Qonunlar 27
27
27–BOB
Xudoning toshda bitilgan qonunlari
1Muso va Isroil oqsoqollari xalqqa shunday buyruq berishdi:
— Bugun men sizlarga berayotgan barcha amrlarga rioya qilinglar. 2-4Koʻp oʻtmay sizlar Egangiz Xudo beradigan yurtga kirasizlar. Sut va asal oqib yotgan bu yurtni#27:2-4 Sut va asal oqib yotgan bu yurt — 6:3 izohiga qarang. ota–bobolaringizning Xudosi sizlarga vaʼda qilgan. Sizlar Iordan daryosidan kechib oʻtganingizdan keyin, Ebal togʻiga#27:2-4 Ebal togʻi — Quddusdan qariyb 44 kilometr shimolda, Shakam shahri yaqinida joylashgan. boringlar. Oʻsha yerga katta toshlarni oʻrnashtiringlar. Ularni suvab, bu qonunlarning nusxasini yozinglar. 5Oʻsha yerda Egangiz Xudoga atab, tosh qurbongoh quringlar. Qurbongohga temir asbob tekkizmanglar. 6Egangiz Xudoning bu qurbongohini yoʻnilmagan toshlardan quringlar. Qurbongoh ustida Egangiz Xudoga kuydiriladigan qurbonliklar keltiringlar. 7Tinchlik qurbonliklarini ham shu yerda keltirib, tanovul qilinglar. Egangiz Xudo oldida xursandchilik qilinglar. 8Oʻrnatadigan toshlarga bu qonunning hamma soʻzlarini yozishni unutmanglar. Ularni oʻqish oson boʻlsin.
9Shundan keyin Muso bilan levi ruhoniylari butun Isroil xalqiga aytdilar:
— Tinchlaning, quloq soling, ey Isroil xalqi! Bugun sizlar Egangiz Xudoning xalqi boʻldingiz#27:9 Bugun sizlar Egangiz Xudoning xalqi boʻldingiz — 26:16-19 ga qarang.. 10Egangiz Xudoga quloq solinglar. Bugun men sizlarga berayotgan Uning amrlariga va farmonlariga rioya qilinglar.
Itoatsizlikdan keladigan laʼnatlar
11Oʻsha kuni Muso xalqqa quyidagi buyruqni berdi:
12Iordandan oʻtganlaringizdan keyin, xalqni duo qilish uchun quyidagi qabilalar Garizim togʻida tursinlar: Shimoʻn, Levi, Yahudo, Issaxor, Yusuf, Benyamin. 13Laʼnatlar oʻqish uchun esa quyidagi qabilalar Ebal togʻida#27:12-13 …Garizim togʻi…13…Ebal togʻi… — Garizim togʻi Ebal togʻidan janubda joylashgan. Bu ikki togʻ orasidan Shakam vodiysi oʻtgan. Yana shu bobning 2-4–oyatlariga berilgan ikkinchi izohga qarang. tursin: Ruben, Gad, Osher, Zabulun, Dan, Naftali. 14Levilar jamiki Isroil xalqiga baland ovoz bilan shunday desin:
15“Oʻyma yoki quyma but yasagan, uni yashirincha oʻrnatgan har qanday odam laʼnati boʻlsin. Hunarmandlar qilgan bu butlardan Egamiz jirkanadi.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
16“Otasini yoki onasini hurmat qilmagan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
17“Oʻz qoʻshnisining chegarasini surgan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
18“Koʻr odamni yoʻldan adashtirgan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
19“Musofir, yetim va bevalarga nohaqlik qilgan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
20“Otasini sharmanda qilib, uning xotini bilan yotgan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
21“Birorta hayvon bilan jinsiy aloqa qilgan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
22“Otasining yoki onasining qizi bilan yotgan, oʻz opasi yoki singlisi bilan yotgan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
23“Qaynanasi bilan yotgan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
24“Odamni yashirincha oʻldirgan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
25“Begunohni oʻldirmoq uchun pora olgan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
26“Mana shu qonunga rioya qilmagan va uni bajarmagan laʼnati boʻlsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
Currently Selected:
Qonunlar 27: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
![None](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fimageproxy.youversionapi.com%2F58%2Fhttps%3A%2F%2Fweb-assets.youversion.com%2Fapp-icons%2Fen.png&w=128&q=75)
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020