Hakamlar 1
1
1–BOB
Yahudo va Shimoʻn qabilalari Odonivazaxni qoʻlga oladilar
1Yoshuaning oʻlimidan#1:1 Yoshuaning oʻlimi — Yoshua 24:29-30 ga qarang. soʻng, Isroil xalqi Egamizdan: “Kanʼon xalqiga qarshi jang qilish uchun oramizdan kim birinchi boʻlib chiqsin?” deb soʻradi. 2“Yahudo qabilasi chiqsin, — dedi Egamiz. — Men bu yurtni ularning qoʻliga beryapman.” 3Shunda Yahudo qabilasi qardoshi boʻlgan Shimoʻn qabilasiga shunday dedi: “Kelinglar, birgalikda bizga ulush boʻlib tushgan yerga boraylik. Oʻsha yerda birgalashib Kanʼon xalqiga qarshi jang qilaylik. Keyin biz ham sizlarga tushgan ulushga ergashib boramiz.” Shunday qilib, Shimoʻn qabilasi ular bilan birga bordi. 4Yahudo qabilasi jangga chiqdi. Kanʼon va Pariz xalqlarini Egamiz ularning qoʻliga bergani uchun, ular Bazax shahrida oʻn mingta dushmanni qirib tashlashdi. 5Oʻsha yerda shoh Odonivazaxga duch kelishdi, unga hujum qilib, Kanʼon va Pariz xalqlarini magʻlub etishdi. 6Odonivazax qochdi, ammo ular uning ketidan quvib, qoʻlga olishdi va oyoq–qoʻllarining bosh barmoqlarini chopib tashlashdi. 7Shunda Odonivazax dedi: “Oyoq–qoʻllarining bosh barmoqlari chopib tashlangan yetmishta shoh dasturxonimdan tushgan ushoqlarni terib yurishar edi#1:7 …dasturxonimdan tushgan ushoqlarni terib yurishar edi — bu harakat magʻlubiyat va xorlikning bir belgisi edi.. Men oʻsha shohlarning boshiga solgan ne–ne kunlarni Xudo qaytarib oʻz boshimga soldi.” Isroil odamlari Odonivazaxni Quddusga olib borishdi, u oʻsha yerda jon berdi.
Yahudo qabilasi Quddus bilan Xevronni qoʻlga kiritadi
8Keyin Yahudo qabilasi Quddusga hujum qilib, shaharni qoʻlga kiritdi#1:8 …Quddusga hujum qilib, shaharni qoʻlga kiritdi — shahar magʻlub boʻlgan boʻlsa ham, hali Isroil xalqi tomonidan egallanmagan edi (shu bobning 21–oyatiga qarang). Shoh Dovud Quddusni bosib olgandan keyingina, Isroil xalqi bu shaharga egalik qildi (2 Shohlar 5:6-10 ga qarang).. Ular u yerdagilarni qilichdan oʻtkazib, shaharga oʻt qoʻyishdi. 9Soʻng esa qirlarda, gʻarbdagi qir etaklarida va Nagav choʻlida yashovchi Kanʼon xalqiga qarshi jang qilish uchun janubga qarab yurishdi. 10Yahudo qabilasi Xevron shahrida#1:10 Xevron shahri — Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. istiqomat qilgan Kanʼon xalqiga hujum qilib, Sheshay, Oximan va Talmay qoʻshinlarini yakson qildi. Xevronning eski nomi Xirat–Arba edi.
