Odamlarni, hayvonlarni burga bosib ketdi. Sehrgarlar ham sehr–jodulari bilan changni burgaga aylantirmoqchi boʻldilar, lekin uddasidan chiqolmadilar. Ular firʼavnga: “Bu Xudoning ishi”, deyishdi. Lekin Egamiz aytganday, baribir, firʼavnning yuragi toshligicha qolib, Muso bilan Horunning aytganlariga quloq solmadi.