Ibroniylar 7
7
7–BOB
Ulugʻ ruhoniy Maliksidiq
1Maliksidiq#7:1 Maliksidiq — 5:5-6 oyatlarga va 5:6 ning birinchi izohiga qarang. — Salim#7:1 Salim — Quddusning qadimgi nomi. shohi va Xudoyi Taoloning ruhoniysi edi. Ibrohim toʻrtta shohni magʻlub etib, qaytib kelayotganda, Maliksidiq uni kutib olgani chiqib, duo qilgan edi. 2Ibrohim esa qoʻlga kiritgan hamma oʻljasining oʻndan birini Maliksidiqqa bergandi.
Maliksidiq ismining maʼnosi “adolat shohi” demakdir. U yana “tinchlik shohidir”, chunki Salim “tinchlik” maʼnosini beradi. 3Uning na otasi, na onasi, na nasabnomasi bor. Hayotining boshi ham, oxiri ham yoʻq. U Xudoning Oʻgʻli singari, to abad ruhoniy boʻlib qoladi.
4Maliksidiq qanchalik buyuk zot ekanligini bilib qoʻying! Hatto ulugʻ bobokalonimiz Ibrohim ham oʻljasining oʻndan birini unga bergandi. 5Levi naslidan boʻlgan ruhoniylar#7:5 Levi naslidan boʻlgan ruhoniylar — Xudo Levi qabilasidan bir oilani, yaʼni Horunning avlodini Isroil xalqining ruhoniylari qilib tanladi (Chiqish 28:1, 29:1-9 ga qarang). Ular levi ruhoniylari deb ham ataladi. esa Xudoning qonuni boʻyicha Isroil xalqidan, yaʼni oʻz birodarlaridan ushr#7:5 ushr — har qanday daromadning oʻndan bir qismi. Isroil xalqi ushrni Maʼbadga olib kelib, ruhoniylarning kundalik roʻzgʻorini taʼminlab turardi. Levilar 27:30-33, Sahroda 18:21, Qonunlar 14:22-29, 26:12-13 ga qarang. yigʻishlari kerak edi. Vaholanki, Isroil xalqining hammasi Ibrohimning avlodlaridir. 6Maliksidiq Levi naslidan boʻlmasa–da, Ibrohimdan ushr oldi. Soʻng Ibrohimni — Xudoning vaʼdalarini olgan zotni duo qildi. 7Hammamizga maʼlumki, duo qilgan odam duo olgan odamdan ulugʻroqdir. 8Ushr yigʻadigan ruhoniylar foniy bandalar edi. Ibrohimdan ushr olgan Maliksidiq esa, Muqaddas bitiklarda yozilishicha, hanuz barhayotdir. 9Hatto aytishimiz mumkinki, ushr oluvchi levi ruhoniylari ham Ibrohim orqali Maliksidiqqa ushr bergandilar. 10Chunki Maliksidiq Ibrohimni kutib olganda, levi ruhoniylari hali bobokaloni Ibrohimning pushti kamarida edilar.
