Ibroniylar 6
6
6–BOB
1Shunday ekan, Masihning boshlangʻich taʼlimotida toʻxtab qolmaylik. Aksincha, imonda yetuk boʻlishga intilaylik. Hadeb taʼlimotning ilk asoslarini oʻrganavermaylik. Oʻlimga yetaklovchi ishlardan tavba qilish va Xudoga ishonish haqida, 2poklanish marosimlari#6:2 poklanish marosimlari — mazkur ibora nimaga ishora qilayotgani aniq emas. Bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz Yangi Ahdda suvga choʻmdirilish marosimiga ishora sifatida aslo ishlatilmagan. Iso Masihga ishongan baʼzi yahudiylar imonining ifodasi sifatida baʼzi Eski Ahd qoidalariga rioya qilgan boʻlishlari mumkin. va qoʻl qoʻyib duo qilish haqida, oʻliklarning tirilishi va abadiy hukm haqida qayta–qayta taʼlim olishimiz shart emas. 3Endi Xudoning madadi bilan yetuklik sari qadam tashlaylik.
Ogohlikka va umidvorlikka chorlovchi soʻzlar
4Nahotki Xudodan yuz oʻgirgan odamni yana tavbaga olib kelib boʻlsa?! Bunday odam Xudoning nurini koʻrib, samoviy inʼomdan lazzat olgan, Muqaddas Ruhdan bahramand boʻlib, 5Xudo kalomining ezguligini totib koʻrgan va kelajak dunyoning qudratini oʻz tajribasida koʻrgan. 6Agar shularga qaramay, u Xudodan qaytsa, ikki dunyoda ham tavba qilmaydi! Chunki bu qilmishi bilan Xudoning Oʻgʻlini goʻyo boshqatdan xochga mixlab, hammaning oldida Uni sharmanda qilayotganday boʻladi.
7Xudoning yoʻlidan yurgan odamni moʻl–koʻl yomgʻirga toʻygan yerga oʻxshatsa boʻladi. Bunday yer dehqonlar uchun yaxshi hosil yetishtirib, Xudodan baraka topadi. 8Xudodan qaytgan odam esa yantogʻu tikan bosgan yerga oʻxshaydi. Bunday yer foydasiz boʻlib, laʼnatga duchor boʻlish xavfi ostida qoladi. Oxir–oqibatda esa olovga yem boʻladi.
9Sevimli birodarlarim, qattiq gapirganimga qaramay, sizlardan koʻnglim toʻq. Sizlar najotga eltuvchi toʻgʻri yoʻldan ketayotganingizga ishonchim komil. 10Axir, Xudo adolatlidir. U sizning ishingizni unutmaydi, Unga boʻlgan muhabbatingiz tufayli azizlariga qilgan va qilayotgan xizmatlaringizni yodida tutadi. 11Xizmatdagi bu shijoatingizni har biringiz oxirigacha asrashingizni chin dildan xohlaymiz. Chunki shundagina Masihga boʻlgan umidingiz soʻnmaydi. 12Erinchoq boʻlmanglar. Aksincha, imoni va sabr–toqati tufayli Xudoning vaʼdalaridan bahramand boʻlgan birodarlardan oʻrnak olinglar.
Xudoning oʻzgarmas vaʼdasi umid bagʻishlaydi
13Xudoning Ibrohimga bergan vaʼdasini eslanglar. Oʻshanda Xudo Oʻz nomi haqi qasam ichgandi. Zero, qasam ichish uchun Oʻzidan buyukroq biron zot yoʻq edi. 14Oʻshanda Xudo qasam ichib, shunday degandi:
“Senga albatta qut–baraka beraman,
Naslingni son–sanoqsiz qilaman.”#6:14 Ibtido 22:17 ga qarang.
15Ibrohim sabr–toqat qilib, berilgan vaʼdaga erishdi.
16Odamlar qasam ichganlarida oʻzlaridan buyukroq boʻlgan kimsaning ismi haqi qasam ichadilar. Qasam aytilgan gapning tasdigʻi hisoblanadi va har qanday bahsga xotima beradi. 17Shunga oʻxshab, Xudo ham Oʻz vaʼdasini qasam bilan tasdiqladi. Chunki xalqiga baraka berishni vaʼda qilgan Xudo shu orqali Oʻz irodasining qatʼiy ekanligini aniq koʻrsatmoqchi edi. 18Xudo yolgʻon gapirmaydi! Uning bergan vaʼdasi va ichgan qasami hech qachon oʻzgarmaydi. Xudoning tasdiqlagan vaʼdasidan endi biz kuchli dalda olib, U bergan umidni mahkam tutaylik. Axir, biz Xudodan panoh topganmiz. 19Bu umid jonimiz uchun tebranmas, mustahkam langardaydir. Umidimiz bizni samoviy Chodirdagi#6:19 samoviy Chodir — bu oʻrinda Xudoning samoviy makoni Eski Ahddagi Muqaddas chodirga oʻxshatib tasvirlangan (8:5, 9:24 ga qarang). Muqaddas chodirda Eng muqaddas xonani Muqaddas xonadan bir parda ajratib turardi. Xudo Oʻz xalqiga, Men Eng muqaddas xonada istiqomat qilaman, deb aytgan edi. Eng muqaddas xonaga faqatgina oliy ruhoniy bir yilda bir marta kirishi mumkin edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MUQADDAS CHODIR iborasiga qarang. pardaning orqa tarafiga, Xudoning huzuriga olib kiradi. 20Iso bizdan oldin u yerga kirib, biz uchun yoʻl ochib berdi. U Maliksidiq#6:20 Maliksidiq — 5:5-6 oyatlarga va 5:6 ning birinchi izohiga qarang. singari to abad Oliy ruhoniyimiz boʻldi.
Currently Selected:
Ibroniylar 6: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020