdimni buzdilar! 21Shuning uchun Men ularning oralarida Yoshuaning oʻlimidan keyin qolib ketgan begona xalqlarning birontasini ham ularning huzuridan haydab chiqarmayman.” 22Isroil xalqi ota–bobolari singari Egamizning yoʻlidan yurish–yurmasligini koʻrish uchun, 23Egamiz bu xalqlarni Yoshuaga taslim qilmagan edi. Ularning hammasini birdaniga haydab chiqarmay, yurtda qolishlariga ijozat bergan edi.

Currently Selected:

Hakamlar 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in