Havoriylar 8
8
8–BOB
Shoul imonlilar jamoatini quvgʻin qiladi
1Stefanning oʻlimini Shoul#8:1 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan, u keyinchalik havoriy boʻlgan (13:9 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). maʼqullagan edi. Oʻsha kundanoq Quddusdagi imonlilar jamoati shafqatsiz quvgʻinlardan azob cheka boshladi. Havoriylardan boshqa hamma imonlilar Yahudiya va Samariya boʻylab tarqalib ketdilar. 2Taqvodor odamlar Stefanni dafn qildilar, u uchun qattiq qaygʻurib, aza tutdilar. 3Shoul esa jamoatni yoʻq qilish payiga tushgan edi. U uyma–uy yurib, erkagu ayol imonlilarni sudrab olib chiqar, ularni qamoqxonaga tashlar edi.
Filip Samariyada vaʼz qiladi
4Imonlilar tarqalib ketib, Iso haqidagi xabarni har joylarda vaʼz qilib yurardilar. 5Filip#8:5 Filip — 6:1-6 ga qarang. Samariyaning bosh shahriga#8:5 Samariyaning bosh shahri — yunoncha matnda Samariyaning shahri. Oʻsha paytda Samariya shaharning emas, balki bir hududning nomi boʻlgan. Muallif Samariyadagi asosiy bir shaharga, yaʼni Sebastiyaga ishora qilayotgan boʻlishi mumkin. borib, u yerdagi aholiga Masih toʻgʻrisida vaʼz qildi. 6Filipni tinglab turgan va qilgan moʻjizalarini koʻrgan olomon uning gaplariga diqqat bilan quloq soldi. 7Yovuz ruhlar koʻp odamlarning ichidan chinqirib chiqib ketardi, koʻplab shol va choʻloq odamlar shifo topar edilar. 8Shunday qilib, oʻsha shaharda katta shodlik hukm surardi.
9Shu yerda Shimoʻn degan bir odam yashardi. U anchadan beri sehr–jodular qilib, Samariya aholisini hayratda qoldirib kelardi. Shu tariqa u oʻzini buyuk odam qilib koʻrsatardi. 10Shahardagi har bir odam — kattayu kichik uning gaplariga diqqat bilan quloq solar, “Bu odam Xudoning qudratidir, u Buyuk Qudrat deb nom olgan”, deb aytardi. 11Shimoʻn uzoq vaqt odamlarni sehr–jodulari bilan ajablantirib kelgani uchun ham, odamlar unga diqqat bilan quloq solishardi. 12Ammo Filip Xudoning Shohligi va Iso Masih toʻgʻrisidagi Xushxabarni vaʼz qilgandan keyin, odamlar Filipga ishondilar. Erkagu ayol suvga choʻmdirildi. 13Hatto Shimoʻn ham imonga keldi. U suvga choʻmdirilgandan keyin, yuz berayotgan alomatlaru buyuk moʻjizalarni koʻrib, hayratda qoldi va Filipdan ajralmaydigan boʻldi.
14Quddusdagi havoriylar, Samariya aholisi#8:14 Samariya aholisi — yahudiylar va Samariyaliklar uzoq vaqt davomida bir–birlariga dushman boʻlib kelganlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SAMARIYALIK soʻziga qarang. Xudoning kalomini qabul qilibdi, deb eshitganlari uchun, Butrus bilan Yuhannoni ularning oldiga yubordilar. 15Butrus bilan Yuhanno borib, Muqaddas Ruhni qabul qilib olinglar, deb Samariyaliklar uchun ibodat qildilar. 16Chunki hali Muqaddas Ruh ularning birontasini ham qamrab olmagan edi. Ular faqat Rabbimiz Iso nomi bilan suvga choʻmdirilgan edilar, xolos. 17Shundan keyin Butrus bilan Yuhanno ularning ustiga qoʻllarini qoʻydilar. Shu tariqa Samariyaliklar Muqaddas Ruhni qabul qildilar.
18Shimoʻn koʻrdiki, odamlarning boshlariga havoriylar qoʻllarini qoʻyganlarida, Muqaddas Ruh ularga berilardi. U Butrus bilan Yuhannoga pul taklif qilib, dedi:
19— Shu qudratdan menga ham beringlar, toki birontasining boshiga qoʻllarimni qoʻyganimda, oʻsha odam Muqaddas Ruhni qabul qilsin.
20Ammo Butrus shunday javob berdi:
— Puling oʻzing bilan birga doʻzaxga ravona boʻlsin, chunki sen, Xudoning inʼomini pulga sotib olsam boʻladi, deb oʻylaysan. 21Bu ishda sening na ulushing, na haqing bor! Sening yuraging Xudo nazarida toʻgʻri emas. 22Endi tavba qilib, bu fosiq niyatingdan qayt, “Meni kechirgin”, deb Egamizga ibodat qil, balki yuragingdagi niyatingni U kechirar. 23Koʻrib turibman: yuraging achchiq zardaga toʻla, oʻzing fosiqlik zanjiriga bogʻlangansan.
