YouVersion Logo
Search Icon

Chiqish 4

4
4–BOB
Musoga Egamiz moʻjiza koʻrsatish qudratini ato qiladi
1Shunda Muso:
— Isroil xalqi gapimga quloq solmasdan: “Egamiz senga zohir boʻlmagan”, deb menga ishonmasa, unda nima qilaman? — deb soʻradi.
2— Qoʻlingdagi nima? — deb soʻradi Egamiz.
— Tayoq, — deb javob berdi Muso.
3— Tayoqni yerga tashla! — deb amr qildi Egamiz. Muso tayoqni yerga tashlagan edi, tayoq ilonga aylanib qoldi. Muso darrov ilondan oʻzini olib qochdi.
4Egamiz yana Musoga:
— Qoʻlingni uzatib, ilonning dumidan ushla! — deb amr berdi. Muso qoʻlini uzatib, ilonning dumidan ushlagan edi, shu zahoti ilon Musoning qoʻlida yana tayoqqa aylanib qoldi.
5— Shu moʻjizani koʻrsatasan! — deb amr berdi Egamiz, — toki Mening xalqim ota–bobolari — Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosi — Men senga zohir boʻlganimga ishonsinlar.
6Soʻngra Egamiz yana:
— Qoʻlingni qoʻyningga tiq! — deb amr berdi. Muso qoʻlini qoʻyniga tiqib, chiqargan edi, qoʻliga yara toshib#4:6 …yara toshib… — bu ibora ibroniychada har xil teri kasalliklariga nisbatan ishlatilgan soʻzning tarjimasidir. Odatda bu ibora moxov kasalligiga ishora deb tushuniladi., qorday oppoq boʻlib qoldi.
7— Qoʻlingni yana qoʻyningga tiq! — deb amr berdi Egamiz. Muso qoʻlini yana qoʻyniga tiqib chiqargan edi, qoʻli tanasining qolgan qismi singari asl holiga qaytdi.
8— Agar senga ishonmasalar yoki koʻrsatgan birinchi moʻjizangga eʼtibor bermasalar, ikkinchi moʻjizaga ishonadilar, — dedi Egamiz. 9— Gapingga quloq solmay, ikkala moʻjizaga ham ishonmasalar, Nil daryosi suvidan olib, quruq yerga toʻk. Daryodan olib yerga toʻkkan suving qonga aylanadi.
10— Yo Rabbiy! — dedi Muso. — Men hech qachon gapga chechan boʻlmaganman. Men, qulingga gapirganingdan buyon ham xuddi shundayman. Axir, mening tilim chuchuk, sekin gapiraman.
11Shunda Egamiz:
— Insonga til ato qilgan kim? — dedi. — Insonni kim soqov, kar, koʻradigan yoki koʻr qilib yaratadi? Men, Egangiz, emasmi?! 12Endi bor! Gaplashganingda, Men sen bilan birga boʻlaman. Nimani gapirishingni Men senga oʻrgatib turaman.
13— Yo Rabbiy! — dedi Muso. — Iltijo qilaman: mening oʻrnimga boshqasini yubora qolgin.
14Shundan keyin Egamiz Musodan qattiq gʻazablanib dedi:
— Akang Horun bor–ku! U ham Levi naslidan. Bilaman, u gapga chechan. Ana, oʻzi ham senga peshvoz kelyapti. Akang seni koʻrib xursand boʻladi. 15-16Horun sening oʻrningga xalq bilan gaplashadi. Horun nima deyishi lozimligini sen aytasan. Sen u uchun Xudoga — Menga oʻxshagan boʻlasan. Sizlar gapirganingizda, Men ikkovingiz bilan birga boʻlaman. Har ikkovingizga Men nima qilishingizni aytib turaman. 17Mana bu tayogʻingni qoʻlingga ol, bu moʻjizalarni tayoq orqali koʻrsatasan.
Muso Misrga qaytib boradi
18Muso qaynatasi Yatroning oldiga qaytib kelib, unga dedi:
— Ijozat bering, Misrdagi qabiladoshlarimning yoniga qaytay. Borib bilay–chi, ular haliyam tirikmikan.
— Eson–omon bor, — deb Yatro u bilan xayrlashdi. 19Muso hamon Midiyonda yashar ekan, Egamiz unga:
— Misrga qayt, sening joningni olmoqchi boʻlganlarning hammasi olamdan oʻtib ketdi, — degan edi.
