YouVersion Logo
Search Icon

1 Shohlar 21

21
21–BOB
Dovud Shouldan qochib yuradi
1Dovud Nav shahridagi#21:1 Nav shahri — Quddusdan qariyb 4 kilometr sharqda joylashgan. ruhoniy Oximalekning huzuriga bordi. Oximalek Dovudni kutib olarkan:
— Nimaga yolgʻizsan? Nega yoningda hech kim yoʻq? — deb qoʻrquv ichra soʻradi.
2— Shoh menga bir topshiriq berdi, — dedi Dovud. — Senga bergan topshirigʻimni hech kim bilmasin, dedi. Shuning uchun odamlarimga, falon joyga borib turinglar, deb tayinlab keldim. 3Hozir yeyishga biror narsangiz bormi? Menga beshta non, yoki qoʻlingizga nima ilinsa, bering.
4— Oddiy nonimiz yoʻq, — deb javob berdi ruhoniy, — agar odamlaring ayollardan oʻzlarini tiygan boʻlishsa#21:4 …ayollardan oʻzlarini tiygan boʻlishsa… — ayol kishi bilan jinsiy aloqada boʻlgan odam bulgʻangan hisoblanib, maʼlum bir vaqt mobaynida hech qanday diniy marosimda ishtirok eta olmasdi (Levilar 15:16-18 ga qarang)., nazr qilingan nonimiz#21:4 nazr qilingan non — Xudoga nazr qilingan nonlar (shu bobning 6–oyatiga va Levilar 24:5-9 ga qarang). Odatda bunday nonlarni faqatgina ruhoniylar tanovul qilishlari mumkin edi. bor.
5— Yoʻlga chiqqanimizdan buyon ayollarga yaqinlashganimiz yoʻq, — dedi Dovud. — Safarimizning maqsadi oddiy boʻlganda ham, odamlarim oʻzlarini pok tutadi. Ayniqsa, bu safarimizda odamlarim oʻzlarini juda pok tutdilar.
6Shundan keyin ruhoniy unga muqaddas non berdi. Bu yerda Xudoga bagʻishlangan nondan boshqa non yoʻq edi. Bu non, Egamizning huzurida turgandan keyin, issiq non keltirilgan kuni olib qoʻyilgandi. 7Oʻsha kuni Shoulning Doyeg degan xizmatkori ham shu yerda edi. U Edomlik#21:7 Edom — bu yurt Isroildan janubda joylashgan edi. boʻlib, Shoulning bosh choʻponi edi. Doyeg rasm–rusumlarni ado etgani Egamiz huzuriga kelgandi.
8— Yoningizda nayza yoki qilich yoʻqmi? — deb soʻradi Dovud Oximalekdan. — Shohning topshirigʻi shoshilinch boʻlgani uchun oʻzim bilan na qilichimni olibman, na boshqa qurolimni.
9— Elox vodiysida oʻzing oʻldirgan Filist Goʻliyotning qilichi bor, — dedi ruhoniy. — Efod orqasida matoga oʻrogʻliq turibdi. Bu yerda boshqa qurol yoʻq. Xohlasang, oʻshani olaver.
— Oʻsha qilichni menga bera qoling, unaqasi topilmaydi, — dedi Dovud.
10Dovud Shouldan qochib, oʻsha kuni Gat#21:10 Gat — Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy shahridan biri edi. shohi Oxishning huzuriga bordi. 11Oxishning xizmatkorlari:
— Bu Isroil shohi Dovud–ku! — deyishdi. — Odamlar: “Shoul minglarchasini oʻldirdi, Dovud esa oʻn minglarchasini”, deb oʻynab qoʻshiq aytgan edi–ku.
12Bu gaplar Dovudni choʻchitib qoʻydi. U Gat shohi Oxishdan juda qoʻrqardi. 13Dovud ularning koʻz oʻngida qiyofasini oʻzgartirdi, ularning oldida oʻzini telbalikka solar, saroy darvozasini timdalab, soʻlaklarini soqoliga oqizardi. 14Oxish xizmatkorlariga dedi:
— Qaranglar bu odamga! Jinnining oʻzi–ku! Nimaga uni mening huzurimga olib keldingizlar? 15Mening oldimda jinnilik qilsin deb uni olib keldingizlarmi? Menga jinnilar kerakmidi?! Shu odamning saroyimga kirishi shartmi?!

Currently Selected:

1 Shohlar 21: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in