Chiqish 3
3
3–BOB
Xudo Musoni chaqiradi
1Musoning qaynatasi — Midiyon yurtining ruhoniysi boʻlgan Yatro edi. Muso uning qoʻy–echkilarini boqib yurardi. U qoʻy–echkilarni sahroning gʻarb tomoniga haydab, Xudoning muqaddas togʻi Sinayga#3:1 Sinay — ibroniycha matnda Xorev, Sinay togʻining yana bir nomi. borib qoldi. 2Birdan butadagi alangada Egamizning farishtasi Musoga zohir boʻldi. Muso hayron boʻldi: buta yonardi–yu, ammo yonib tugamasdi. 3Muso: “Juda gʻalati–ku, borib, bir qaray–chi, buta nimaga yonib tugamayapti ekan”, deb oʻyladi. 4Muso yaqinroq bordi, Egamiz uning kelayotganini koʻrib, butaning orasidan: “Muso! Muso!” deb chaqirdi.
— Labbay, shu yerdaman, — deb javob berdi Muso.
5— Endi bu yogʻiga kelma! Oyogʻingdagi chorigʻingni yech! — dedi Xudo. — Sen turgan joy muqaddas yerdir. 6Men ota–bobolaring — Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosiman.
Muso Xudoga qarashdan qoʻrqib, darrov yuzini berkitib oldi.
7Keyin Egamiz yana aytdi:
— Imoning komil boʻlsin: xalqimning Misrda chekkan azoblarini koʻrdim, madad soʻrab nazoratchilar zulmi dastidan qilgan faryodlarini eshitdim. Ha, xalqimning chekkan hamma azoblarini bilaman. 8Shuning uchun Men xalqimni Misrliklarning zulmidan qutqargani keldim. Men ularni Misrdan olib chiqib, keng, unumdor, sut va asal oqib yotgan yurtga#3:8 sut va asal oqib yotgan yurt — nihoyatda hosildor yerni bildiruvchi ibora. Moʻl–koʻl sut — mol uchun koʻm–koʻk yaylovlarning koʻpligini bildiradi. Asal — xurmodan olinadigan quyuq, shirin murabboga ishora boʻlishi mumkin. Murabboning moʻlligi yaxshi hosil beradigan yerni bildiradi. olib borgani keldim. U yerda Kanʼon, Xet, Amor, Pariz, Xiv va Yobus xalqlari yashaydi. 9Xalqimning faryodi Menga yetib keldi. Misrliklar xalqimga qanchalik zulm oʻtkazayotganini koʻrib turibman. 10Qani, boʻl, seni hozir Misr firʼavni huzuriga yuboraman. Xalqim Isroilni Misrdan sen olib chiqasan.
11Shunda Muso Xudoga:
— Men kim boʻlibmanki, firʼavnning huzuriga borib Isroil xalqini Misrdan olib chiqsam?! — deb javob berdi. 12Xudo esa shunday dedi:
— Men sen bilan boʻlaman. Isroil xalqini Misrdan olib chiqqaningdan keyin, shu toqqa kelib, Menga sajda qilasizlar. Seni Men yuborganimning isboti shu boʻladi.
13Ammo Muso Xudoga quyidagicha javob berdi:
— Isroil xalqi oldiga borib: “Sizlarning oldingizga ota–bobolaringizning Xudosi meni yubordi”, deb aytsam, ular: “Kim U?”#3:13 “Kim U?” — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi “Uning ismi nima?” Yahudiylarning tasavvuriga koʻra odamning ismi uning xarakteri va xulq–atvorini ifodalaydi. Bu oyatdagi savol faqatgina Xudoning ismini bilish uchun emas, balki Isroil xalqi va Muso oʻz ota–bobolarining Xudosini yanada yaxshiroq bilishlari uchundir. Muso oʻziga berilgan kuch va hokimiyatga uncha ishonmay: “Men kim boʻlibman…?!” deb soʻragan (shu bobning 11–oyatiga qarang). Isroil xalqi ham Musodan “Ota–bobolarimizning Xudosi Kim?” deb soʻrashini Muso bilardi. Yana shu bobning 14–oyati izohiga qarang. deb soʻraydilar–ku! Oʻshanda men nima deb javob beraman?
