Birdan osmondan shiddatli shamol esganga oʻxshash ovoz kelib, ular oʻtirgan uyning ichini toʻldirdi. Ular til shaklidagi alangani koʻrdilar. Oʻsha alanga yoyilib, har birining ustiga tushdi. Shunda hammalari Muqaddas Ruhga toʻldilar, Muqaddas Ruh bergan qobiliyatga koʻra, ular boshqa tillarda gapira boshladilar.