— Agar Egamiz biz bilan birga boʻlsa, nima uchun bu kulfatlar boshimizga tushgan ekan?! — dedi Gidoʻn. — Ota–bobolarimiz: “Egamiz bizni Misrdan olib chiqdi”, deya bizga aytib bergan edi, Egamizning ajoyib ishlari qayerda qoldi?! Egamiz bizni tark etib, Midiyonlarning qoʻliga berib qoʻydi–ku.