Muqaddas Ruh Filipga: “Aravaga yaqinroq bor, uning yonida yur”, dedi. Filip yugurib, aravaga yetib oldi, amaldorning Ishayo paygʻambar kitobini oʻqiyotganini eshitdi. Filip:
— Oʻqiyotganingizni tushunyapsizmi? — deb soʻradi.
— Birontasi yordam bermasa, tushunarmidim?! — deb javob berdi amaldor. U Filipga: “Chiq, yonimga oʻtir”, deb taklif qildi.