24Shimoʻn shunday javob berdi:
— Men uchun Egamizga ibodat qilinglar, tagʻin aytganlaringizdan biri boshimga tushmasin.
25Butrus bilan Yuhanno u yerda guvohlik berib, Rabbimiz Iso haqidagi xabarni vaʼz qildilar. Shundan keyin Samariyaning koʻp qishloqlarida Xushxabarni eʼlon qilib, Quddusga qaytib ketdilar.
Filip va Habashistonlik amaldor
26Shu orada Egamizning bir farishtasi Filipga dedi: “Qani, boʻl, janubga bor, Quddusdan Gʻazoga olib boradigan sahro yoʻlidan ket.” 27Filip yoʻlga chiqdi, ketayotib Habashistonlik bir amaldorni uchratib qoldi. U Habashiston malikasining#8:27 Habashiston malikasi — yunoncha matnda Habashiston malikasi Kandaki. Firʼavn soʻziga oʻxshab, Kandaki soʻzi unvon boʻlgan, bu malikaning ismi emas edi. bosh xazinaboni lavozimidagi katta amaldor edi. U sajda qilgani Quddusga kelib, 28endi uyiga qaytayotgan edi. Amaldor aravada oʻtirganicha, Ishayo paygʻambar kitobini oʻqib ketayotgan edi. 29Muqaddas Ruh Filipga: “Aravaga yaqinroq bor, uning yonida yur”, dedi. 30Filip yugurib, aravaga yetib oldi, amaldorning Ishayo paygʻambar kitobini oʻqiyotganini eshitdi. Filip:
— Oʻqiyotganingizni tushunyapsizmi? — deb soʻradi.
31— Birontasi yordam bermasa, tushunarmidim?! — deb javob berdi amaldor. U Filipga: “Chiq, yonimga oʻtir”, deb taklif qildi. 32Amaldor oʻqiyotgan Muqaddas bitiklar parchasi quyidagilar edi:
“Boʻgʻizlanishga olib borilgan qoʻyday,
Jun qirquvchi oldida jim turgan qoʻziday
U miq etmadi, ogʻzini ochmadi.
33U xoʻrlandi. Adolatdan mahrum qilindi.
Uning nasli haqida kim oʻylaydi?
Yer yuzida uning hayotiga chek qoʻyildi.”#8:32-33 Muallif bu oʻrinda Ishayo 53:7-8 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
34Amaldor Filipdan soʻradi:
— Ayt–chi, paygʻambar bu gaplarni kim toʻgʻrisida aytdi — oʻzi toʻgʻrisidami yoki boshqa birontasi toʻgʻrisidami?
35Shundan keyin Filip tushuntira boshladi, Muqaddas bitiklarning shu qismidan boshlab, Iso haqidagi Xushxabarni amaldorga soʻzlab berdi. 36-37Ular yoʻlda ketayotganlarida, suv bor joyga kelib qoldilar. Shunda amaldor dedi:
— Mana bu yerda suv bor ekan. Suvga choʻmdirilishimga nima xalaqit beradi?!#8:36-37 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar 37–oyatni tashkil etib, qoʻshimcha qilingan: Filip unga dedi: “Agar butun qalbingiz bilan ishonsangiz, boʻladi.” Amaldor dedi: “Iso Masih — Xudoning Oʻgʻli deb ishonaman.”
38Amaldor aravani toʻxtatishga buyurdi. Ular ikkalasi — Filip bilan amaldor suvga tushdilar, Filip uni suvga choʻmdirdi.
39Ular suvdan chiqqanlaridan keyin, Egamizning Ruhi toʻsatdan Filipni olib ketdi#8:39 …Egamizning Ruhi toʻsatdan Filipni olib ketdi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Muqaddas Ruh amaldorni qamrab oldi va Egamizning bir farishtasi toʻsatdan Filipni olib ketdi.. Amaldor uni qaytib koʻrmadi, ammo xursand boʻlganicha, yoʻlida davom etdi. 40Filip esa Azotus shahrida#8:40 Azotus shahri — Ashdod nomi bilan ham maʼlum. Bu shahar Filistiyada, Oʻrta yer dengizi yaqinida joylashgan edi. paydo boʻlib qoldi. U Qaysariyaga#8:40 Qaysariya — Azotusdan 80 chaqirim masofada, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan shahar. kelguncha, butun oʻlka boʻylab oʻtar ekan, hamma shaharlarda Xushxabarni eʼlon qilib boraverdi.
Currently Selected:
Havoriylar 8: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020