Maliksidiqqa oʻxshash boshqa bir Ruhoniy
11Levi ruhoniylari bizni barkamol qila olmaydilar. Shuning uchun Xudo Horunning nasabidan#7:11 …Horunning nasabidan… — shu bobning 5–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang. boʻlgan ruhoniyni emas, balki Maliksidiqqa oʻxshagan boshqa bir ruhoniyni#7:11 Maliksidiqqa oʻxshagan boshqa bir ruhoniy — yaʼni Iso Masih (5:5-6 ga qarang). yubordi. Isroil xalqiga berilgan qonunlar levi ruhoniylari orqali joriy qilingan edi. 12Shunday ekan, Xudo yangi ruhoniylikni tashkil qilganda, yangi qonunlarni ham joriy qildi. 13-14Buni biz aytib oʻtgan ruhoniy, yaʼni Rabbimiz Iso misolida aniq koʻrishimiz mumkin. Biz bilamizki, Rabbimiz Iso Levi qabilasidan emas, balki Yahudo qabilasidan kelib chiqqan. Yahudo qabilasidan hech kim ruhoniy boʻlib qurbongohda xizmat qilmagan. Buning ustiga, Muso bu qabila haqida gapirganda ruhoniylikka doir biron koʻrsatma bermagan. 15Yangi qonunlar joriy qilinganini yana shundan aniq koʻrishimiz mumkin: Rabbimiz xuddi Maliksidiq kabidir. 16Uning ruhoniyligi bu foniy dunyoning talabiga, yaʼni nasl–nasabga doir qoidalarga#7:16 nasl–nasabga doir qoidalar — Tavrot qonuniga koʻra, ruhoniylar Levi qabilasiga mansub Horun avlodidan boʻlishi shart edi (shu bobning 5–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang). asoslanmagan, balki Maliksidiqning ruhoniyligi singari, cheksiz hayot qudratiga asoslangan. 17Zotan, Muqaddas Bitikda U haqda shunday yozilgan:
“Sen Maliksidiq singari,
To abad ruhoniysan.”#7:17 Zabur 109:4 ga qarang.
18Demak, avvalgi qonun–qoidalar ojiz va samarasiz boʻlgani uchun bekor qilindi. 19Chunki qonun biron–bir kishini kamolotga yetkaza olmagan. Endi qonun oʻrniga bizga aʼloroq bir umid berildi, biz bu umid orqali Xudoga yaqinlasha olamiz.
20-21Bundan tashqari, Xudo Isoni Oliy ruhoniy qilib tayinlaganda ont ichgandi. Muqaddas bitiklarda bu haqda shunday deyilgan:
“Egamiz ont ichgan, qarorini oʻzgartirmas:
«Sen to abad ruhoniysan.»”
Ammo levi ruhoniylari tayinlanganda, Xudo biron marta ont ichmagan. 22Demak, Xudo Iso orqali bizni aʼloroq bir ahdga erishtirdi, Isoning Oʻzi bunga kafildir#7:22 …Xudo Iso orqali bizni aʼloroq bir ahdga erishtirdi, Isoning Oʻzi bunga kafildir — 8:6 ga qarang. Muallif buni 8-10–boblarda batafsil tushuntirib beradi..
23Yana bir farq shundaki, levi ruhoniylarining soni koʻp edi, chunki oʻlim ruhoniylarga oʻz xizmatlarini davom ettirishga monelik qilar edi. 24Ammo Iso mangu boʻlgani uchun to abad ruhoniy boʻlib xizmat qiladi. 25Shuning uchun U Oʻzi orqali Xudoga yaqinlashuvchilarga abadiy najot bera oladi. Axir, Iso barhayot boʻlib, ular uchun Xudoga iltijo qiladi.
26Bizga aynan shunday — muqaddas, begʻubor va pok Oliy ruhoniy kerak edi. Iso gunohkorlardan ayrilgan, osmondan ham yuksakka koʻtarilgan. 27U boshqa oliy ruhoniylar kabi, har kuni oldin oʻz gunohlari uchun, keyin xalqning gunohlari uchun qurbonlik keltirishi kerak emas. Chunki U bir marta Oʻzini qurbon qilib, xalqning gunohlari uchun keltiriladigan hamma qurbonliklarga chek qoʻydi. 28Tavrotga binoan oliy ruhoniylikka ojiz bandalar tayinlanardi. Ammo endi Xudoning ont ichib bergan vaʼdasiga#7:28 Xudoning ont ichib bergan vaʼdasi — Zabur 109:4 da bayon etilgan ontga ishora qilingan (shu bobning 20-21–oyatlariga qarang). Musoga Tavrotni bergandan ancha vaqt oʻtgandan keyin Xudo bu ontni ichgan. binoan oliy ruhoniylikka Xudoning Oʻgʻli tayin etildi. U barkamollikka erishgan va to abad barkamol boʻlib qoladi.
Currently Selected:
Ibroniylar 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020