የYouVersion አርማ
የፍለጋ አዶ

Ibtido 23

23
23–BOB
Sora vafot etib, dafn qilinadi
1Sora 127 yoshida, 2Kanʼon yurtidagi Xirat–Arbada vafot etdi. (Xirat–Arba hozir Xevron deb yuritiladi.) Ibrohim Soraga aza tutib, yigʻladi. 3U Soraning jasadini qoldirib, Xet xalqidan#23:3 Xet xalqi — ibroniycha matnda Xet nasli (shu bobning 5, 7, 10, 16, 18, 20–oyatlarida ham bor). 10:15 ga qarang. boʻlgan oqsoqollar oldiga bordi va ularga dedi:
4— Men sizlarning orangizda yashayotgan bir musofirman. Iltimos, menga yeringizdan ozgina joyini sotinglar, toki marhumamni dafn qilay.
5Xet xalqidan boʻlgan oqsoqollar Ibrohimga shunday javob berishdi:
6— Gapimizga quloq soling, toʻram! Biz sizni ulugʻ bek deb hisoblaymiz. Xotiningizni dafn qilishingiz uchun joylarimizdan eng yaxshisini tanlab oling. Marhumangizni dafn qilishingiz uchun birortamiz sizdan maqbara uchun yer ayamaymiz.
7Ibrohim ularga egilib taʼzim qildi. 8Keyin dedi:
— Marhumamni dafn qilishimga rozi ekansizlar, endi mening gapimga quloq solinglar, Zoʻxar oʻgʻli Efroʻnga mening iltimosimni yetkazinglar. 9U oʻzining Maxpaladagi dalasining chetida joylashgan gʻorni menga sotsin. Men gʻorning toʻliq narxini toʻlayman, toki sizlarning guvohligingizda gʻor mening xonadonim uchun maqbara boʻlsin.
10Efroʻn shu paytda shahar darvozasida#23:10 …shahar darvozasida… — 19:1 ning ikkinchi izohiga qarang. yigʻilgan oʻz xalqi orasida oʻtirgan edi. U jamiki Xet xalqiga eshittirib, Ibrohimga shunday javob berdi:
11— Toʻram, endi mening gapimni eshitsinlar. Men dalamni, dalamdagi gʻorni ham sizga inʼom qilaman. Xalqimning guvohligida bularni sizga beraman. Marhumangizni dafn qilavering.
12Ibrohim yurt xalqiga yana taʼzim qildi. 13U yurt xalqiga eshittirib, Efroʻnga shunday javob berdi:
— Rahmat, lekin men butun dalangiz uchun kumush toʻlab, sotib olay, toki marhumamni u yerga olib borib, dafn qilay. Iltimos, mening taklifimni rad etmang.
14-15— E toʻram, — dedi Efroʻn Ibrohimga, — toʻrt yuz boʻlak kumush#23:14-15 toʻrt yuz boʻlak kumush — ibroniycha matnda toʻrt yuz shaqal kumush, taxminan 4,5 kiloga toʻgʻri keladi. Qadimgi paytlarda maʼlum vazndagi kumush boʻlaklari odatda pul birligi sifatida ishlatilgan. turadigan bir parcha yer bizning oramizda nima boʻpti?! Marhumangizni dafn qilavering.
16Ibrohim rozi boʻlib, Efroʻn hammaga eshittirib aytgan toʻrt yuz boʻlak kumushni unga tortib berdi. Bu oʻlchov savdogarlar orasida muomalada edi.
17Shunday qilib, Efroʻnning Mamre sharqida joylashgan Maxpaladagi mulki Ibrohimga oʻtdi. Mulk dalani, daladagi gʻorni va dalaning chetidagi hamma daraxtlarni oʻz ichiga olar edi. 18Bular shahar darvozasida yigʻilgan Xet xalqining guvohligida Ibrohimning doimiy mulki boʻlib qoldi. 19Shundan keyin Ibrohim Kanʼon yurtida Mamre sharqidagi Maxpala dalasining chetida joylashgan gʻorga xotini Sorani dafn qildi. (Mamre Xevronda joylashgan.) 20Shunday qilib, Xet xalqiga qarashli boʻlgan dala va u yerdagi gʻor maqbara sifatida Ibrohimning doimiy mulki boʻlib qoldi.

Currently Selected:

Ibtido 23: O‘zbMK

ማድመቅ

Share

Copy

None

ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