YouVersion Logo
Search Icon

Chiqish 33

33
33–BOB
Egamiz Isroil xalqiga, Sinayni tark etinglar, deb amr beradi
1Keyin Egamiz Musoga aytdi:
— Qani, sen ham, Misrdan oʻzing olib chiqqan xalqing ham bu joydan ketinglar. Ota–bobolaringiz Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubga Men: “Sizlarning naslingizga beraman”, deb qasam ichgan yurtga boringlar. 2Sendan oldinda farishtani yuborib, Kanʼon, Amor, Xet, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarini haydayman. 3Sut va asal oqib yotgan oʻsha yurtga#33:3 Sut va asal oqib yotgan oʻsha yurt — 3:8 izohiga qarang. ketinglar. Ammo Men sizlar bilan bormayman, chunki sizlar oʻjar xalqsiz. Sizlar bilan borsam, sizlarni yoʻlda halok qilib tashlashim mumkin. 4-5Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Sizlar oʻjar xalqsiz. Agar Men bir lahza sizlar bilan borsam, sizlarni qirib tashlashim mumkin. Endi zeb–ziynatlaringizni yechib qoʻyinglar. Men sizlarni nima qilishim toʻgʻrisida bir qarorga kelaman.”
Xalq bu vahimali gapni eshitgach, dod solib yigʻladi. Hech kim zeb–ziynatlarini taqmadi. 6Shunday qilib, Isroil xalqi Sinay togʻida#33:6 Sinay togʻi — ibroniycha matnda Xorev togʻi, Sinay togʻining yana bir nomi. zeb–ziynatlarini yechib qoʻydi. Oʻshandan keyin ular zeb–ziynatlarini boshqa taqmadilar.
Qarorgohning tashqarisidagi chodir
7Muso bir chodirni qarorgohning tashqarisiga — qarorgohdan uzoqroqqa olib borib oʻrnatdi. Bu chodirga u Uchrashuv chodiri#33:7 Uchrashuv chodiri — shu bobning 7-11–oyatlarida aytib oʻtilgan chodir Muqaddas chodir emas (Muqaddas chodir yana Uchrashuv chodiri deb ham aytiladi). Oʻsha paytda Muqaddas chodir hali yasalmagan edi (25:10-22, 26:1-37 ga qarang). deb nom berdi. Egamizdan maslahat soʻramoqchi boʻlgan har bir odam oʻsha yerga kelardi. 8Muso Uchrashuv chodiriga borganda, butun xalq turib, oʻz chodirining kiraverishida chiqib turardi. Muso chodirga kirib ketguncha, hamma tik turganicha uning orqasidan qarab turardi. 9Muso chodirga kirib, Egamiz Muso bilan gaplashganda, ustun shaklidagi bulut pastga tushib, chodirning kiraverishida turardi. 10Butun xalq buni koʻrganda, oʻz chodirlari kiraverishida muk tushib taʼzim qilardi. 11Birortasi doʻsti bilan gaplashganday, Egamiz ham Muso bilan yuzma–yuz#33:11 yuzma–yuz — boshqa bir odam yoki mavjudot orqali emas, balki toʻgʻridan–toʻgʻri, bevosita, shaxsan degan maʼnoda kelgan. gaplashardi. Keyin Muso qarorgohga qaytib kelar, uning yosh yordamchisi Nun oʻgʻli Yoshua esa chodirni tark etmasdi.
Egamiz Oʻz xalqi bilan birga boʻlishga vaʼda beradi
12Shundan keyin Muso Egamizga aytdi:
— Sen: “Bu xalqni boshlab olib ket”, deb menga amr berding–u, lekin biz bilan kimni yuborishingni aytmading. Yana: “Men seni tanladim, sen haqiqatan Mendan marhamat topgansan”, degan eding. 13Agar men Sendan marhamat topgan boʻlsam, iltijo qilaman: menga yoʻllaringni koʻrsatgin. Sendan marhamat topib yurishim uchun Seni bilayin. Bu xalq Oʻzingning xalqing ekanini yodingda tutgin.
14Egamiz Musoga dedi:
— Men sizlar bilan boraman. Sizlarga tinchlik ato qilaman.
15Muso esa Egamizga aytdi:
— Agar Sen biz bilan bormaydigan boʻlsang, bizni bu yerdan olib chiqmagin. 16Boʻlmasa, men va xalqingdan mamnun ekanliging nimadan bilinadi? Biz bilan birga borganingdan emasmi?! Yer yuzidagi hamma xalqlardan bizning farqimiz ham shu emasmi?!
17Shunda Egamiz Musoga aytdi:
— Sen nimani soʻragan boʻlsang, Men shuni qilaman. Chunki sen Mendan marhamat topgansan. Men seni tanladim.
18— Iltijo qilaman: menga ulugʻvorligingni zohir qilgin, — dedi Muso.
19— Men Oʻzimni senga maʼlum qilaman#33:19 Men Oʻzimni senga maʼlum qilaman — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Men YHVH ismimni sizlarga eʼlon qilaman (3:15 izohiga qarang). Yahudiylarning tasavvuriga koʻra odamning ismi uning xarakteri va xulq–atvorini ifodalaydi. Musoning iltijosiga javoban Xudo Oʻzini Musoga zohir etib, Oʻzining xarakteri va fazilatlarini maʼlum qiladi (34:5-7 ga qarang).. Men sening oldingdan oʻtib, butun ezguligimni senga zohir qilaman, — dedi Egamiz Musoga. — Marhamat qiladiganimga marhamat qilaman, shafqat qiladiganimga shafqat qilaman. 20Lekin Mening yuzimni#33:20 …yuzimni… — bu oyatda Xudoning ulugʻvorligi toʻliq namoyon boʻlishi nazarda tutilgan. koʻra olmaysan. Meni koʻrgan odam tirik qolmaydi. 21Menga yaqin joyda qoya bor. Oʻsha qoyaning ustida tur! 22Men oʻtayotib ulugʻvorligimni zohir qilganimda, seni qoyaning yoriq joyiga qoʻyaman. Oʻtib ketgunimcha seni qoʻlim bilan toʻsib turaman. 23Keyin qoʻlimni olaman. Sen Meni orqamdan koʻrasan. Yuzimni esa koʻrmaysan.

Currently Selected:

Chiqish 33: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in