1 Shohlar 13
13
13–BOB
Filistlar bilan urush
1Shoh Shoul oʻttiz#13:1 oʻttiz — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan. Ibroniycha matnda raqam yozilmagan. yoshida taxtga oʻtirib, Isroilda qirq ikki yil shohlik qildi#13:1 …Isroilda qirq ikki yil shohlik qildi — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana Havoriylar 13:21 ga qarang). Ibroniycha matnda …Isroilda…ikki yil shohlik qildi. Ibroniycha matndagi bu raqam toʻliq emas.. 2U Isroil lashkaridan uch mingta odam saralab olib, qolganlarini uylariga joʻnatib yubordi. Oʻsha uch mingtadan ikki mingtasini Mixmash va Baytil qirlariga joylashtirdi, mingtasini esa Benyamin urugʻiga qarashli Givo shahriga — Yoʻnatanning#13:2 Yoʻnatan — shoh Shoulning oʻgʻli (shu bobning 16–oyatiga qarang). ixtiyoriga yubordi. 3Oradan koʻp oʻtmay, Yoʻnatan Filistlarning Gebo shahridagi#13:3 Gebo shahri — Givo va Mixmash orasida joylashgan. qoʻnolgʻasini magʻlub qildi. Bu xabar Filistlar orasida tezda tarqaldi. Shoul: “Ibroniylar bu hodisadan xabardor boʻlsin”, deb butun oʻlka boʻylab burgʻu chaldirdi. 4Shunday qilib, Shoul Filistlar qoʻnolgʻasini yengganini va Filistlar Isroil xalqidan nafratlanganini Isroil xalqining hammasi bildi. Soʻng lashkar Gilgalda Shoulning atrofiga toʻplandi.
5Filistlar ham Isroil lashkari bilan urishmoq uchun yigʻilishdi. Uch mingta#13:5 uch mingta — qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda oʻttiz mingta. jang aravasi, olti mingta otliq sipoh va dengiz qirgʻogʻidagi qum singari son–sanoqsiz lashkar yoʻlga chiqib, Bayt–Obun shahrining sharqidagi Mixmashga keldi. Ular oʻsha yerda qarorgoh qurishdi. 6Isroil lashkarining ahvoli ogʻirlashib, qiynalib qoldi va ular gʻorlarga, xandaqlarga, qoyalar orasiga, qabrlarga, sardobalarga yashirindilar. 7Ibroniylarning ayrimlari esa Iordan daryosi sharqidagi Gad va Gilad yerlariga kechib oʻtishdi.
Shoul u vaqtda hali ham Gilgalda edi. Unga ergashganlarning hammasi qoʻrqib ketishdi. 8Shomuil Shoulga: “Meni yetti kun kut”, deb aytgani uchun#13:8 Shomuil Shoulga…aytgani uchun… — 10:8 ga qarang., uni Gilgalda yetti kun kutib turdi. Shomuil Gilgalga kelavermagach, lashkar endi Shoulning yonidan qocha boshladi. 9Shuning uchun Shoul:
— Kuydiriladigan qurbonlik bilan tinchlik qurbonliklarini menga olib kelinglar, — deb buyurdi. Keyin u kuydiriladigan qurbonliklarni nazr qildi.
10Shoul qurbonlikni kuydirib boʻlgan ham ediki, Shomuil kelib qoldi. Shoul, unga salom beray deb, peshvoz chiqdi.
11— Nima qilib qoʻyding?! — dedi Shomuil.
— Odamlarim mening yonimdan qochib ketyapti, — dedi Shoul. — Siz esa belgilangan kuni kelmadingiz. Buning ustiga, Filistlar Mixmashda toʻplanib turishibdi. Ularni koʻrib, 12endi Filistlar Gilgalga ustimga bostirib keladi, men esa hanuzgacha Egamdan yordam soʻrab iltijo qilmadim, deb oʻyladim. Shundan keyin kuydiriladigan qurbonlikni qilishga majbur boʻldim.
13Shomuil Shoulga dedi:
— Nodonlarcha ish tutibsan, oʻz Egang Xudoning senga bergan amriga itoat etmading. Boʻlmasa, Egam Isroildagi shohlik taxtingni to abad mustahkam qilgan boʻlardi. 14Endi sening shohliging uzoqqa bormaydi. Egam Oʻz koʻngliga mos bittasini topdi, uni Oʻz xalqi ustidan hukmdor qilib tayinladi. Chunki sen Egamning amriga itoat qilmading.
15Shundan soʻng Shomuil Gilgaldan chiqib, Benyamin urugʻiga qarashli Givo shahriga joʻnab ketdi. Shoul yonida qolgan odamlarni sanab chiqdi, hammasi boʻlib taxminan olti yuz kishi ekan. 16Shoul, oʻgʻli Yoʻnatan va ularning lashkari Benyamin qabilasiga qarashli Geboda joylashdilar. Filistlar esa Mixmashda qarorgoh qurgan edilar. 17Filistlarning ilgʻorlari#13:17 ilgʻorlar — lashkarning eng oldingi safda, jangga birinchi boʻlib kiradigan qismi. uch guruhga boʻlinib, Isroil qishloqlarini talash uchun qarorgohdan chiqishdi. Guruhlardan biri Shuvol hududidagi Oʻfra shahri tomonga, 18ikkinchisi Bayt–Xoʻron shahri tomonga, uchinchisi esa choʻl tomonga — Zavoʻm vodiysi koʻrinib turgan chegara adirga yoʻl oldi.
19Filistlar: “Ibroniylar qilich, nayza yasay olmasin”, deb butun Isroil yurtida birorta ham temirchi qoldirmagan edilar. 20Shuning uchun butun Isroil xalqi omoch tishlarini, choʻkichlarini, bolta va oʻroqlarini#13:20 oʻroqlar — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda choʻkichlar. oʻtkirlash uchun Filistlarning oldiga borar edi. 21Omoch tishi bilan choʻkichni oʻtkirlash bahosi ikki misqol kumush#13:21 ikki misqol kumush — ibroniycha matnda bir pim, taxminan 8 grammga toʻgʻri keladi., panshaxa, bolta va temir uchli govronni#13:21 govron — yoʻgʻon novdadan qilingan, uchi oʻtkirlangan podachilar tayogʻi. Podachilar govron bilan mollarni niqtab, yurishga undaydi. oʻtkirlash bahosi bir misqol kumush#13:21 bir misqol kumush — ibroniycha matnda bir shaqalning uchdan bir qismi, taxminan 4 grammga toʻgʻri keladi. edi. 22Shu sababdan Shoul bilan Yoʻnatanning jangchilaridan birortasida qilich yoki nayza yoʻq edi, faqat Shoul va uning oʻgʻlida bor edi, xolos.
23Bu paytga kelib, Filistlar qoʻnolgʻasini Mixmash dovonida joylashtirgan edilar.
Currently Selected:
1 Shohlar 13: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020