2 Timoʻtiy 4
4
4–BOB
Timoʻtiyga qatʼiy buyruq
1Xudo huzurida hamda tirigu oʻliklarni hukm qiladigan Iso Masih huzurida, Uning kelishi va hukmronligi haqi, senga qatʼiy buyuraman: 2Xudoning kalomini targʻib qil. “Hozir buning vaqtimi, vaqti emasmi?” demay, uni astoydil eʼlon qil. Odamlarga taʼlim berib, ularni toʻgʻri yoʻlga sol, tanbeh ber, nasihat qil. Hammasini sabr–toqat bilan bajar. 3Chunki shunday vaqt keladiki, odamlar sogʻlom taʼlimotga toqat qilmaydigan boʻladilar, ular atrofiga oʻzlariga mos, quloqlariga yoqimli soʻzlar aytadigan muallimlar toʻplaydilar. 4Ular haqiqatdan yuz oʻgirib, afsonalarga berilib ketadilar. 5Ammo sen har qanday sharoitda aql bilan ish tut, azoblarga chida, Xushxabarni targʻib qil, oʻz xizmatingni toʻliq bajargin.
6Men hademay bu dunyodan oʻtib ketaman#4:6 Men hademay bu dunyodan oʻtib ketaman… — 1:16 izohiga qarang., jonim Xudoga qurbon#4:6 …jonim Xudoga qurbon — yunoncha matnda …sharob nazriday toʻkilmoqdaman. Filippiliklar 2:17 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. 7Men ulugʻ kurashda jang qildim, zimmamdagi vazifani oxiriga yetkazdim, Xushxabarga sodiq qoldim. 8Meni solihlik toji kutmoqda. Odil Hakam — Rabbimiz Iso kelgan kunda oʻsha tojni menga Oʻzi beradi. Bunday toj faqat menga emas, balki Uning kelishini intizorlik bilan kutayotganlarning hammasiga nasib boʻladi.
Pavlusning Timoʻtiyga soʻnggi koʻrsatmalari
9Mening oldimga tezroq kelishga harakat qil. 10Chunki Dimas bu dunyoga koʻngil bogʻlab, meni tark etdi. U Salonika shahriga ketdi. Kriskes Galatiya viloyatiga, Titus#4:10 Titus — Pavlusning hamkori va yordamchisi (2 Korinfliklar 8:23, Titus 1:4-5 ga qarang). Dalmatiya viloyatiga#4:10 Dalmatiya viloyati — Rimdan shimoli–sharqda, hozirgi Adriatika dengizining sharqiy qirgʻogʻida joylashgan. ketdi. Yonimda faqat Luqo#4:10 Luqo — Kolosaliklar 4:14 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. bor. 11Markni#4:11 Mark — Kolosaliklar 4:10 ga va oʻsha oyatning oxirgi izohiga qarang. oʻzing bilan birga olib kel, u xizmatimda menga yordam beradi. 12Men Tixikusni Efes shahriga yubordim. 13Kelayotganingda oʻzing bilan toʻnimni olib kel, men uni Troas shahridagi Karpusnikida qoldirganman. Qoʻlyozmalarni#4:13 Qoʻlyozma — papirus yoki oshlangan teridan qilingan uzun oʻrama qogʻoz. Qadimgi paytlarda kitoblar odatda oʻrama qogʻoz shaklida boʻlgan. ham, ayniqsa, charmga yozilganlarini olib kel.
14Temirchi Iskandar menga koʻp yomonlik qildi. Rabbimiz Iso uni qilmishiga yarasha jazolaydi. 15Sen Iskandardan ehtiyot boʻl, chunki u bizning taʼlimotimizga qattiq qarshilik koʻrsatdi.
16Meni birinchi marta mahkamaga olib borishganda, hech kim meni yoqlamadi. Hamma meni tashlab ketdi. Xudo bu aybni ularning boʻyniga qoʻymasin! 17Ammo Rabbim Iso yonimda turdi, Xushxabarni toʻligʻicha barcha xalqlarga yetkazishim uchun Uning Oʻzi menga kuch berdi. U meni oʻlim changalidan#4:17 …oʻlim changalidan… — yunoncha matnda …arslon ogʻzidan…, majoziy usulda oʻlimga ishora. Oʻsha davrda oʻlim jazosiga mahkum qilingan jinoyatchilarni tiriklayin yirtqich hayvonlarning oldiga tashlashardi. Lekin Pavlus Rim fuqarosi boʻlgani uchun, uni bu yoʻl bilan qatl qilib boʻlmas edi. qutqardi. 18Rabbim meni bundan keyin ham har qanday yomonlikdan xalos qiladi va Oʻzining samoviy Shohligiga sogʻ–salomat yetkazadi. Unga abadulabad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
Soʻnggi salomlar
19Priskilla bilan Akilga#4:19 Priskilla bilan Akil — Havoriylar 18:2-3, 18-21, 24-26 ga qarang. va Onisiforusning xonadoniga salom aytib qoʻy. 20Erastus Korinf shahrida qoldi. Trofimus esa kasal boʻlgani uchun, uni Mileytus shahrida qoldirdim. 21Qish boshlanmasdan oldin#4:21 Qish boshlanmasdan oldin… — Efesdan Rimga dengiz orqali borilardi. Odatda noyabr oyining oʻrtalaridan boshlab to mart oyining oʻrtalarigacha dengiz orqali safar qilishning iloji yoʻq edi. Timoʻtiy bu paytda Efesda boʻlgani uchun Pavlus unga, qishdan oldin yoʻlga tushgin, deb aytgan. kelishga harakat qil. Ebulus, Pudes, Linus, Klavdiya va bu yerdagi hamma imonlilar senga salom yoʻllayaptilar.
22Rabbimiz Iso senga hamroh boʻlsin. Uning inoyati hammangizga yor boʻlsin#4:22 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin..
Currently Selected:
2 Timoʻtiy 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020