2 Salonikaliklar 1
1
1–BOB
Duoyi salom
1Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Silas va Timoʻtiydan#1:1 Silas…Timoʻtiy — 1 Salonikaliklar 1:1 ning birinchi va ikkinchi izohlariga qarang. salom! 2Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
Iso Masih kelganda boʻladigan hukm
3Birodarlar, sizlar uchun har doim Xudoga shukr qilishni burch deb bilamiz. Shunday qilishimiz juda oʻrinli, chunki sizlarning imoningiz kundan–kunga oʻsib boryapti, bir–biringizga va boshqa hammaga mehr–muhabbatingiz oshyapti. 4Shuning uchun biz Xudoning jamoatlari oldida sizlar bilan faxrlanamiz. Axir, sizlar quvgʻinlaru azob–uqubatlarga sabr–toqat va imon bilan bardosh beryapsiz. 5Xudoning Shohligi yoʻlida azob chekyapsiz, shunday ekan, Xudo sizlarni Oʻz Shohligiga loyiq topib, unga erishtiradi. Oqibatda esa Uning odil hukmi hammaga ayon boʻladi. 6Ha, Xudo odildir, sizlarni azoblaganlarga U azob beradi. 7-8Azob chekayotgan sizlarga esa Oʻz tinchligini ato qiladi, sizlar qatori bizga ham tinchligini beradi. Bularning hammasi Rabbimiz Iso Oʻzining qudratli farishtalari bilan, lovullab turgan alanga ichida, koʻkdan zohir boʻlganda roʻy beradi. Xudoni rad etganlarni va Oʻzi haqidagi Xushxabarga quloq solmaganlarni Iso Masih jazolaydi. 9Oʻsha odamlar Rabbimiz Isoning huzuri va qudratli ulugʻvorligidan ayrilib, abadiy halokat jazosini oladilar. 10Oʻsha kuni Rabbimizni Uning muqaddas xalqi ulugʻlaydi. Unga ishongan hamma odamlar Uni madh qiladi. Sizlar ham oʻsha insonlarning qatoriga kirasiz, chunki biz aytgan xabarga ishondingiz. 11Shunday ekan, Xudoyimiz sizni Oʻz chaqirigʻiga loyiq deb topsin, Oʻz qudrati bilan sizlarning barcha yaxshi niyatlaringizni roʻyobga chiqarsin, imon bilan qilgan ishlaringizni amalga oshirsin, deb biz doim sizlar uchun ibodat qilamiz. 12Rabbimiz Isoning nomi orangizda ulugʻlansin, sizlar esa Xudoyimiz va Rabbimiz Iso Masihning inoyati bilan U orqali ulugʻlaninglar, deb ibodat qilamiz.
Currently Selected:
2 Salonikaliklar 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020