Shu paytda Shoulning oʻgʻli Yoʻnatan Xoreshda turgan Dovudning oldiga bordi va “Xudo seni saqlaydi”, deb uni ruhlantirdi.
— Qoʻrqma, — dedi Yoʻnatan unga, — otam Shoul seni topa olmaydi. Sen Isroil shohi boʻlasan, men esa sendan keyingi odam boʻlaman. Otam Shoul ham shuni biladi.