Iso Oʻz havoriylari bilan dasturxon atrofida oʻtirar ekan, ularga shunday amr berdi: “Quddusdan ketib qolmanglar, osmondagi Otamning bergan vaʼdasi bajo boʻlishini kutinglar. Bu vaʼda haqida oldin ham sizlarga aytgan edim. Yahyo odamlarni suvga choʻmdirar edi, sizlar esa yaqin kunlarda Muqaddas Ruhga choʻmdirilasizlar.”