Odamlari Dovudga aytdilar:
— Egamiz senga: “Gʻanimingni qoʻlingga beraman, unga bilganingni qilaver”, degan edi. Oʻsha kun shu bugundir!
Dovud sekin borib, Shoulning ridosi etagidan bilintirmay bir parcha kesib oldi. Lekin Shoulning etagidan bir parcha kesib olgani uchun yuragida oʻkinch paydo boʻldi.