YouVersion Logo
Search Icon

Ibroniylar 5

5
5–BOB
1Har bir oliy ruhoniy insonlar orasidan tanlab olinadi. U Xudoga gunohlar uchun nazrlar va qurbonliklar keltirib, xalq vakili boʻlib xizmat qiladi. 2Gʻaflatda gunoh qilib qoʻygan odamlarni oliy ruhoniy tushunadi, chunki u oʻzi ham inson, kamchiliklari bor. 3Shu sababdan u nafaqat xalqning gunohlari uchun, balki oʻzining gunohlari uchun ham qurbonliklar keltirishi zarur. 4Hech kim oʻz xohishi bilan oliy ruhoniy boʻla olmaydi, balki Horunga#5:4 Horun — Musoning akasi, Isroil xalqiga oliy ruhoniy boʻlib xizmat qilgan birinchi inson. oʻxshab Xudo tomonidan tayinlanadi.
5Shu tariqa, Masih ham oliy ruhoniylik sharafiga intilmadi, bunday martabaga U daʼvogarlik qilmadi. Aksincha, Unga:
“Sen Mening Oʻgʻlimsan,
Bugun Men Senga Ota boʻldim”#5:5 Zabur 2:7 ga qarang.,
— deb aytgan Xudo Uni Oliy ruhoniy qilib tayinladi. 6Zero, boshqa bir joyda Xudo Unga shunday degan:
“Sen Maliksidiq#5:6 Maliksidiq — Ibtido 14:17-20 da aytib oʻtilgan, Horundan oldin yashagan ruhoniy. Uning ajdodlari yoki oʻlimi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq (7:3 ga qarang). singari,
To abad ruhoniysan.”#5:6 Zabur 109:4 ga qarang.
7Masih bu dunyoda yashagan paytda koʻz yosh toʻkib, Xudoga faryod qildi, Unga iltijo qilib yolvordi#5:7 Masih…iltijo qilib yolvordi — Mark 14:32-42, Yuhanno 12:27-33 ga qarang.. Chunki Xudo Uni oʻlimdan qutqarishga qodir ekanligini Masih bilar edi. U Xudoni yuksak darajada eʼzozlagani uchun Uning iltijosi ijobat boʻldi. 8Garchi U Xudoning Oʻgʻli boʻlsa ham, azob–uqubat chekib, itoatkorlikning asl maʼnosini angladi. 9Xudo azoblar orqali Masihni barkamol qildi. Shunday qilib, Unga itoat qilganlarning hammasi uchun Masih abadiy najot manbai boʻldi. 10Xudo Masihni “Maliksidiq singari Oliy ruhoniy” deb eʼlon qildi.
Imonda ulgʻayinglar
11Oliy ruhoniyimiz haqida sizlarga yana koʻp gapirgan boʻlardim–u, ammo qanday qilib sizlarga tushuntirishni bilmayman, chunki sizning aqlingiz oʻtmas boʻlib qolgan. 12Sizlar oʻzlaringiz allaqachon ustozlik qilishingiz kerak edi! Ammo siz boshqalarga emas, boshqalar sizlarga Xudo kalomining ilk asoslarini oʻrgatishlari kerak. Sizlar hali ham sutga muhtojsiz! Quyuq ovqatni hazm qila olmaysiz. 13Sut bilan oziqlanadigan har bir kishi hali chaqaloq. U toʻgʻri bilan notoʻgʻrining farqiga bormaydi. 14Quyuq ovqat esa ulgʻayganlar uchundir. Ular tajriba orttirib, yaxshini yomondan farqlay oladilar.

Currently Selected:

Ibroniylar 5: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in