YouVersion Logo
Search Icon

Havoriylar 21

21
21–BOB
Pavlusning Quddusga sayohati
1Biz#21:1 Biz — 16:10 izohiga qarang. ular bilan xayrlashib, kemaga oʻtirdik va toʻgʻri Kos oroliga keldik. Ertasi kuni Rodos oroliga, keyin esa Patara shahriga bordik. 2U yerda biz Finikiyaga ketayotgan kemani topib, oʻsha kemada suzib ketdik. 3Kiprga yaqinlashganimizda, bu orolni chap tomonimizda qoldirib, Finikiyaga#21:3 Finikiya — yunoncha matnda Suriya. Oʻsha davrda Finikiya Rim imperiyasiga qarashli Suriya viloyatining bir qismi edi. Hozirgi Livan mamlakatining dengiz boʻyidagi hududi. yoʻl oldik. Tirda kemadan yuk tushirmoqchi boʻlganlari uchun biz qirgʻoqda qoldik. 4Isoning u yerdagi shogirdlarini qidirib topdik va ular bilan bir hafta qoldik. Ular Muqaddas Ruhdan ilhomlanib, Pavlusga: “Quddusga bormang”, deb aytdilar. 5Bu yerda vaqtimiz oxirlab qolgach, yoʻlga chiqib, safarimizni davom ettirdik. Imonlilarning hammasi, xotinlari va bola–chaqalari bilan birga, bizni shahar tashqarisigacha kuzatib chiqdi. Dengiz boʻyida tiz choʻkib, ibodat qildik. 6Soʻng bir–birimiz bilan xayrlashdik. Biz kemaga chiqdik, ular ham uylariga qaytib ketdilar.
7Biz Tir shahridan sayohatni davom ettirib, Ptolemay shahriga keldik. U yerdagi imonlilarni ziyorat etib, bir kun yonlarida qoldik. 8Ertasi kuni yoʻlga chiqib, Qaysariyaga keldik. Xushxabarchi Filipning uyiga borib, unikida qoldik. Filip oziq–ovqat taqsimlash uchun saylangan yetti kishidan#21:8 yetti kishi — 6:1-6 ga qarang. biri edi. 9Filipning turmushga chiqmagan toʻrtta qizi boʻlib, ularga bashorat qilish inʼomi berilgan edi. 10U yerda bir necha kun boʻlganimizdan keyin, Yahudiyadan Xagabus#21:10 Xagabus — 11:27-28 ga qarang. degan paygʻambar keldi. 11U bizning oldimizga keldi va Pavlusning kamarini olib, oʻzining oyoq–qoʻllarini bogʻladi–da, shunday dedi:
— Muqaddas Ruh demoqda: mana bu kamarning egasini yahudiylar Quddusda xuddi shu singari bogʻlab, uni gʻayriyahudiylar#21:11 gʻayriyahudiylar — oʻsha davrda Yahudiyada hukmronlik qilgan Rim imperiyasi amaldorlariga ishora. qoʻliga topshiradilar.
12Bu gapni eshitganimizdan keyin biz ham, u yerdagi odamlar ham Pavlusga, Quddusga bormang, deb yalinib–yolvordik. 13Shunda Pavlus quyidagicha javob berdi:
— Nima qilyapsizlar? Nimaga yigʻlab, yuragimni siqyapsizlar? Men faqat oyoq–qoʻllarimning bogʻlanishiga emas, balki Rabbimiz Isoning nomi uchun Quddusga borib oʻlishga ham tayyorman.
14Biz Pavlusni koʻndira olmaganimizdan keyin, “Rabbimiz istaganiday boʻlsin”, deb jim qoldik. 15Bu yerda maʼlum vaqt boʻlganimizdan keyin, tayyorgarligimizni koʻrib, Quddusga yoʻl oldik. 16Qaysariyadan Isoning baʼzi shogirdlari biz bilan birga bordilar. Ular bizni dastlabki imonlilardan boʻlgan Kiprlik Minasonning uyiga olib keldilar. Biz uning xonadonida qoldik.
