YouVersion Logo
Search Icon

1 Shohlar 3

3
3–BOB
Xudo Shomuilga sado beradi
1Oʻspirin Shomuil Elaxning qoʻli ostida Egamizga xizmat qilib yurardi. Oʻsha paytlari Egamizning kalomi kam kelar, vahiy ham ahyon–ahyonda boʻlardi.
2Elaxning koʻzlari xiralashib, koʻrmaydigan boʻlib qolgan edi. Bir kuni kech kirganda Elax yotogʻida yotardi. 3Shomuil esa Egamizning Maʼbadida#3:3 Egamizning Maʼbadi — Isroil xalqi Egamizga sajda qiladigan asosiy joy Shiloʻdagi Muqaddas chodir edi (1:3 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Bu paytda Quddusdagi Maʼbad hali qurilmagan edi. yotgan edi, Xudoning Sandigʻi ham oʻsha yerda edi. Xudoning chirogʻi#3:3 Xudoning chirogʻi — Muqaddas chodirning Muqaddas xonasida turgan bu oltin chiroqpoyadagi shamchiroqlar, Tavrotdagi qonunga koʻra, tun boʻyi yonib turishi kerak edi (Chiqish 27:20-21 ga qarang). hali ham yonib turardi. 4Shu payt Egamiz Shomuilni chaqirib qoldi. Shomuil:
— Labbay, hazratim! — deb ovoz berdi 5va Elaxning oldiga yugurib kelib:
— Meni chaqirgan edingiz, shu yerdaman, — dedi.
— Yoʻq, seni men chaqirmadim, qayt, borib joyingga yot, — dedi Elax. Shomuil qaytib borib yotdi. 6Egamiz yana:
— Shomuil! — deb chaqirdi. Shomuil yana turib, Elaxning oldiga kirdi va:
— Meni chaqirgan edingiz, shu yerdaman! — dedi.
— Chaqirganim yoʻq, oʻgʻlim, qayt, borib joyingga yot, — dedi u.
7Shomuil Egamizni hali tanimas, Egamizning kalomi hali unga ayon boʻlmagan edi. 8Egamiz uchinchi marta Shomuilga sado berdi. Shomuil oʻrnidan turib Elaxning oldiga keldi–da:
— Meni yana chaqirdingiz–ku, men shu yerdaman, — dedi. Shunda Elax bildiki, oʻspirinni Egamiz chaqirayotgan ekan. 9Elax Shomuilga dedi:
— Borib joyingga yot, oʻsha ovoz seni yana chaqirib qolsa, “Gapiraver, ey Egam, quling tinglayotir”, degin.
Shomuil borib, joyiga yotdi. 10Egamiz oʻsha yerda zohir boʻldi va oldingiday:
— Shomuil, Shomuil! — deb chaqirdi.
— Gapiraver, ey Egam! Quling tinglayotir! — deb javob berdi Shomuil. 11Egamiz dedi:
— Shomuil! Men Isroilda shunday bir ish qilmoqchimanki, eshitganning boshidan hushi uchadi. 12Oʻsha kuni Men Elaxning xonadoni toʻgʻrisida nima aytgan boʻlsam, hammasini bajo qilaman, boshlagan ishimni oxiriga yetkazaman. 13Elaxga, sening xonadoningni to abad jazolayman, deb uni ogohlantirgan edim. Uning oʻgʻillari koʻp gunoh qilib, oʻzlariga laʼnat orttirdilar. Elax esa buni bila turib, ularni tergamadi. 14Shu sababdan ont ichib aytamanki, Elax xonadonining bu gunohlarini aslo kechirmayman. Ularning qilgan gunohlarini to abad qurbonligu nazr qilish bilan yuvib boʻlmaydi.
15Shomuil ertalabgacha oʻrnida yotdi. Keyin turib, Egamizning uyi#3:15 Egamizning uyi — Isroil xalqi Egamizga sajda qiladigan asosiy joy Shiloʻdagi Muqaddas chodir edi (1:3 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Bu paytda Quddusdagi Maʼbad hali qurilmagan edi. eshiklarini ochdi. Oʻsha vahiyni Elaxga aytishdan qoʻrqdi. 16Shu payt Elax:
— Shomuil, oʻgʻlim! — deb chaqirdi.
— Labbay, shu yerdaman, — deb Shomuil Elaxga yaqin keldi.
17— Egamiz senga nimalar dedi? — soʻradi Elax. — Zinhor mendan yashira koʻrma. Egamizning senga aytgan gaplaridan birortasini mendan yashirsang, Xudo seni yomon koʻyga solsin, hatto undan battarrogʻini qilsin!
18Shomuil Elaxdan hech narsani yashirmay aytib berdi.
— U Egamizdir, — dedi Elax, — Unga nima maʼqul boʻlsa, oʻshani bajo qiladi.
19Shomuil ulgʻayaverdi, Egamiz doimo u bilan birga boʻldi, Shomuil bashorat qilgan hamma narsani Egamiz roʻyobga chiqardi. 20Dandan Bershebagacha boʻlgan jamiki Isroil xalqi Shomuil haqiqatan ham Egamizning paygʻambari ekanligini bildi. 21Egamiz Shiloʻda yana takror–takror zohir boʻlib, oʻsha yerda Oʻz kalomi orqali Shomuilga ayon boʻlardi.

Currently Selected:

1 Shohlar 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for 1 Shohlar 3