Keyin Egamiz yana aytdi:
— Imoning komil boʻlsin: xalqimning Misrda chekkan azoblarini koʻrdim, madad soʻrab nazoratchilar zulmi dastidan qilgan faryodlarini eshitdim. Ha, xalqimning chekkan hamma azoblarini bilaman. Shuning uchun Men xalqimni Misrliklarning zulmidan qutqargani keldim. Men ularni Misrdan olib chiqib, keng, unumdor, sut va asal oqib yotgan yurtga olib borgani keldim. U yerda Kanʼon, Xet, Amor, Pariz, Xiv va Yobus xalqlari yashaydi.