1
Hakamlar 7:2
Muqaddas Kitob
Egamiz Gidoʻnga dedi: “Sening lashkaring juda koʻp boʻlgani uchun Midiyonlarni qoʻllaringga berolmayman. Aks holda, Isroil xalqi, Meni ulugʻlamay, gʻalabaga oʻz kuchimiz bilan erishdik, deb oʻziga bino qoʻyadi.
Compare
Explore Hakamlar 7:2
2
Hakamlar 7:7
Egamiz Gidoʻnga dedi: “Suvni yalab ichgan uch yuzta odam bilan sizlarni ozod qilib, Midiyonlarni qoʻllaringga beraman. Qolganlarni qoʻyib yubor, uylariga qaytib ketaverishsin.”
Explore Hakamlar 7:7
3
Hakamlar 7:3
Dushmandan qoʻrqqanlarga ijozat ber, Gilad togʻini tark etib, uylariga qaytib ketsinlar.” Shunday qilib, odamlarning yigirma ikki mingtasi qaytib ketib, oʻn mingtasi qoldi.
Explore Hakamlar 7:3
4
Hakamlar 7:4
Keyin Egamiz Gidoʻnga dedi: “Qolgan lashkar ham koʻplik qiladi. Ularni suv boʻyiga olib tush, u yerda senga ularni ajratib beraman. Men senga, bunisi sen bilan boradi deganim sen bilan boradi, bunisi esa sen bilan bormaydi deganim sen bilan bormaydi.”
Explore Hakamlar 7:4
5
Hakamlar 7:5-6
Gidoʻn lashkarni suv boʻyiga olib tushdi. Egamiz unga dedi: “Suvni itga oʻxshab, yalab ichganlarning hammasini bir tarafga, choʻkkalab ichganlarni esa boshqa tarafga turgʻizib qoʻy.” Suvni hovuchlab yalaganlarning soni uch yuzta edi. Lashkarning qolganlari esa choʻkkalab suvni ichgandi.
Explore Hakamlar 7:5-6
Home
Bible
Plans
Videos