YouVersion Logo
Search Icon

Havoriylar 7

7
7–BOB
Stefanning Oliy kengash oldidagi nutqi
1Oliy ruhoniy Stefandan: “Shu gaplar rostmi?” deb soʻradi. 2Stefan shunday javob berdi: “Birodarlar, otalar! Mening gaplarimga quloq solinglar. Bobomiz Ibrohim hali Xoronda yashamasdan oldin — Mesopotamiyada#7:2 …Xoron…Mesopotamiya… — Xoron hozirgi Turkiyaning janubi–sharqida joylashgan shahar edi. Mesopotamiya esa Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan hudud edi. boʻlgan paytda ulugʻvor Xudo unga zohir boʻlib, 3shunday dedi: «Oʻz yurtingdan, qarindosh–urugʻlaring oldidan chiqib ket. Men senga bir yurtni koʻrsataman, oʻsha yerga borasan.»#7:3 Ibtido 12:1 ga qarang. 4Shundan keyin Ibrohim Xaldeylar yurtini#7:4 Xaldeylar yurti — hozirgi Iroqning janubida, Fors qoʻltigʻining shimolidagi yerlar edi. Ibrohim Ur shahridan boʻlib, Ur Xoron shahridan qariyb 900 kilometr janubi–sharqda joylashgan. tark etib, Xoronga borib oʻrnashdi. Ibrohimning otasi vafot etgach, Xudo uni Xorondan hozir sizlar yashab turgan yurtga koʻchirdi. 5Xudo Ibrohimga u yerdan mulk bermadi, hatto bir qarich yer ham bermadi. Lekin Ibrohimga va uning nasliga oʻsha yurtni mulk qilib berishni vaʼda qildi. Vaholanki, oʻsha paytda Ibrohimning farzandi yoʻq edi. 6Xudo unga shunday dedi: «Sening nasling begona bir yurtda musofir boʻlib yashaydi. Toʻrt yuz yil qul boʻlib, jabr–zulm tortadi. 7Ammo ularni qul qilib oladigan xalqni Men jazolayman. Shundan keyin ular oʻsha yurtdan chiqadilar va bu yerda Menga sajda qiladilar.»#7:6-7 Ibtido 15:13-14, Chiqish 3:12 ga qarang. 8Keyin Xudo unga sunnat ahdini#7:8 sunnat ahdi — Ibtido 17:1-14 ga qarang. berdi. Shunday qilib, Ibrohimdan Isʼhoq tugʻildi. Isʼhoqni sakkiz kunligida Ibrohim sunnat qildi. Isʼhoqdan Yoqub tugʻildi, u ham sunnat qilindi. Yoqubdan oʻn ikki qabila asoschilari tugʻildi, ular ham sunnat qilindi.
9Yoqubning oʻgʻillari oʻzlarining ukalari Yusufga hasad qilib, uni Misrga sotib yubordilar. Ammo Xudo Yusuf bilan birga boʻlib, 10uni hamma kulfatlardan saqlab qoldi. Xudo Yusufni shunchalik dono qildiki, u Misr firʼavnining iltifotiga sazovor boʻldi. Firʼavn Yusufni butun Misr va oʻzining xonadoni ustidan hokim qilib tayinladi. 11Oʻsha davrda butun Misr va Kanʼon boʻylab ocharchilik tarqaldi, koʻp azob–uqubatlar kelib chiqdi. Ota–bobolarimiz yegulik topa olmay qoldilar. 12Yoqub, Misrda don bor ekan, deb eshitib qoldi. U oʻgʻillarini, yaʼni bizning bobolarimizni Misrga birinchi bor safarga joʻnatdi. 13Ular Misrga ikkinchi marta borganlarida, Yusuf akalariga oʻzini tanitdi. Shunday qilib, Yusufning urugʻ–aymogʻi firʼavnga maʼlum boʻldi. 14Shundan keyin Yusuf otasi Yoqubni, hamma qarindosh–urugʻlarini yoniga chaqirdi. Ular hammasi boʻlib yetmish besh#7:14 yetmish besh — bu son Ibtido 46:27 ning va Chiqish 1:5 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan olingan. Ibroniycha matnda bu son “yetmish” deb yozilgan. Ibtido 46:20 ning qadimiy yunoncha tarjimasida matnga beshta ism qoʻshilgan (Efrayim va Manashening oʻgʻillari va nabiralari), bu ismlar ibroniycha matnda yoʻq. kishi edilar. 15Shunday qilib, Yoqub Misrga ketdi. Yoqub ham, uning oʻgʻillari, yaʼni ota–bobolarimiz ham Misrda vafot etdilar. 16Ularning suyaklarini Shakam shahriga olib kelib, Ibrohimning maqbarasiga qoʻydilar. Bu maqbarani Ibrohim shakamlik Xamoʻrning oʻgʻillaridan bir qancha kumushga sotib olgan edi.
