Qonunlar 33
33
33–BOB
Muso Isroil qabilalarini duo qiladi
1Xudoning odami Muso oʻlimidan oldin Isroil xalqini quyidagi soʻzlar bilan duo qildi:
2“Egamiz Sinay togʻidan Oʻz xalqiga keldi,
Seir yurti uzra quyoshday porladi,
Poron#33:2 Sinay…Seir…Poron — bu joylar sheʼriy asarlarda Isroil xalqiga Egamiz qonunlar berganini eslatadi. qirlaridan nur sochdi.
Oʻn minglarcha farishta U bilan keldi#33:2 Oʻn minglarcha farishta U bilan keldi… — yoki U oʻn minglarcha farishta orasidan keldi….,
Oʻng qoʻlida otashin olov#33:2 olov — yoki qonun. bor edi.
3Darhaqiqat, Egamiz Oʻz xalqini#33:3 Oʻz xalqi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda xalqlar. sevadi,
Unga bagʻishlangan odamlarni himoya qiladi.
Ular Egamizga taʼzim qiladilar,
Undan koʻrsatmalar oladilar.
4Muso Isroil xalqiga bergan ushbu qonun
Yoqub naslining bebaho mulkidir.
5Isroil qabilalari yigʻilganda,
Xalq yoʻlboshchilari toʻplanganda,
Egamiz aziz Isroilga#33:5 aziz Isroil — ibroniycha matnda Yoshurun, Isroilni erkalab aytilgan nom (shu bobning 26–oyatida ham bor). shoh boʻldi.”
6Muso Ruben qabilasi haqida shunday dedi:
“Ruben qabilasi yashasin, oʻlmasin,
Soni kam boʻlsa–da, omon boʻlsin#33:6 …Soni kam boʻlsa–da, omon boʻlsin — yoki …Soni kam boʻlmasin..”
7Yahudo qabilasi haqida shunday dedi:
“Ey Egam, Yahudoning ovozini eshitgin,
Uni boshqa qabilalar bilan birlashtirgin.
U oʻz qoʻllari bilan oʻzini himoya qilmoqda,
Dushmanlariga qarshi unga madad bergin.”
8Levi qabilasi haqida shunday dedi:
“Ey Egam, Sen Urim bilan Tummimni#33:8 Urim bilan Tummim — ayrim hollarda ruhoniylar Xudoning xohishini bilish uchun foydalanadigan ikkita muqaddas narsa. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang. Hamma ruhoniylar Levi qabilasidan edi.
Taqvodor Leviga berding.
Uni Massaxda sinab koʻrding,
U bilan Mariva suvlari boʻyida#33:8 …Massaxda…Mariva suvlari boʻyida… — Chiqish 17:1-7 va Sahroda 20:1-13 ga qarang. bellashding.
9U ota–onasidan, aka–ukasidan,
Bola–chaqasidan Seni ustun koʻrdi#33:9 U ota–onasidan…Seni ustun koʻrdi — Chiqish 32:25-29 ga qarang..
Sening amrlaringni bajardi,
Ahdingga sodiq qoldi.
10Yoqub nasliga qoidalaringni,
Isroil xalqiga qonuningni oʻrgatadi,
Huzuringda tutatqilar tutatib,
Qurbongohingda qurbonliklar kuydiradi.
11Ey Egam, uning davlatiga baraka bergin,
Qilgan ishlaridan mamnun boʻlgin.
Yovlarining belini sindirgin,
Undan nafratlanganlar qaytib turolmasin.”
12Benyamin qabilasi haqida u shunday dedi:
“Egamizning suyukligi bexatar yashaydi,
Xudoyi Taolo doim uni asraydi#33:12 …bexatar yashaydi, Xudoyi Taolo doim uni asraydi… — yoki …U bilan bexatar yashaydi, Egamiz doim uni asraydi….,
U Xudoning quchogʻida orom oladi.”
13Yusuf qabilasi haqida shunday dedi:
“Egamiz uning yeriga baraka bersin.
