Ashdodliklar ertasiga saharda turib qarashsa, Doʻgʻon Egamizning Sandigʻi oldida yuzi bilan yerga agʻdarilib yotgan ekan. Shunda Doʻgʻonni koʻtarib, joyiga turgʻizib qoʻyishdi.
Ertasiga yana saharda turib qarashsa, Doʻgʻon Egamizning Sandigʻi oldida yuzi bilan yerga agʻnab yotgan ekan. Bu safar Doʻgʻonning boshi bilan ikkala qoʻli sinib, ostonada yotgan, faqat gavdasi butun qolgan ekan, xolos.