Shomuil Shoulga dedi:
— Nodonlarcha ish tutibsan, oʻz Egang Xudoning senga bergan amriga itoat etmading. Boʻlmasa, Egam Isroildagi shohlik taxtingni to abad mustahkam qilgan boʻlardi. Endi sening shohliging uzoqqa bormaydi. Egam Oʻz koʻngliga mos bittasini topdi, uni Oʻz xalqi ustidan hukmdor qilib tayinladi. Chunki sen Egamning amriga itoat qilmading.