YouVersion Logo
Search Icon

Ibroniylar Kirish

Kirish
Mazkur maktub muallifi oʻzi haqida hech qanday maʼlumot qoldirmagan. Ammo maktubning mazmunidan muallif — Tavrot qonunlarini mukammal biladigan, masihiylarning orasida obroʻ–eʼtibor qozongan yahudiy ekanini koʻrishimiz mumkin. Mazkur maktub xat uslubida emas, koʻproq nutq uslubida yozilgan boʻlib, koʻngilni koʻtaruvchi dalda soʻzlarga, tanbeh va nasihatlarga boydir.
Muallif ushbu maktubini Iso Masihga imon keltirgan yahudiylarga yoʻllagan. Masihga imon keltirgan yahudiylar oʻsha davrda koʻp qarshiliklarga duch kelib, yahudiy diniga qaytmoqchi boʻlganlar. Muallif esa ularga dalda berib, Iso Masihga boʻlgan imonni mahkam tutishga va oxirigacha Unga sodiq qolishga undaydi.
Maktubda Iso Masihning ulugʻvorligiga alohida urgʻu beriladi. U farishtalardan ham, qadimgi paygʻambarlardan ham, eski ahd qonunlarini joriy qilgan Musodan ham, ruhoniylardan ham ulugʻ va har jihatdan yuksak ekanligi koʻrsatiladi. Iso Masih Xudo tomonidan tanlangan abadiy Oliy ruhoniydir. Shu sababdan muallif kitobxonlarning butun eʼtiborini Oliy ruhoniy Iso Masihga qaratadi. Zero, U insonlarni gunohdan xalos etish uchun xochda oʻldi, soʻng tirilib, osmonga koʻtarildi. U insonlar uchun Xudoning huzuriga yoʻl ochib berdi, yangi ahdning vositachisi boʻldi. Modomiki, eski ahd davrida aytilgan barcha bashoratlar va Xudoning vaʼdalari bu yangi ahdda amalga oshgan ekan, Iso Masih bizni cheksiz qut–barakalardan bahramand qildi.
Masihning ezguligini tatib koʻrgan boʻlsa ham, imondan qaytgan va shu orqali Masihni oyoq osti qilgan odamlarni muallif qatʼiy ogohlantiradi. Saboq tariqasida u oʻtmishdagi itoatsiz odamlarning qismatini misol qilib keltiradi, ular Xudodan qanday jazo olganini kitobxonga eslatib oʻtadi. Bundan tashqari, oʻtmishdagi imon qahramonlarining hayotini namuna tariqasida keltiradi. Ularni Xudoga boʻlgan sadoqati uchun olqishlaydi. Shu orqali muallif imonlilarni Masihga sodiq qolishga va barcha sinovlarga bardosh berishga undaydi. Maktub davomida kundalik hayotga oid amaliy koʻrsatmalar ham beriladi.

Currently Selected:

Ibroniylar Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in