Elax Shomuilga dedi:
— Borib joyingga yot, oʻsha ovoz seni yana chaqirib qolsa, “Gapiraver, ey Egam, quling tinglayotir”, degin.
Shomuil borib, joyiga yotdi. Egamiz oʻsha yerda zohir boʻldi va oldingiday:
— Shomuil, Shomuil! — deb chaqirdi.
— Gapiraver, ey Egam! Quling tinglayotir! — deb javob berdi Shomuil.