YouVersion Logo
Search Icon

Ibroniylar 3

3
3–BOB
Iso Masih — Muso paygʻambardan yuqori
1Ey birodarlarim, sizlar Xudoning aziz xalqisizlar. Xudo sizlarni Oʻz huzuriga kirishga daʼvat etgan. Kelinglar, Xudoning Elchisi va biz eʼtirof etgan eʼtiqodimizning Oliy ruhoniysi Iso haqida mulohaza qilaylik. 2Xudo Isoni Oliy ruhoniy qilib tayinladi. Muso Xudoning xonadonida sodiq xizmatkor boʻlgani kabi, Iso ham Xudoga sodiq boʻldi. 3Biroq Iso Musodan koʻra, koʻproq ulugʻvorlikka loyiq boʻldi. Axir, uyning oʻzi emas, uni qurgan odam koʻproq eʼtiborga sazovor–ku! 4Albatta, har bir uyning quruvchisi bor, ammo aslida butun borliqning binokori — Xudo. 5Muso sodiq qul edi#3:5 Muso sodiq qul edi — bu oʻrinda muallif Sahroda 12:6-8 ni nazarda tutgan.. U Xudoning butun xalqi orasida eng ishonchlisi boʻlib, uning xizmati kelajakda oshkor boʻladigan ilohiy haqiqatning sharpasi edi, xolos. 6Masih esa sodiq Oʻgʻil edi. Unga Xudoning xonadonini boshqarish topshirildi. Xudoning xonadoni esa bizmiz. Biz faqat jasur boʻlib, umidimizni mahkam tutishimiz kerak#3:6 …mahkam tutishimiz kerak — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida oxirigacha mahkam tutishimiz kerak.. Axir, biz bu umidimiz bilan faxrlanamiz.
Imondan qaytmanglar!
7Shunday ekan, Muqaddas Ruhning aytgan ushbu gaplarini yodingizda tuting:
“Qaniydi, bugun Mening ovozimga quloq solsangiz!
8Menga qarshi isyon qilgan otalaringizday tosh yurak boʻlmanglar,
Meni sahroda sinagan oʻsha ajdodlaringizday#3:8 …isyon qilgan otalaringizday…Meni sahroda sinagan oʻsha ajdodlaringizday… — Chiqish 17:1-7 ga qarang. boʻlmanglar.
9Otalaringiz qirq yil qilgan ishlarimni koʻrsa ham,
U yerda Meni sinab koʻrdilar.
10Shu bois Men bu nasldan gʻazablanib, dedim:
«Ular doim Mendan yuz oʻgirishadi,
Amrlarimga boʻysunishdan bosh tortishadi.»
11Shuning uchun gʻazablanib, ont ichdim:
«Ular farogʻat diyorimga kirmaydi», dedim.”#3:7-11 Muallif bu oʻrinda Zabur 94:7-11 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
12Ey birodarlarim, ehtiyot boʻlinglar! Yomon niyatga qalbingizdan oʻrin bermanglar, Xudoga boʻlgan ishonchingizni yoʻqotmanglar. Aks holda, bu illatlar sizlarni barhayot Xudodan qaytaradi. 13Har kunni Muqaddas bitiklardagi “bugun” deb bilib, bir–biringizga nasihat qilinglar. Tagʻin birortangiz gunohga aldanib, yuragingizni tosh qilmanglar. 14Axir, biz Masihga sherik boʻldik. Faqat boshida ega boʻlgan imonimizni oxirigacha mahkam tutishimiz lozim. 15Bir–biringizga Zaburdagi shu soʻzlarni eslatib turinglar:
“Qaniydi, bugun Mening ovozimga quloq solsangiz!
Menga qarshi isyon qilgan otalaringizday tosh yurak boʻlmanglar!”
16Oʻshanda Xudoning ovozini eshitib turib, isyon qilgan kim edi? Muso Misrdan olib chiqqanlarning hammasi!#3:16 Oʻshanda…hammasi! — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Oʻshanda Muso Misrdan olib chiqqanlarning hammasi emas, balki Xudoning ovozini eshitganlarning baʼzilari isyon qildilar. 17Qirq yil davomida Xudo kimdan gʻazablangandi? Gunoh qilgan odamlardan! Ular hammasi oʻldi, sahro ularga qabr boʻldi. 18Xudo ont ichib: “Ular farogʻat diyorimga kirmaydi”, deya kim haqida aytgan edi? Albatta itoatsiz odamlar haqida! 19Demak, ular Xudoga ishonmaganlari uchun farogʻat diyoriga kira olmadilar.

Currently Selected:

Ibroniylar 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in