YouVersion Logo
Search Icon

Ibroniylar 1

1
1–BOB
Xudo Oʻz Oʻgʻli orqali oxirgi soʻzini ayon qildi
1Xudo qadimda ota–bobolarimizga#1:1 ota–bobolarimiz — Iso Masih kelishidan oldin, Eski Ahd davrida yashagan Isroil xalqi. koʻp marta va turli tarzda paygʻambarlar orqali gapirgan edi. 2Bu oxirgi kunlarda#1:2 Bu oxirgi kunlar — yaʼni Iso Masih tirilgandan keyingi davr (9:26 ga va 1 Yuhanno 2:18 ga qarang). esa U bizga Oʻz Oʻgʻli orqali gapirdi. Xudo koinotni Oʻgʻli orqali yaratgan va Uni butun borliqning vorisi qilib tayin etgan. 3Oʻgʻil — Xudo shuhratining porlashi, Xudo borligʻining aniq suratidir. U Oʻzining qudratli kalomi bilan koinotni asrab turibdi. U Oʻz jonini fido qilib, bizni gunohlardan pokladi, soʻng samoda Ulugʻvor Xudoning oʻng tomonida oʻtirdi#1:3 …Xudoning oʻng tomonida oʻtirdi — Zabur 109:1 ga qarang. Oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan..
Xudoning Oʻgʻli — farishtalardan oliy
4Darhaqiqat, Xudo Masihga “Oʻgʻil” deb ulugʻ nom berdi. Bu nom Masih farishtalardan nihoyatda yuksak martabaga ega ekanligini koʻrsatib turibdi. 5Axir, Xudo bironta farishtaga:
“Sen Mening Oʻgʻlimsan,
Bugun Men Senga Ota boʻldim”#1:5 Zabur 2:7 ga qarang.,
— deb aytmagan! Yoki:
“Men Unga Ota boʻlaman,
U esa Menga Oʻgʻil boʻladi”#1:5 2 Shohlar 7:14 ga qarang.,
— demagan! 6Toʻngʻich Oʻgʻlini#1:6 Toʻngʻich Oʻgʻli — Iso Masihning butun borliq ustidan hukmdor ekanligini bildiradigan unvon (shu bobning 2–oyatiga va Kolosaliklar 1:15-18 ga qarang). Yana Zabur 88:28 ga qarang. bu dunyoga#1:6 bu dunyo — bu oʻrinda muallif kelajak dunyoga ishora qiladi (2:5 ga qarang). yana yuborishidan oldin esa Xudo shunday deb aytadi#1:6 …Xudo shunday deb aytadi… — muallif bu oʻrinda Qonunlar 32:43 va Zabur 96:7 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.:
“Hamma farishtalarim Unga sajda qilsinlar.”
7Farishtalar haqida esa Xudo:
“Men Oʻz malaklarimni shamollarga aylantiraman,
Xizmatkorlarimni lovullagan olov qilaman”#1:7 Muallif bu oʻrinda Zabur 103:4 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.,
— degandi. 8Ammo Oʻz Oʻgʻliga U shunday degan:
“Sen Xudosan, Sening taxting abadiydir,
Adolat hassasi shohliging hassasidir.
9Sen solihlikni sevasan, qabihlikdan nafratlanasan.
Shu bois Men Seni doʻstlaringdan ustun qildim,
Ha, Men, Xudoying, shodlik moyini Senga surtdim.”#1:8-9 Zabur 44:7-8 ga qarang.
10Oʻgʻliga yana shunday degan:
“Sen Rabbiysan,
Azalda zaminning poydevorini Sen qoʻygansan,
Samolarni Oʻz qoʻllaring ila yaratgansan.
11Ular yoʻq boʻlib ketar, Sen turaverasan,
Yeru osmon kiyim kabi eskirib ketadi.
12Keraksiz libosday ularni taxlab qoʻyasan,
Toʻzib ketgan kiyimday ularni almashtirasan.
Sen esa hech oʻzgarmassan,
Sen to abad yashaysan.”#1:10-12 Zabur 101:26-28 ga qarang.
13Xudo bironta farishtaga:
“Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha,
Sen Mening oʻng tomonimda oʻtirgin”#1:13 Zabur 109:1 ga qarang.,
— deb aytmagan. 14Axir, farishtalar bor–yoʻgʻi xizmatchi ruhlardir! Xudo ularni abadiy hayotdan bahramand boʻladigan odamlarga xizmat qilish uchun yuborgan.

Currently Selected:

Ibroniylar 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in