17Xudoning Ibrohimga bergan vaʼdasi amalga oshadigan payt yaqinlashgani sari, Misrdagi xalqimiz gʻoyat koʻpayib borar edi. 18Misrni boshqa hukmdor boshqara boshladi. U Yusuf toʻgʻrisida hech narsa bilmasdi. 19Ular ota–bobolarimizga nayrang ishlatdilar. Ota–bobolarimiz chaqaloqlaridan voz kechishlariga toʻgʻri keldi, chaqaloqlari oʻldirildi. 20Shu paytda Muso tugʻilgan edi. U juda chiroyli bola edi. Ota–onasining uyida Musoni uch oy parvarishlaganlaridan keyin 21oxiri, voz kechishga majbur boʻldilar. Firʼavnning qizi Musoni saqlab olib, oʻz oʻgʻliday tarbiya qildi. 22Musoga Misrliklarning ilmu maʼrifati oʻrgatildi, u soʻzda ham, ishda ham buyuk odam boʻldi.
23Muso qirq yoshga kirganda, uning yuragida qardoshlari boʻlgan Isroil xalqini koʻrish orzusi tugʻildi. 24Misrliklardan biri Isroil xalqidan bittasiga shafqatsizlik qilayotganini koʻrganda, Muso qardoshini himoya qildi. Misrlikni oʻldirib, qardoshining oʻchini oldi. 25Muso: «Xudo men orqali xalqimni ozod qilmoqchi, buni xalqim tushunsa kerak», deb oʻyladi. Ammo ular tushunmadilar. 26Keyingi kuni Muso Isroil xalqidan ikkitasi janjallashayotganini koʻrib, ularni yarashtirmoqchi boʻldi: «Quloq solinglar, ey odamlar, axir, sizlar birodarsizlar! Nega bir–biringizni xafa qilyapsizlar?» 27Ammo qardoshini xafa qilayotgan odam Musoni turtib dedi: «Kim seni bizning ustimizdan hukmdor yoki hakam qilib qoʻydi? 28Kecha Misrlikni oʻldirganingday meni ham oʻldirmoqchimisan?»#7:26-28 Chiqish 2:13-14 ga qarang. 29Muso bu gapni eshitgach, Misrdan qochib ketdi va Midiyon yurtida#7:29 Midiyon yurti — aynan qayerda joylashgani maʼlum emas. Bu yurt Misrdan sharqda, Sinay yarim orolida yo Oʻlik dengizning janubidagi yerlarda yoki hozirgi Aqaba qoʻltigʻining sharq tomonida joylashgan boʻlishi mumkin. musofir boʻlib yashay boshladi. Bu yurtda Muso ikki oʻgʻil koʻrdi.
30Oradan qirq yil oʻtgach, Muso sahrodagi Sinay togʻi yonida boʻlganda, buta alangasi ichida unga bir farishta#7:30 bir farishta — Egamizning farishtasi nazarda tutilgan (Chiqish 3:2 ga qarang), baʼzan shu yoʻl bilan Xudoning Oʻzi zohir boʻlishiga ishora qilinadi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EGAMIZNING FARISHTASI iborasiga qarang. zohir boʻldi#7:30 …buta alangasi ichida unga bir farishta zohir boʻldi — Chiqish 3:1-10 ga qarang.. 31Muso buni koʻrib, hayron boʻldi. Yaxshiroq koʻrish uchun butaga yaqin bordi. Shu payt u Egamizning ovozini eshitdi: 32«Men ota–bobolaringiz — Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosiman.» Muso qoʻrqqanidan titrab, qarashga jurʼat etmadi. 33Shunda Egamiz Musoga dedi: «Oyogʻingdagi chorigʻingni yech, chunki sen turgan joy muqaddas yerdir. 34Xalqimning Misrda chekkan azoblarini koʻrdim, ularning oh–vohlarini eshitdim. Men ularni ozod qilish uchun keldim. Endi kel, Men seni Misrga yuboraman.»
