Elax hali ham darvoza yonidagi kursida oʻtirgan edi. Xabarchi, Xudoning Sandigʻini Filistlar tortib oldi, deb aytishi bilan Elax kursidan orqasi bilan yiqildi. Keksaligi va semizligidan boʻyni sinib, oʻsha zahoti jon berdi. U Isroilda qirq yil hakamlik qilgan edi.