Qonunlar 34
34
34–BOB
Musoning oʻlimi
1Muso Moʻab tekisligidan Navo togʻining choʻqqisiga chiqdi#34:1 Muso…Navo togʻining choʻqqisiga chiqdi — 32:48-49 ga qarang.. Navo togʻi Yerixo shahrining sharqida joylashgan Fisgax togʻ tizmasining#34:1 Fisgax togʻ tizmasi — Oʻlik dengizning shimoliy qirgʻogʻidan qariyb 15 kilometr sharqda joylashgan. Fisgax deb, Moʻab tekisligidan to gʻarbdagi Aborim togʻlarigacha choʻzilgan togʻ tizmasiga nisbatan aytilgan boʻlishi mumkin. eng baland joyi edi. U yerdan Musoga Egamiz butun oʻlkani koʻrsatdi: shimoldagi Dan shahrigacha choʻzilgan butun Gilad oʻlkasini#34:1 Gilad oʻlkasi — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan., 2hamma Naftali yerlarini, Efrayim va Manashe yerlarini, Oʻrta yer dengizigacha choʻzilgan butun Yahudo yerlarini, 3Nagav choʻli#34:3 Nagav choʻli — hozirgi Isroilning janubida, Oʻlik dengizning janubi–gʻarbida joylashgan yerlar. va tekislikni. Bu tekislik Zoʻvar shahridan#34:3 Zoʻvar shahri — Oʻlik dengizning janubi–sharq tomonida joylashgan. to palmalar shahri boʻlmish Yerixogacha choʻzilgan edi. 4Egamiz Musoga dedi:
— Men Ibrohim, Isʼhoq, Yoqubga, sening avlodingga beraman, deb qasam ichib aytgan yurt mana shudir. Mana, bu yurtni oʻz koʻzing bilan koʻrding, lekin u yurtga kirmaysan.
5Egamiz aytganiday, Uning quli Muso oʻsha yerda, Moʻab yurtida vafot etdi. 6Egamiz uni Moʻabda, Bayt–Piyor shahrining yaqinidagi bir vodiyda dafn qildi. Muso dafn qilingan joyni hozirgacha hech kim bilmaydi. 7Muso vafot etganda 120 yoshda edi. Lekin koʻzlarining nuri hali soʻnmagan edi, gʻayrati yoʻqolmagan edi. 8Isroil xalqi Moʻab tekisligida Muso uchun oʻttiz kun aza tutdi. Muso uchun aza kunlari tamom boʻldi.
9Muso oʻlimidan oldin Yoshuaga qoʻl qoʻyib, uni yoʻlboshchi qilib tayinlagan edi. Nun oʻgʻli Yoshuani Xudo donolik ruhi bilan toʻldirdi. Isroil xalqi Yoshuaga boʻysundi, Egamiz Musoga buyurganlarning hammasini ular qildi.
10Isroilda Musoga oʻxshagan paygʻambar boshqa chiqmadi. Egamiz Muso bilan yuzma–yuz gaplashar edi. 11Egamiz uni Misr yurtida firʼavnga, uning aʼyonlari va butun xalqiga alomatu moʻjizalar koʻrsatish uchun yuborgan edi. 12Muso butun Isroil xalqi oldida buyuk qudratu haybatli ishlarni namoyon qilgandi.
Currently Selected:
Qonunlar 34: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020