35Mana shu Musoni xalq rad qilib, unga: «Kim seni bizga hukmdor va hakam qilib qoʻydi?» deb aytgandi. Xudoning Oʻzi esa Musoni hukmdor va xaloskor qilib yubordi. U buni buta ichida zohir boʻlgan farishta orqali amalga oshirdi. 36Muso Isroil xalqini Misrdan olib chiqdi. Misrda, Qizil dengizda va sahroda qirq yil davomida moʻjizalar va alomatlar koʻrsatdi. 37Isroil xalqiga: «Xudo sizlar uchun oʻz xalqingiz orasidan menga oʻxshagan bir paygʻambar chiqaradi#7:37 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar Musoning gapiga qoʻshimcha qilingan: unga quloq solinglar.»#7:37 Qonunlar 18:15 ga qarang., deb aytgan ham oʻsha Muso edi. 38Sahroda Isroil xalqi bilan birga yashagan Musodir, Sinay togʻida otalarimiz bilan birga turgan, farishta bilan gaplashgan ham udir. Bizga beriladigan Xudoning hayotbaxsh kalomini Muso farishtadan qabul qildi. 39Ammo ota–bobolarimiz Musoga itoat etishni istamadilar. Aksincha, ular Musoni mensimay, koʻngillarida Misrga qaytishga moyil boʻldilar. 40Ular Horunga shunday dedilar: «Biz uchun xudolar yasab ber, ular bizni yoʻlda boshlab borsin. Bizni Misrdan olib chiqqan Musoga nima boʻlganini bilmaymiz.»#7:40 Chiqish 32:1 ga qarang. 41Oʻsha paytda ular buzoq tasvirini yasadilar, oʻsha butga qurbonlik qildilar. Shunday qilib, qoʻllarining ijodi oldida koʻngilxushlik qildilar. 42Shu sababdan Xudo ulardan yuz oʻgirdi, samoviy jismlarga sajda qilishsin, deb ularni tark etdi. Zotan, paygʻambarlar kitobida shunday yozilgan:
«Ey Isroil xalqi, sizlar juda koʻp qurbonliklar keltirasizlar! Men ota–bobolaringizni qirq yil sahroda olib yurganimda, ulardan shu qadar koʻp qurbonligu nazrlarni talab qilmadim! 43Sizlar oʻzingiz yasagan xudolarga — Moʻlax va Rayfon#7:43 Moʻlax va Rayfon — Moʻlax Ommon xalqi sajda qilgan xudo edi, Rayfon esa Misrliklar sajda qilgan Saturn sayyora xudosi edi. tasvirlariga topinib yuribsizlar. Shuning uchun Men sizlarni Bobil yurtiga surgun qilaman. Qani, endi turinglar! Moʻlaxning chodirini va Rayfonning tasviri boʻlgan yulduzni koʻtarib olib ketinglar.»#7:42-43 Stefan bu oʻrinda Amos 5:25-27 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan. Amos paygʻambar Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisining miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaga surgun boʻlganiga ishora qilgan. Mazkur oyatlarda esa Stefan Damashq shahri oʻrniga (Amos 5:26-27 ga qarang) Bobil nomini ishlatadi. Shu yoʻsinda u Yahudo, yaʼni janubiy shohlik aholisining miloddan oldingi 586 yilda Bobilga surgun boʻlganiga ishora qiladi. Shu orqali Stefan Quddus va Yahudoda yashayotgan zamondoshlariga ota–bobolari Xudoga sadoqatsizlik qilganini eslatyapti.
