2 Salonikaliklar Kirish
Kirish
Pavlus Salonikadagi jamoatga yozgan ushbu ikkinchi maktubini birinchi maktubdan keyin, qisqa vaqt oraligʻida yuboradi. Maktubning boshida Pavlus imonli birodarlariga dalda beradi, ularni qiyinchilik va azob–uqubatlarga qaramay, imonda mahkam turishga undaydi.
Soʻng Pavlus Rabbimiz Isoning kelishi haqida birinchi maktubida bayon qilgan mavzuni batafsil tushuntirishga oʻtadi, chunki Salonikaliklar orasida “Rabbimiz keldi” degan gap yurgan ekan. Bundan xabar topgan Pavlus ularga, Masih hali kelgani yoʻq, deb aytadi. Pavlus, Masih kelishidan oldin bir qator hodisalar roʻy berishi kerak, deb taʼkidlaydi, chunonchi, odamlar Xudoga qarshi bosh koʻtaradi, qabih odam kelib, Maʼbadda Xudoning oʻrnini egallaydi, oqibatda, yovuzlik va fosiqlik dunyoda avj oladi. Shundan soʻnggina Iso kelib, qabih odamni bir nafasi bilan yoʻq qiladi. Maktubning soʻnggi satrlarida Pavlus imonlilarni dangasa boʻlmaslikka, halol mehnat qilishga, yaxshilik qilishdan charchamaslikka undaydi.
Currently Selected:
2 Salonikaliklar Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020