1
Ibroniylar 5:14
Muqaddas Kitob
Quyuq ovqat esa ulgʻayganlar uchundir. Ular tajriba orttirib, yaxshini yomondan farqlay oladilar.
Compare
Explore Ibroniylar 5:14
2
Ibroniylar 5:12-13
Sizlar oʻzlaringiz allaqachon ustozlik qilishingiz kerak edi! Ammo siz boshqalarga emas, boshqalar sizlarga Xudo kalomining ilk asoslarini oʻrgatishlari kerak. Sizlar hali ham sutga muhtojsiz! Quyuq ovqatni hazm qila olmaysiz. Sut bilan oziqlanadigan har bir kishi hali chaqaloq. U toʻgʻri bilan notoʻgʻrining farqiga bormaydi.
Explore Ibroniylar 5:12-13
3
Ibroniylar 5:8-9
Garchi U Xudoning Oʻgʻli boʻlsa ham, azob–uqubat chekib, itoatkorlikning asl maʼnosini angladi. Xudo azoblar orqali Masihni barkamol qildi. Shunday qilib, Unga itoat qilganlarning hammasi uchun Masih abadiy najot manbai boʻldi.
Explore Ibroniylar 5:8-9
4
Ibroniylar 5:7
Masih bu dunyoda yashagan paytda koʻz yosh toʻkib, Xudoga faryod qildi, Unga iltijo qilib yolvordi. Chunki Xudo Uni oʻlimdan qutqarishga qodir ekanligini Masih bilar edi. U Xudoni yuksak darajada eʼzozlagani uchun Uning iltijosi ijobat boʻldi.
Explore Ibroniylar 5:7
Home
Bible
Plans
Videos