Shundan keyin Butrus shol odamni oʻng qoʻlidan ushlab, oʻrnidan turishiga koʻmaklashdi. Shu zahoti shol odamning oyoqlari bilan toʻpiqlari mustahkam boʻldi. U sakrab turdi–yu, yura boshladi. Keyin u yurib, sakrab, Xudoga hamdu sano aytib, Butrus va Yuhanno bilan birga Maʼbad hovlisiga kirdi.