44Sahroda ota–bobolarimizning Muqaddas ahd chodiri#7:44 Muqaddas ahd chodiri — yunoncha matnda Guvohlik chodiri, Muqaddas chodirning yana bir nomi. Yunoncha matndagi iboraning guvohlik soʻzi oʻnta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Bu tosh lavhalar Xudo va Uning xalqi oʻrtasida tuzilgan ahdning dalili, yaʼni toshga bitilgan guvohlik boʻlib xizmat qilardi. Muso davrida bu ikki tosh lavha Muqaddas chodirdagi Ahd sandigʻining ichida saqlanardi (Chiqish 40:20 ga qarang). bor edi. Bu Chodir, Xudo Musoga buyurganday, U koʻrsatgan namuna boʻyicha yasalgan edi. 45Keyinroq oʻsha Chodir otalarimizga berildi. Otalarimiz Yoshua bilan ketganlarida Chodirni oʻzlari bilan olib ketdilar. Oʻshanda Xudo quvib yuborgan xalqlarning yerini otalarimiz tortib olgan edilar. Chodir shoh Dovud zamonigacha oʻsha yurtda otalarimiz bilan qoldi. 46Xudoning marhamatiga sazovor boʻlgan Dovud: «Yoqubning Xudosiga maskan#7:46 …Yoqubning Xudosiga maskan… — baʼzi yunon qoʻlyozmalaridan. Yunoncha matnda …Yoqubning xonadoniga maskan…, bu oʻrinda mazkur ibora Yoqubning avlodi Xudoga sajda qiladigan Maʼbad degan maʼnoni bildiradi. qurib beray», deb Undan izn soʻradi. 47Ammo Xudoga uyni Sulaymon qurib berdi. 48Vaholanki, Xudoyi Taolo inson qoʻllari bilan yasalgan uylarda istiqomat qilmaydi. Xudo paygʻambar orqali aytganday:
49«Osmon Mening taxtimdir,
Yer oyogʻim tagidagi kursidir.
Menga qanday uy qurib bera olasiz?!
— demoqda Egamiz. —
Qaysi joy Menga maskan boʻla oladi?!
50Axir, hammasini Oʻz qoʻllarim bilan yaratganman.»#7:50 Ishayo 66:1-2 ga qarang.
51Sizlar oʻjar xalqsiz! Ey yuraklari, quloqlari sunnat qilinmaganlar!#7:51 Ey yuraklari, quloqlari sunnat qilinmaganlar! — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini koʻrsatadi. Bu oyatdagi “yuraklari, quloqlari sunnat qilinmaganlar” iborasi koʻchma maʼnoda ishlatilib, tuzilgan ahdning tashqi belgisi boʻlgan jismoniy sunnat yetarli emasligini koʻrsatadi. Stefan bu soʻzlari bilan oʻsha yahudiy yoʻlboshchilari ham oʻz ota–bobolari singari, Xudoga sadoqatsiz va itoatsiz ekaniga urgʻu beryapti. Sizlar ham, ota–bobolaringizga oʻxshab, har doim Muqaddas Ruhga qarshi turasizlar. 52Ota–bobolaringiz paygʻambarlarning hammasini quvgʻin qilganlar! Solih Zotning#7:52 Solih Zot — Iso Masihga ishora. kelishini bashorat qilganlarni ular oʻldirganlar! Endi esa sizlar Solih Zotni sotib, qatl qildingizlar. 53Xudoning qonunini olgan sizlarsiz. Ammo oʻsha qonun sizlarga farishtalar orqali berilganiga#7:53 oʻsha qonun sizlarga farishtalar orqali berilgani — Qonunlar 33:2-4, Galatiyaliklar 3:19, Ibroniylar 2:2 ga qarang. qaramay, sizlar unga rioya qilmadingizlar.”
54Oliy kengash aʼzolari Stefanning soʻzlarini eshitib, gʻazabga mindilar, gʻazabdan tishlarini gʻijirlatdilar. 55Ammo Muqaddas Ruhga toʻlgan Stefan osmonga tikilib, Xudoning ulugʻvorligini koʻrdi. Iso Xudoning oʻng tomonida#7:55 oʻng tomoni — oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan. turar edi.
56“Qaranglar! — dedi Stefan. — Men osmon ochilganini koʻryapman. Inson Oʻgʻli#7:56 Inson Oʻgʻli — Iso Masih koʻpincha Oʻziga nisbatan ishlatgan unvon. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi INSON OʻGʻLI iborasiga qarang. Xudoning Oʻng tomonida turibdi!”
57Ular esa qoʻllari bilan quloqlarini berkitib oldilar, soʻng birdaniga hammalari ovozlari boricha baqirib, Stefanga tashlandilar. 58Ular Stefanni shahar tashqarisiga olib chiqdilar va toshboʻron qildilar. Unga qarshi guvohlik berganlar esa choponlarini Shoul#7:58 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan, u keyinchalik havoriy boʻlgan (13:9 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). degan yigitning oyoqlari ostiga qoʻydilar.
59Ular Stefanni toshboʻron qilayotganlarida, Stefan: “Ey Rabbim Iso, ruhimni ol!” deb ibodat qildi. 60Soʻngra u tiz choʻkib, ovozi boricha: “Ey Rabbim Iso! Bu gunohni ularga yuklamagin!” deb baqirib, jon berdi.

Currently Selected:

Havoriylar 7: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in