Hakamlar 17
17
17–BOB
Mixoning butlari
1Efrayim qirlarida Mixo degan bir odam yashardi. 2Bir kuni u onasiga shunday dedi:
— Ona, esingizdami, 1100 boʻlak kumushni#17:2 1100 boʻlak kumush — taxminan 13 kiloga toʻgʻri keladi. oʻgʻirlatib qoʻygan edingiz. Oʻshanda oʻgʻrini oldimda qargʻagansiz. Mana, oʻsha kumushingiz. Uni men olgandim.
Shunda onasi:
— Iloyim baraka topgin, oʻgʻlim! — dedi.
3Mixo 1100 boʻlak kumushni onasiga qaytarib berdi. Onasi esa:
— Men bu kumushni bosh–koʻzingdan xayr–sadaqa qilib, Egamga bagʻishlayman, — dedi, — undan quyma va oʻyma butlar yasattiraman. Oʻsha kumush oʻzingga qaytib keladi, oʻgʻlim.
4Mixo qaytarib bergan kumush boʻlaklarining 200 tasini#17:4 kumush boʻlaklarining 200 tasi — taxminan 2,3 kiloga toʻgʻri keladi. onasi zargarga berdi. Zargar but yasab, uni kumush bilan qopladi#17:4 …but yasab, uni kumush bilan qopladi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …kumushdan oʻyma but va quyma but yasadi. Ibroniycha matnda keyinroq faqat bitta but haqida soʻz yuritilgan. Shuning uchun bittagina but yasalganining ehtimoli koʻproq. Bu but oʻyib yasalgandan soʻng kumush bilan qoplangan edi.. Tayyor boʻlgan but Mixoning uyiga oʻrnatildi. 5Mixoning bir sajdagohi bor edi. U ruhoniylar kiyadigan maxsus libos#17:5 ruhoniylar kiyadigan maxsus libos — ibroniycha matnda efod. Hoynahoy bu oyatda efod soʻzi sajdagohda xizmat qiladigan ruhoniy kiyadigan kiyimga ishora qiladi. Musoning akasi oliy ruhoniy Horun kiygan efodga oʻxshatib tikilgan boʻlishi mumkin (Chiqish 28:6-30, Levilar 8:7 ga qarang). Yoki odamlar sajda qilgan yoki fol ochish uchun ishlatgan narsa haqida aytilgan boʻlishi ham mumkin (yana 8:27 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). tiktirib, yana bir nechta xonaki sanamlar#17:5 xonaki sanamlar — ibroniycha matnda terafim. Odamlar bu sanamlardan fol ochishda foydalangan boʻlsalar kerak. yasattirdi, soʻng oʻgʻillaridan birini oʻzining sajdagohiga ruhoniy qilib tayinladi. 6Oʻsha davrda Isroilda shoh yoʻq edi. Har bir odam bilganini qilar edi.
7Yahudo hududidagi Baytlahm shahrida#17:7 Baytlahm shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr janubda joylashgan. bir yosh levi#17:7 levi — Xudo tomonidan Muqaddas chodirda xizmat qilish uchun tanlangan, Levi qabilasiga mansub odam (Sahroda 3:5-10 ga qarang). yashardi. 8Bu odam oʻziga boshqa joydan boshpana topmoqchi boʻlib, Baytlahmni tark etdi. U yoʻl yurib, Efrayim qirlaridagi Mixoning uyiga kelib qoldi.
9— Qayerliksan, oʻgʻlim? — deb soʻradi undan Mixo.
— Men Yahudodagi Baytlahmdan kelgan leviman, — deb javob berdi u. — Oʻzimga boshpana qidirib yuribman.
10— Kel, menikida tura qol, — dedi Mixo. — Mening maslahatchim hamda ruhoniyim boʻl. Men esa har yili senga oʻn boʻlakdan kumush#17:10 oʻn boʻlakdan kumush — taxminan 110 grammga toʻgʻri keladi. toʻlab, kiyim–kechaging bilan yeguligingni beraman.
11-12Levi Mixonikida turishga rozi boʻldi. Mixo uni ruhoniy qilib tayinladi. Levi Mixonikida yashab yurdi va Mixoga xuddi oʻgʻliday boʻlib qoldi. 13Shunda Mixo dedi: “Mana endi Egam menga baraka berishini bilaman, chunki levining oʻzi menga ruhoniy boʻlib xizmat qilyapti.”
Currently Selected:
Hakamlar 17: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020