Oʻtniyol Davir shahrini qoʻlga kiritadi
11U yerdan Yahudo odamlari Davir shahriga hujum qilish uchun yoʻlga tushishdi. Davirning eski nomi Xirat–Safar edi. 12Shunda Xolib#1:12 Xolib — Yahudo qabilasining oqsoqollaridan biri (Yoshua 14:6-14 va Sahroda 13:7, 31, 14:6, 10, 20-24 ga qarang). Shu bobning 12-15–oyatlarida yozilgan hikoya Yoshua 15:13-19 da qayd etilgan.: “Xirat–Safarga hujum qilib, qoʻlga kiritgan kishiga qizim Axsani beraman”, — dedi. 13Oʻtniyol shaharni qoʻlga kiritdi, Xolib esa unga qizi Axsani uzatdi. Oʻtniyol — Xolibning jiyani, aniqrogʻi, Xanaz ismli kenja ukasining oʻgʻli edi. 14Toʻydan keyin qiz Oʻtniyolga: “Keling, otamdan#1:14 …qiz Oʻtniyolga: “Keling, otamdan… — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalarda …Oʻtniyol qizga: “Kel, otangdan…. bir dala soʻrab olaylik”, deb turib oldi. Xolib eshakdan tushayotgan qiziga: “Ha, qizim, biron–bir istaging bormi?” — deb soʻradi. 15“Menga bir sovgʻa qilsangiz, — dedi Axsa. — Siz menga Nagav choʻlidagi yerni berdingiz, endi suv buloqlarini ham hadya eting.” Shunday qilib, Xolib unga tepadagi va pastdagi buloqlarni berdi.
Yahudo va Benyamin qabilalarining gʻalabalari
16Yahudo xalqi palma shahri Yerixoni#1:16 palma shahri Yerixo — ibroniycha matnda Palma shahri. Yerixo shahrini shu nom bilan ham atashardi. tark etdi. Musoning qaynatasi avlodidan boʻlgan Xayin xalqi Yahudo xalqiga ergashib, Yahudo choʻliga yoʻl oldi. Ular Arod shahridan janub tomonda joylashib, u yerda mahalliy xalq orasida oʻrnashib oldilar. 17Yahudo va Shimoʻn qabilalari birgalikda Zafat shahrida yashaydigan Kanʼon xalqiga hujum qilib, shaharni yer bilan yakson qilishdi. Shuning uchun bu shahar Xoʻrmax#1:17 Xoʻrmax — ibroniychadagi maʼnosi vayrona. deb atalgan. 18Yahudo qabilasi Gʻazo, Ashqalon, Exron shaharlarini#1:18 Gʻazo, Ashqalon, Exron shaharlari — Filistlarning beshta shahridan uchtasi (Yoshua 13:3 ga qarang). va ularning atrofidagi yerlarni qoʻlga kiritdi. 19Egamizning Oʻzi Yahudo qabilasi bilan boʻlgani uchun, ular qirlarni egallab oldilar. Ammo tekislikda yashaydigan xalqlarni oʻz yeridan quva olmadilar, chunki oʻsha xalqlarning temir jang aravalari#1:19 temir jang aravalari — bu aravalarning baʼzi qismlari temirdan yasalgan edi, xolos. bor edi. 20Muso aytganidek#1:20 Muso aytganidek… — Yoshua 15:13-14 ga qarang., Xevron shahri Xolibga berildi. Xolib u yerdan Onoq avlodidan kelib chiqqan uchta urugʻni#1:20 Onoq avlodidan kelib chiqqan uchta urugʻni — Onoq avlodi Isroil xalqidan avval Kanʼonda yashagan, ular gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur boʻlgan xalq (Sahroda 13:33-34, Qonunlar 1:28, 2:10-11, 20-21, 9:1-2 ga qarang). quvib chiqardi. 21Benyamin qabilasi esa Quddusda istiqomat qilgan Yobus xalqini haydab chiqarmadi. Shu sababdan Yobus xalqi bugunga qadar#1:21 bugunga qadar — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. Quddusda, Benyamin avlodlari orasida yashab kelmoqda.