17Quddusga kelganimizda, imonlilar bizni xursandchilik bilan qabul qildilar. 18Keyingi kuni Pavlus biz bilan birga Yoqubni#21:18 Yoqub — 12:17 izohiga qarang. koʻrgani bordi. Barcha jamoat oqsoqollari ham u yerda yigʻilishgan edi. 19Pavlus ular bilan salomlashgandan keyin, oʻzining xizmati orqali gʻayriyahudiylar orasida Xudo qilgan ishlarni batafsil hikoya qilib berdi. 20Ular bu gaplarni eshitib, Xudoga hamdu sano aytdilar. Keyin Pavlusga dedilar:
— Birodarimiz Pavlus, koʻrib turibsizki, yahudiylar orasida bir necha ming odam imonga kelgan. Ularning hammasi qonunga chin dildan oʻzlarini bagʻishlaganlar. 21Ularning eshitishicha, siz gʻayriyahudiylar orasida yashayotgan hamma yahudiylarga, Musoning qonunidan voz kechinglar, bolalaringizni sunnat qilmanglar#21:21 …bolalaringizni sunnat qilmanglar… — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini koʻrsatadi., yahudiylarning urf–odatlariga rioya qilmanglar, deb taʼlim bergan ekansiz. 22Endi nima boʻladi? Sizning kelganingizni ular albatta eshitadilar. 23Endi bizning aytganlarimizni qiling. Oramizda nazr atagan toʻrtta odam#21:23 nazr atagan toʻrtta odam — bu erkaklar maʼlum bir muddat davomida sharob ichmaslikka va sochlarini oldirmaslikka ont ichgan edilar. Bu ont ularning Xudoga nazr sifatida bagʻishlanganini koʻrsatar edi (Sahroda 6:1-21 ga qarang). Belgilangan muddat oʻtgandan keyin ular sochini oldirib, uni qurbonlikka qoʻshib Maʼbadda nazr qilishlari kerak edi. Boshqa bir odam, nazr atagan odamga pul berib, qurbonlik qilinadigan hayvonni sotib olish uchun yordam koʻrsatishi mumkin edi. Bu yordam xudojoʻylik va saxiylik belgisi edi. Pavlus yahudiy dinining rasm–rusumlariga qarshi emasligini koʻrsatish maqsadida, oʻsha toʻrtta odam bilan birga ontni bajarib, qurbonliklarning barcha xarajatlarini oʻzi toʻlagan. bor. 24Bu odamlar bilan birga Maʼbadga borib, u yerda poklanish marosimida ishtirok eting. Ular sochlarini oldirganlarida talab qilingan poklanish qurbonligining xarajatlarini ular uchun oʻzingiz toʻlang. Ana shunda, siz toʻgʻringizda aytilgan gaplar haqiqat emasligini, siz esa Musoning qonuniga rioya qilgan holda yashayotganingizni hamma bilib oladi. 25Imonli gʻayriyahudiylarga kelsak, bir qancha vaqt oldin biz ularga maktub joʻnatib#21:25 …biz ularga maktub joʻnatib… — 15:23-29 ga qarang., quyidagi qarorimizni maʼlum qilgan edik: “Butlarga keltirilgan qurbonlik goʻshtini va qoni chiqarilmagan hayvon goʻshtini tanovul qilishdan hamda fahsh–zinodan#21:25 Butlarga keltirilgan qurbonlik goʻshtini va qoni chiqarilmagan hayvon goʻshtini tanovul qilishdan hamda fahsh–zinodan… — 15:20 ning izohlariga qarang. oʻzlaringizni tiyinglar.”
26Ertasi kuni Pavlus oʻsha odamlarni yoniga olib, ular bilan birga oʻzini pokladi. Soʻng Maʼbadga kirib, poklanish kunlari qachon tugashini, har bir odam uchun qachon qurbonlik keltirilishini eʼlon qildi.
Pavlus Maʼbadda qamoqqa olinadi
27Yetti kunlik marosim oxirlab qolgan edi. Asiya viloyatidan kelgan yahudiylar Pavlusni Maʼbadda koʻrib qoldilar. Ular olomonni qayrab, Pavlusni ushladilar.
