YouVersion Logo
Search Icon

1 Shohlar 22

22
22–BOB
Shoul Nav shahridagi ruhoniylarni oʻldiradi
1Shundan soʻng Dovud u yerdan chiqib, Adullam shahri#22:1 Adullam shahri — Quddusdan qariyb 24 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan edi. yaqinidagi gʻorga qarab qochdi. Akalari va jamiki ota xonadoni bu haqda eshitib, oʻsha yoqqa — Dovudning yoniga borishdi. 2Ezilgan, qarzini toʻlashga qurbi yetmagan, norozi odamlar Dovudning atrofiga toʻplanishdi. Dovud ularga bosh boʻldi. Unga ergashganlar toʻrt yuztacha edi.
3Dovud u yerdan Moʻabdagi#22:3 Moʻab — bu yurt Oʻlik dengizning sharqiy qirgʻogʻida joylashgan edi. Mispax shahriga borib, Moʻab shohidan iltimos qildi: “Ijozat bering, Xudo meni nima qilmoqchiligi maʼlum boʻlguncha, ota–onam yoningizda qolsin.” 4Shunday qilib, Dovud ota–onasini Moʻab shohi huzuriga olib keldi. Dovud adirlardagi qarorgohida yashirinib turganda, ota–onasi Moʻab shohining panohida yashadilar. 5Lekin Dovudga Gad paygʻambar: “U yerda qolma, Yahudo yeriga bor”, dedi. Shundan keyin Dovud u yerdan chiqib, Xoret oʻrmoniga bordi. 6Shu orada Shoul “Dovud va uning odamlari topildi”, deb eshitdi. Shoul qoʻlida nayzasini ushlaganicha, Givo#22:6 Givo — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan. tepaligidagi yulgʻun daraxti#22:6 yulgʻun daraxti — tez oʻsadigan mayda bargli daraxt. Bu daraxtlar issiq va quruq joylarda oʻsadi. ostida oʻtirgan edi. Barcha aʼyonlari ham uning atrofida turgan edilar. 7Shoul ularga shunday dedi:
— Ey Benyamin odamlari, eshitib olinglar! Essayning oʻgʻli#22:7 Essayning oʻgʻli — Dovud. har biringizga dalayu uzumzorlarni berib qoʻymaydi–ku! Har biringizni mingboshi yoki yuzboshi qilib oʻtiradimi?!#22:7 Ey Benyamin odamlari…qilib oʻtiradimi?! — Shoul Benyamin qabilasidan, Dovud esa Yahudo qabilasidan edi. Dovud yuqori lavozimlarni Benyamin avlodlariga emas, oʻz qabiladoshlariga bermoqchi ekanligini Shoul oldindan aytyapti. 8Hammangiz menga qarshi til biriktirdingiz–ku! Oʻgʻlim Yoʻnatan Essayning oʻsha oʻgʻli bilan ahd qilgan ekan, meni hech kim xabardor etmadi. Orangizdan menga yon bosadigan biror odam chiqmadi. Dovud menga pistirma qoʻymoqchi ekan, uni oʻgʻlim qayrabdi. Hozir shu ish boʻldi–ku! Shunday emasmi?!
9Shu payt Shoulning aʼyonlari yonida turgan Edomlik#22:9 Edom — 21:7 izohiga qarang. Doyeg aytdi:
— Essayning oʻgʻli Dovudni koʻrdim, u Nav shahridagi Oxitobning oʻgʻli ruhoniy Oximalekning yoniga kelgan edi. 10Oximalek “Dovud nima qilsin?” deb Egamizning xohish–irodasini soʻradi#22:10 …Egamizning xohish–irodasini soʻradi — 14:36 izohiga qarang.. Unga ham oziq–ovqat berdi, ham Filist Goʻliyotning qilichini taqdim qildi.
11Shoh Shoul aʼyonlariga: “Oxitobning oʻgʻli ruhoniy Oximalekni va uning Navda yashaydigan ota urugʻlarining hammasini — barcha ruhoniylarni olib kelinglar”, deb buyurdi. Hammalarini shohning oldiga olib kelishdi.
12— Ey Oxitobning oʻgʻli, gaplarimni eshit! — dedi Shoul Oximalekka.
— Labbay, hazratim, — dedi Oximalek.
13— Nimaga sen Essayning oʻgʻli bilan birga menga qarshi til biriktirding? — dedi Shoul. — Dovudga non, qilich beribsan, uning uchun Xudoning xohish–irodasini soʻrabsan. Mana bugun Dovud menga qarshi qoʻzgʻalib, pistirmada poylab turibdi.
14Oximalek shunday javob berdi:
— Butun aʼyonlaringiz orasida Dovud singari, ishonchli kim bor?! Dovud — sizning kuyovingiz, soqchilaringizning sardori, xonadoningizda hurmatli kishi–ku. 15Toʻgʻri, oʻsha kuni Dovud uchun Xudoning xohish–irodasini soʻradim. Ammo bu birinchi marta emas edi–ku! Shoh meni va ota xonadonimni ayblamasinlar, chunki men Dovudning yomon niyatidan bexabar edim.
16— Ey Oximalek, oʻzing ham, butun ota xonadoning ham albatta oʻlasizlar! — dedi Shoul. 17Soʻng u yonida turgan qoʻriqchilariga buyurdi:
— Qani, Dovudni qoʻllagan Egamizning ruhoniylarini oʻldirib tashlanglar! Ular Dovudning qochib ketganini bilganlari holda, menga xabar berishmadi.
Shohning qoʻriqchilari qoʻl koʻtarib, Egamizning ruhoniylarini oʻldirishni istashmadi. 18Shunda shoh Shoul Doyegga:
— Sen bor, ruhoniylarni oʻldir! — deb buyurdi.
Oʻsha kuni Edomlik Doyeg muqaddas libos#22:18 muqaddas libos — ibroniycha matnda zigʻir matosidan tikilgan efod, yaʼni ruhoniylar kiyib yuradigan libos. kiygan sakson besh ruhoniyni bir oʻzi chopib oʻldirdi. 19Soʻngra erkak–ayol, yosh bola, hatto chaqaloq demasdan, ruhoniylar yashaydigan Nav shahrining xalqini ham qilichdan oʻtkazdi. Mollari, eshaklari, qoʻylarini ham chopib tashladi. 20Ruhoniy Oximalekning oʻgʻillaridan birgina Abuatar degani tirik qolib, Dovudning yoniga qochib ketdi. 21Shoul Egamizning ruhoniylarini oʻldirganini Abuatar Dovudga aytib berdi. 22Dovud Abuatarga dedi:
— Oʻsha kuni u yerda Edomlik Doyeg bor edi. U albatta Shoulga xabar berishini bilardim. Otang xonadonidagi har bir jonning oʻlimiga men sababchi boʻldim. 23Endi sen yonimda qol, qoʻrqma. Mening jonim payiga tushgan kimsa — sening ham joning payiga tushgan. Yonimda qolsang, bexatar boʻlasan.

Currently Selected:

1 Shohlar 22: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in