14— Men har doim bor boʻlgan Xudoman#3:14 Men har doim bor boʻlgan Xudoman… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Men bor boʻlgan Menman…. Musoning savoliga javob sifatida Xudo Oʻzini barcha hodisalar ustidan cheksiz kuch va hokimiyatga ega boʻlgan — har doim bor boʻlgan Xudo sifatida ayon qildi (yana shu bobning 15–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang)., — deb javob berdi U. — Xalqim Isroilga: “Meni sizlarning oldingizga yuborganning nomi — Men Borman”, deb aytasan. 15Isroil xalqiga yana: “Meni sizlarning oldingizga ota–bobolaringiz — Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosi — Egangiz#3:15 Egangiz — ibroniycha matnda YHVH (Yahveh deb talaffuz qilingan boʻlishi mumkin), Xudoning ismi. YHVH ibroniychadagi men borman feʼliga ohangdosh, bu feʼl shu bobning 14–oyatida uch marta ishlatilgan. Koʻpchilik olimlar YHVH ibroniycha bor boʻlmoq feʼlining ilk shakli boʻlishi mumkin, deb tushunadilar. Ushbu tarjimada YHVH soʻzi Egam, Egamiz, Egang, Egangiz, Egasi deb tarjima qilingan (toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan EGAM, EGAMIZ… soʻziga qarang). yubordi”, deb ayt. Mening nomim to abad shunday boʻlsin. Unvonimni kelgusi avlodlar shunday deb aytsin.
16Xudo yana Musoga aytdi:
— Endi bor, xalqim Isroilning oqsoqollarini toʻplab, ularga: “Ota–bobolaringiz — Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosi — Egangiz menga zohir boʻldi”, deb ayt. Ularga shu gapimni yetkaz: “Imoningiz komil boʻlsin: Misrliklar sizlarga qanday zulm oʻtkazayotganini Men koʻrib, kuzatib turibman. 17Endi vaʼda berib aytamanki, sizlarni Misrda chekayotgan azob–uqubatlaringizdan xalos qilaman. Sizlarni Kanʼon, Xet, Amor, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga, sut va asal oqib yotgan yurtga boshlab olib boraman.” 18Isroil oqsoqollari senga quloq solishadi. Keyin Misr firʼavni huzuriga ular bilan sen ham birga bor. Firʼavnga shunday deb aytinglar: “Ibroniylarning Xudosi — Egamiz Oʻzini bizga zohir qildi. Endi bizga ijozat ber, sahroda uch kun yoʻl yurib borib, Egamiz Xudoga qurbonliklar keltiraylik.” 19Ammo Misr firʼavnini majburlamasa u sizlarning ketishingizga ijozat bermasligini bilaman. 20Oʻshanda Men qoʻlimni koʻtarib, Misrliklarni uraman, ha, moʻjizalar orqali ularni jazolayman. Oʻshandan keyingina firʼavn sizlarning ketishingizga ijozat beradi. 21Men shunday qilamanki, Misrliklar sizlarga iltifot koʻrsatadilar. Sizlar ketayotganlaringizda boʻsh qoʻl bilan chiqib ketmaysizlar. 22Isroil xalqidan har bir ayol Misrlik qoʻshnisidan yoki qoʻshnisining uyida istiqomat qilayotgan Misrlik ayoldan oltin va kumush taqinchoqlar, kiyim–kechaklar soʻrab oladi. Oʻgʻillaringizni, qizlaringizni taqinchoqlaru kiyim–kechaklar bilan yasantirasizlar. Shunday qilib, Misrliklarning boyliklarini olib ketasizlar.
Currently Selected:
Chiqish 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020