Efrayim va Manashe qabilalari Baytilni bosib olishadi
22Yusufning ikkala oʻgʻli — Efrayim va Manashedan bino boʻlgan qabilalar ham Baytil shahriga#1:22 Baytil shahri — Quddusdan qariyb 19 kilometr shimolda joylashgan. hujum qilmoqchi boʻlib, yoʻlga chiqdilar. Egamiz ular bilan edi. 23Baytil haqida koʻproq maʼlumot yigʻish uchun ular oʻz aygʻoqchilarini shahar tomon yubordilar. Baytil shahrining eski nomi Luz edi. 24Aygʻoqchilar shahardan chiqib kelayotgan bir odamni koʻrib, unga: “Bizga shaharga olib kiradigan yashirin kirish joyini#1:24 yashirin kirish joyi — qadimda devor bilan oʻralgan shaharlarda faqat shahar aholisi biladigan bir–ikkita kichkina kirish joylari boʻlgan. Shaharning asosiy darvozalari qulf boʻlsa ham, odamlar mana shu joylardan shaharga kira olardilar. koʻrsat! Buning evaziga joningni saqlab qolamiz!” — dedilar. 25Oʻsha odam ularga yoʻl koʻrsatdi. Efrayim va Manashe lashkarlari shahar aholisini bitta qoʻymay qilichdan oʻtkazishdi. Yoʻl koʻrsatgan odamni esa butun oilasi bilan birga qoʻyib yuborishdi. 26Oʻsha odam Xet xalqining yurtiga#1:26 Xet xalqining yurti — Xet xalqining bir shohligi boʻlib, markazi hozirgi Turkiya hududida joylashgan edi. Bu shohlik bir vaqtlar janubdan hozirgi Suriyagacha choʻzilgan edi. borib bir shahar qurdi, uning nomini esa Luz deb qoʻydi. Oʻsha shahar bugunga qadar shu nom bilan ataladi.
Isroil xalqi quvib chiqarmagan oʻzga xalqlar
27Manashe qabilasi Bayt–Shan, Tanax, Doʻr, Yiblayom, Magidoʻ shaharlari va ularning qishloqlarida yashagan Kanʼon xalqini haydab chiqarmadi, ular oʻsha yerlarda yashayverdilar. 28Vaqti kelib, Isroil xalqi kuchini yigʻib oldi, shunda Kanʼon xalqini oʻziga boʻysundirib, qarol boʻlib xizmat qilishga majbur qildi. Ammo shunda ham oʻz yeridan haydab chiqarmadi.
29Efrayim qabilasi ham Gezer shahridagi Kanʼon xalqini quvib chiqarmadi. Kanʼon xalqi Gezerda ularning orasida yashayverdi.
30Zabulun qabilasi ham Xitroʻn va Nahalil shaharlarida istiqomat qilgan Kanʼon xalqini haydab chiqarmadi. Kanʼon xalqi Zabulun qabilasi bilan birga yashab, ularga qarol boʻlib xizmat qilishga majbur boʻldi.
31Osher qabilasi ham Akkoʻ, Sidon, Axlob, Axsib, Xelba, Ofiq va Rexob shaharlarida yashaydigan Kanʼon xalqini yeridan haydab chiqarmadi. 32Ular oʻsha yurt aholisini haydab chiqarmaganlari uchun Kanʼon xalqi bilan birga yashadilar.
33Naftali qabilasi ham Bayt–Shamash va Bayt–Onot shaharlarining aholisini haydab chiqarmay, yerli xalq — Kanʼon xalqi orasida yashab qoldi. Lekin ular oʻsha shaharlar aholisini oʻziga boʻysundirib, qarol boʻlib xizmat qilishga majbur qildilar.
34Biroq Amor xalqlari#1:34 Amor xalqlari — bu oʻrinda umumiy nom boʻlib, bu nom ostida oʻsha vaqtlarda Kanʼonda istiqomat qilgan Isroil xalqidan boshqa qolgan hamma xalqlar nazarda tutilgan. Dan qabilasini siqib, qirlarga chiqib ketishga majbur qildilar, vodiyga tushishlariga yoʻl qoʻymadilar. 35Amor xalqlari Xar–Xares, Oyjavlon va Shalbim shaharlarida yashayverdilar. Lekin Efrayim va Manashe qabilalari ularga oʻz hukmini oʻtkazib, qarol boʻlib xizmat qilishga majbur qildilar. 36Amor xalqlari yashagan hududning chegarasi Chayonlar dovonidan#1:36 Chayonlar dovoni — ibroniycha matnda Akrabim dovoni, maʼnosi chayonlar dovoni. Selagacha choʻzilgan va u yerdan shimolga qarab ketgan edi.
Currently Selected:
Hakamlar 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020