Osmon yomgʻiri, yer osti suvi bilan barakalasin.
14Quyoshga toʻygan aʼlo hosillar bersin,
Oʻz mavsumida moʻl mevalar yetishtirsin.
15Qadimiy togʻlarning asil unumini,
Koʻhna adirlarning serob barakasini bersin.
16Yerning aʼlo inʼomlari Yusufga nasib etsin,
Yongan buta orasida zohir boʻlgan Xudo#33:16 Yongan buta orasida zohir boʻlgan Xudo — Chiqish 3:1-6 ga qarang.
Uni Oʻz muruvvatiga muyassar qilsin,
Aka–ukalari orasidan tanlangan Yusufga bular buyursin.
17Birinchi tugʻilgan buqaday qudratlidir u!
Uning shoxlari yovvoyi buqaning shoxlaridaydir.
Bir shoxi Efrayimning tuman lashkaridir,
Boshqa shoxi Manashening minglab jangchilaridir.
Bu shoxlari bilan Yusuf xalqlarni quvadi,
Yer yuzining chetigacha ularni haydab boradi.”
18Zabulun va Issaxor qabilasi haqida shunday dedi:
“Zabulun safarga chiqqanda xursand boʻlsin,
Issaxor esa chodirlarida shodlansin.
19Ular butun xalqni toqqa chaqiradi,
U yerda maʼqul qurbonliklar keltiradi,
Dengizning boyligi bilan,
Qumdagi xazina bilan oziqlanadi.”
20Gad qabilasi haqida shunday dedi:
“Gadning yerini kengaytirgan Xudoni olqishlang!
Gad bir arslon kabi yashaydi,
Qurbonining qoʻlu boshini uzib tashlaydi.
21U oʻzi uchun yerning aʼlosini oldi,
Yoʻlboshchining ulushi unga berildi.
Xalqning yoʻlboshchilari yigʻilganda
Gad Egamizning odil irodasini bajardi,
Egamizning Isroil uchun chiqargan qarorini ado etdi#33:21 U oʻzi uchun yerning aʼlosini oldi…Egamizning Isroil uchun chiqargan qarorini ado etdi — Sahroda 32:16-31, Yoshua 4:12-13 ga qarang..”
22Dan qabilasi haqida shunday dedi:
“Dan yosh sherga oʻxshar,
U Bashandan sakrab chiqar.”
23Naftali qabilasi haqida shunday dedi:
“Egamizning muruvvati Naftaliga yor!
Barakasi uni toʻldirdi bisyor!
Gʻarbu janubga u egalik qilar.”
24Osher qabilasi haqida shunday dedi:
“Oʻgʻillar orasida Osher eng koʻp baraka topdi,
Aka–ukalari uni afzal koʻrsin,
Oyogʻi zaytun moyida boʻlsin.
25Tambalari temiru bronzadan boʻlsin,
Umri qancha uzoq boʻlsa, kuchi shuncha koʻp boʻlsin.”
Muso Isroil xalqiga shunday dedi:
26“Ey azizim Isroil, Xudoyingga oʻxshagani yoʻq,
U salobat bilan bulutlarni egarlaydi,
Senga yordam bergani osmondan uchib keladi,
27Qadimdan bor boʻlgan Xudo sening panohingdir,
Uning abadiy qoʻllari seni tutib turadi.
U dushmanlaringni oldingdan haydaydi,
Senga: «Ularni qirib tashla!» deb aytadi.
28Ey Isroil, xavf–xatarsiz yashaysan,
Yoqub nasli, osoyishta boʻlasan.
Sening yering don va sharobga boydir,
Yurtingga osmondan shudring tushadi.
29Ey Isroil, sen baxtlisan!
Kim senga oʻxshar?!
Sen Egamiz qutqargan xalqsan.
Seni asraydigan qalqoning,
Shonli qiliching Egamizdir.
Oldingda dushmanlaring titrab tiz choʻkadi,
Sen esa ularning belini ezasan.”
Currently Selected:
Qonunlar 33: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020