20Shunday qilib, Muso xotini bilan oʻgʻillarini eshakka mindirdi. Xudo, ol, deb tayinlagan tayoqni#4:20 Xudo, ol, deb tayinlagan tayoq — yoki Xudoning qudratiga ega boʻlgan tayoq. qoʻliga olib, Misrga boradigan yoʻlga chiqdi. 21Egamiz Musoga yana shularni eslatdi:
— Misrga borganingda, Men bergan qudrat bilan sen firʼavnning koʻzi oldida hamma ajoyibotlarni koʻrsat. Men esa uning yuragini tosh qilib qoʻyaman. U xalqimning ketishiga ijozat bermaydi. 22Keyin sen firʼavnga Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: Isroil Mening toʻngʻich oʻgʻlimdir. 23Ijozat ber, oʻgʻlim borib, Menga sajda qilsin, deb senga aytgan edim. Ammo sen unga ketishga ijozat bermading. Shuning uchun endi sening toʻngʻich oʻgʻlingni nobud qilaman.”
24Muso va uning oilasi tunni oʻtkazgani yoʻlda toʻxtadilar. Shu paytda Egamiz Musoning oldiga#4:24 …Musoning oldiga… — yoki …Musoning oʻgʻli oldiga…. Ibroniycha matnda …uning oldiga…, bu oʻrinda Muso yoki uning oʻgʻli nazarda tutilgan (yana shu bobning 25–oyatiga va oʻsha oyatning oxirgi izohiga qarang). borib, sal boʻlmasa uni oʻldiray dedi#4:24 …sal boʻlmasa uni oʻldiray dedi — u birdaniga Xudo tomonidan yuborilgan jiddiy xastalikka yoʻliqqan boʻlishi mumkin.. 25Shu zahoti xotini Zippura#4:25 xotini Zippura — 2:16-21 ga qarang. tosh pichoq#4:25 tosh pichoq — bu pichoq qoyatoshdan yasalgan edi. Qoyatoshni yoʻnib, uning uchini oʻtkir qilish mumkin. olib, oʻgʻlini sunnat qildi. Sunnat terisini Musoning oyoqlariga#4:25 …Musoning oyoqlariga… — yoki …oʻgʻlining oyoqlariga…. Ibroniycha matnda …uning oyoqlariga…. Bu oʻrinda Musoning oyoqlari yoki oʻgʻlining oyoqlari nazarda tutilgan. Bu oyatdagi oyoq soʻzi koʻchma maʼnoda ishlatilgan boʻlib, jinsiy aʼzoni bildirishi mumkin. Olimlar bu oyatda va mazkur bobning 24–oyatida Muso yoki uning oʻgʻli haqida gap ketayotgani toʻgʻrisida bir fikrga kela olmaydilar. Agar Muso haqida gap ketayotgan boʻlsa, demak, Muso oʻgʻlini sunnat qilmagani uchun Xudoning qahriga uchraganini Zippura tushunib, Musoni xalos qilish uchun oʻgʻlini sunnat qilgan. Bu hodisa Xudoning oʻz xalqi bilan tuzgan ahdining belgisi boʻlgan sunnatning qanchalik muhimligini koʻrsatadi (yana Ibtido 17:9-14 ga qarang). tekkizib: “Seni men uchun shu sunnat qoni himoya qildi”, dedi. 26Shunda Egamiz Musoning hayotini saqladi. Zippura Musoga: “Sen shu sunnat qoni orqali himoya qilinding”, dedi.
27Soʻngra Egamiz Horunga:
— Musoni kutib olgani sahroga bor! — deb amr berdi. Shunday qilib, Horun Musoni kutib olgani Xudoning muqaddas togʻiga#4:27 Xudoning muqaddas togʻi — Sinay togʻiga ishora. ketdi. Horun Musoni topgach, u bilan quyuq salomlashdi. 28Muso Egamizning aytgan hamma gaplarini Horunga gapirib berdi. Bajarishi kerak boʻlgan hamma moʻjizalar haqida ham Horunga soʻzlab berdi. 29Shunday qilib, Muso bilan Horun Misrga borishgach, Isroilning barcha oqsoqollarini toʻpladilar. 30Horun Egamizning Musoga aytgan hamma gaplarini oqsoqollarga soʻzlab berdi. Ularning koʻzi oldida moʻjizalarni koʻrsatdi. 31Oqsoqollar eshitib koʻrganlariga ishondilar. Egamiz Oʻz xalqini kuzatib turganini, ularning chekkan azoblarini koʻrganini eshitib, Unga taʼzim etib, sajda qildilar.

Currently Selected:

Chiqish 4: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in