Chiqish 6
6
6–BOB
Egamiz Isroil xalqini qutqarishga vaʼda beradi
1Shundan soʻng Egamiz Musoga aytdi:
— Firʼavnni nima qilishimni endi koʻrasan. U qudratli kuchimni koʻrgandan keyin, xalqimning ketishiga ijozat beribgina qolmaydi, hatto xalqimni oʻz yurtidan quvib yuboradi.
2Xudo Musoga yana dedi:
— Men Egangizman. 3Ibrohimga, Isʼhoqqa va Yoqubga Men Qodir Xudo boʻlib Oʻzimni zohir qildim#6:3 Ibrohimga, Isʼhoqqa va Yoqubga Men Qodir Xudo boʻlib Oʻzimni zohir qildim — Ibtido 17:1-8, 28:1-5, 35:11-13 ga qarang.. Ammo ularga Men, ularning Egasi deb tanilmagan edim#6:3 Ammo ularga Men, ularning Egasi deb tanilmagan edim — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Ammo YHVH ismim bilan ularga tanilmagan edim (3:15 izohiga qarang). Yahudiylarning tasavvuriga koʻra odamning ismi uning xarakteri va xulq–atvorini ifodalaydi. Ibrohim, Isʼhoq va Yoqub Xudoning YHVH ismini bilgan boʻlsalar ham, Xudoning xarakteri va fazilatlari haqidagi ularning bilimi oʻzlarining hayotiy tajribasi bilan cheklangan edi. Xudo Oʻzini Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubga zohir qilganday, endi Oʻzini Isroil xalqiga ham tanitmoqchi, lekin bu safar U Oʻz xalqiga xarakteri va fazilatlarining boshqa tomonlarini ayon qilmoqchi (shu bobning 1–oyatiga qarang). Ularning ota–bobolari bilan tuzgan ahdini amalga oshiradigan Xudo ekanligini bildirib, Oʻzining buyuk sadoqatini koʻrsatmoqchi (shu bobning 4-5–oyatlariga qarang). Xudo Isroil xalqini Misrdagi qullikdan ozod qilib, ularni Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubga ont ichib, vaʼda qilgan yurtga olib boradi (shu bobning 6-8–oyatlariga qarang).. 4Ular Kanʼon yurtida musofir boʻlib yashagan edilar. Oʻsha yurtni sizlarga beraman, deb ular bilan ahd qildim#6:4 …ular bilan ahd qildim — Ibtido 12:1-3, 26:2-5, 28:13-15 ga qarang.. 5Misrliklar qul qilgan Isroil xalqining faryodini aniq eshitdim. Men oʻsha ahdimni yodimda tutaman. 6Shunday qilib, bu toʻgʻrida Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Men Egangizman. Men sizlarni Misrliklarning zulmidan ozod qilaman, qullikdan olib chiqaman. Qudratli kuchim va hukmning buyuk ishlari bilan sizlarni qullikdan ozod qilaman. 7Men sizlarni Oʻzimning xalqim qilaman, sizlarning Xudoyingiz boʻlaman. Sizlarni Misrliklarning zulmidan xalos qilgan Egangiz Xudo Men ekanligimni oʻshanda bilib olasizlar. 8Men Ibrohimga, Isʼhoqqa va Yoqubga ont ichib, beraman degan yurtga sizlarni olib boraman. Oʻsha yurtni sizlarga mulk qilib beraman. Men Egangizman.”
9Muso bu gaplarni Isroil xalqiga aytgan edi, ammo xalq uning gaplariga quloq solmadi. Chunki xalq ogʻir zulm ostida qolib, ruhan tushkunlikka tushgan edi. 10Shundan keyin Egamiz Musoga aytdi:
11— Misr firʼavni huzuriga borib ayt: Isroil xalqi Misrdan chiqib ketishiga ijozat bersin.
12— Gapimga Isroil xalqi quloq solmadi–yu, firʼavn quloq solarmidi?! — dedi Muso. — Qolaversa, yaxshi gapira olmayman–ku!
13Ammo Egamiz Muso bilan Horunga amr qildi: “Misr firʼavni oldiga qaytib boringlar. Isroil xalqi Misrdan ketishiga ijozat bering, deb talab qilinglar.”
Muso va Horunning nasl–nasabi
14Baʼzi Isroil qabilalarining urugʻboshilari quyidagilardir:
Yoqubning#6:14 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). toʻngʻich oʻgʻli Rubenning Xanoʻx, Palluv, Xazron va Karmi degan oʻgʻillari bor edi. Ulardan Ruben qabilasining urugʻlari kelib chiqqan.
15Shimoʻnning Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zoʻxar va Kanʼonlik ayoldan tugʻilgan Shovul degan oʻgʻillari bor edi. Ulardan Shimoʻn qabilasining urugʻlari kelib chiqqan.
16Levi 137 yil yashadi. Uning Gershon, Qohot va Marori degan oʻgʻillari bor edi. 17Gershonning Lubnax va Shimax degan oʻgʻillari bor edi. 18Qohot 133 yil yashadi. Uning Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol degan oʻgʻillari bor edi. 19Marorining Maxli va Mushi degan oʻgʻillari bor edi. Ularning hammasidan Levi qabilasining urugʻlari kelib chiqdi.
20Imrom 137 yil yashadi. U oʻzining ammasi Yoʻxavadga uylandi. Yoʻxavad Imromga Horun va Musoni tugʻib berdi. 21Izxorning Koʻrax, Nafax va Zixri degan oʻgʻillari bor edi. 22Uziyolning Mishail, Elzafan va Sitri degan oʻgʻillari bor edi.
23Horun Elishbaga uylandi. U Ominadavning qizi, Naxshoʻnning singlisidir. Elishba Horunga toʻrtta oʻgʻil: Nadov, Abihu, Elazar va Itamarni tugʻib berdi. 24Koʻraxning Aser, Elqana va Abuasaf degan oʻgʻillari bor edi. Ulardan Koʻrax urugʻlari kelib chiqdi. 25Horunning oʻgʻli Elazar Futiyolning qizlaridan biriga uylandi. Xotini Elazarga Finxazni tugʻib berdi.
Urugʻlari boʻyicha Levi qabilasining urugʻboshilari ana shulardir.
26Yuqorida aytib oʻtilgan Horun va Musoga Egamiz: “Isroilning har bir oilasi va qabilasini Misrdan olib chiqinglar!” deb amr berdi. 27Ular: “Isroil xalqini ozod qiling”, deb Misr firʼavniga buyruq berdilar.
Horun Musoning oʻrniga gapiradi
28Shunday qilib, Egamiz Muso bilan Misrda gaplashganda, 29unga: “Men Egangizman, senga aytganlarimning hammasini Misr firʼavniga yetkaz!” deb amr bergan edi. 30Muso esa Egamizning oldida: “Men yaxshi gapira olmayman–ku! Firʼavn mening gapimga quloq solmaydi!” degan edi.
Currently Selected:
Chiqish 6: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020