— Firʼavn sizlarga: “Birorta ajoyibot koʻrsatinglar–chi”, deb aytsa, Horunga buyur, tayoqni olib, firʼavnning oldiga tashlasin. Tayoq ilonga aylanib qoladi.
Shunday qilib, Muso bilan Horun firʼavn huzuriga bordilar. Egamiz amr etganday ish tutdilar: Horun tayogʻini firʼavn va uning aʼyonlari oldiga tashlagan edi, tayoq oʻsha zahoti ilonga aylanib qoldi.