Muso ulgʻaygandan keyin, bir kuni qabiladoshlarini koʻrgani bordi. U qabiladoshlari qilayotgan ogʻir mehnatni kuzatib turganda, bir ibroniy birodarini bir Misrlik urayotganiga koʻzi tushib qoldi. Muso atrofga qaradi. Hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgach, Misrlik odamni oʻldirib, qumga koʻmib qoʻydi.