28— Ey Isroil xalqi! Yordam beringlar! — deb shovqin soldi ular. — Manavi odam hamma joyda bizning xalqimizga, qonunimizga, Maʼbadga qarshi taʼlim berib yuradi. Buning ustiga, u gʻayriyahudiylarni#21:28 gʻayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar. 14:1 ning ikkinchi izohiga qarang. Maʼbadga olib kelib#21:28 …u gʻayriyahudiylarni Maʼbadga olib kelib… — Maʼbadning faqatgina yahudiylar kirishi mumkin boʻlgan joylari nazarda tutilgan. Gʻayriyahudiylar faqatgina Maʼbadning “gʻayriyahudiylar hovlisi” deb atalgan tashqi hovlisiga kira olar edilar. Maʼbadning ichki hovlisiga kirgan gʻayriyahudiylar oʻlimga mahkum qilinardilar. Maʼbadda bu haqda ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlgan. Gʻayriyahudiylarni Maʼbadning ichki hovlisiga olib kirgan inson ham oʻlimga mahkum qilinishi mumkin edi. Shoh Hirod qurdirgan bu Maʼbadning loyihasi va rasmi lugʻatdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” boʻlimida berilgan., bu muqaddas joyni bulgʻadi!
29Bunday deyishlariga sabab, bundan oldin ular Efeslik Trofimusni shaharda Pavlus bilan birga koʻrishgan boʻlib, “Pavlus oʻsha gʻayriyahudiyni Maʼbadga olib kirdi”, deb oʻylagan edilar.
30Butun shahar oyoqqa turdi, xalq birgalashib harakatga keldi. Ular Pavlusni tutib, Maʼbaddan sudrab chiqarib tashladilar. Oʻsha zahoti Maʼbad eshiklari yopildi. 31Olomon endi Pavlusni oʻldirmoqchi boʻlib turgan edi, Rim lashkarining mingboshisiga: “Butun Quddus oyoqqa turdi” degan xabar yetib keldi. 32Mingboshi oʻsha zahoti askarlari va yuzboshilarni olib, olomon tomonga yugurib ketdi. Olomon mingboshi bilan uning askarlarini koʻrgach, Pavlusni kaltaklashni bas qildilar. 33Mingboshi Pavlusning oldiga kelib, uni qamoqqa oldi va ikkita kishan bilan bogʻlashni buyurdi. Soʻngra u: “Bu odam kim? U nima qildi?” deb soʻradi. 34Olomon orasidan baʼzilari bir nimalar deb shovqin soldi, boshqasi yana nimalardir dedi. Gʻala–gʻovur boʻlganidan mingboshi nima yuz berganini aniq bila olmadi. Shuning uchun u Pavlusni qalʼaga#21:34 qalʼa — Rim sipohlari joylashgan Antoniya qalʼasi nazarda tutilgan. Bu qalʼa Maʼbadning shimoli–gʻarb tomonida joylashgan edi. olib borishni buyurdi. 35Pavlus qalʼaning zinapoyasiga kelganda, olomon shunchalik junbishga keldiki, askarlar Pavlusni koʻtarib ketishlariga toʻgʻri keldi. 36Olomon Pavlusning ortidan ergashib: “Unga oʻlim!” deb shovqin solardi.
37Askarlar Pavlusni qalʼaga olib kirayotganlarida, u mingboshiga:
— Sizga bir narsani aytsam maylimi? — dedi.
— Yunoncha bilasanmi?! — deb hayron qoldi mingboshi. 38— Bir qancha vaqt oldin isyon boshlab, toʻrt ming qurollangan kallakesarni sahroga olib chiqqan Misrlik mabodo sen emasmisan?
39— Men yahudiyman, Kilikiyadagi Tarsus shahridanman#21:39 Tarsus shahri — Rim imperiyasiga qarashli Kilikiya viloyatining poytaxti boʻlgan. Hozirgi Turkiyaning janubida, Oʻrta yer dengizi yaqinida joylashgan edi. Bu shahar savdo markazi boʻlib, u yerda koʻplab oʻquv yurtlari bor edi., — dedi Pavlus. — Oʻsha muhim shaharning fuqarosiman. Iltimos, xalqqa gapirishimga ijozat bering.
40Mingboshi Pavlusga ijozat bergach, u zinapoyada turib, odamlarga qoʻli bilan: “Jim boʻlinglar!” degan ishorani qildi. Odamlar tinchlangandan keyin, Pavlus ularga oramiy tilida#21:40 oramiy tili — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz ibroniy tilini yoki oramiy tilini bildirishi mumkin. Oʻsha paytda qadimgi Falastinda yashagan yahudiylar oramiy tilida gaplashar edilar. gapira boshladi.

Currently Selected:

Havoriylar 21: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in