Shunday qilib, Xanoniyo borib, oʻsha uyga kirdi. U Shoulga qoʻlini qoʻyib, shunday dedi:
— Birodarim Shoul! Yoʻlingda senga zohir boʻlgan Rabbimiz Iso meni bu yerga yubordi, toki sening koʻzlaring ochilsin, Muqaddas Ruhga toʻlgin.
Shu zahoti baliq tangachalariga oʻxshash narsa Shoulning koʻzlaridan tushdi. U yana koʻra boshladi. U oʻrnidan turib, suvga choʻmdirildi.