Havoriylar 4
4
4–BOB
Butrus bilan Yuhanno Oliy kengash oldida
1Butrus bilan Yuhanno xalqqa gapirib turganlarida, bir necha ruhoniylar#4:1 ruhoniy — Quddusdagi Maʼbadda xizmat qiladigan eʼtiborli din rahnamosi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi RUHONIY soʻziga qarang., Maʼbad mirshabboshisi#4:1 Maʼbad mirshabboshisi — Maʼbadni qoʻriqlash va u yerda tartib saqlash uchun masʼul boʻlgan yahudiy harbiysi. va sadduqiy#4:1 sadduqiy — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylardan farqli ravishda, ular ogʻzaki tarqalgan urf–odatlarni qabul qilmasdilar, balki faqatgina Tavrotda yozilgan qonun–qoidalarga rioya qilardilar. Ular oʻliklarning tirilishiga ham ishonmas edilar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SADDUQIY soʻziga qarang. mazhabining baʼzi aʼzolari keldilar. 2Ularning qattiq jahli chiqqan edi, chunki bu ikkala havoriy xalqqa taʼlim berib, Iso oʻlikdan tirildi, deb vaʼz qilayotgan edilar. 3Ular ikkala havoriyni ushlab, vaqt kech boʻlgani uchun ertasi kun ertalabgacha qamoqda saqladilar. 4Ammo bu xabarni eshitganlarning koʻpchiligi imonga keldi. Shunday qilib, imonlilarning orasidagi erkaklarning soni besh mingga yetdi.
5Keyingi kun bosh ruhoniylar#4:5 bosh ruhoniylar — jamiyatning boshqa eʼtiborli odamlari qatorida Oliy kengash aʼzolari edilar. Oliy kengash yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BOSH RUHONIYLAR iborasiga qarang., yoʻlboshchilar, Tavrot tafsirchilari#4:5 Tavrot tafsirchilari — Musoning qonunini juda yaxshi bilgan ziyoli odamlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi TAVROT TAFSIRCHISI iborasiga qarang. Quddusda yigʻildilar. 6Oliy ruhoniy Xanan#4:6 Oliy ruhoniy Xanan — Xanan milodiy 6-15 yillarda oliy ruhoniy boʻlib xizmat qilgan. Rim hukumati uni bu lavozimdan chetlatgandan keyin uning oʻrnini kuyovi Kayafas egallab, milodiy 18-37 yillarda oliy ruhoniy boʻlib xizmat qildi. Xanan oʻz vazifasidan chetlatilganiga qaramay, xalq uni hamon oliy ruhoniy deb bilardi, u yahudiylar jamiyatida yuksak eʼtibor va nufuzga ega edi (Luqo 3:2 ga qarang)., Kayafas, Yuhanno, Iskandar va oliy ruhoniy oilasiga mansub boʻlgan boshqa erkaklar yigʻinda ishtirok etdilar. 7Ular ikkala havoriyni oʻrtaga turgʻizib qoʻyib, soʻradilar: “Buni qanday qudrat bilan, kimning nomidan qildingizlar?”
8Shunda Muqaddas Ruhga toʻlgan Butrus ularga shunday dedi: “Ey xalq rahnamolari va yoʻlboshchilari! 9Agar bir xasta odamga qilingan yaxshilik tufayli bizdan hisob talab qilayotgan boʻlsangiz va bu odamning qanday qilib sogʻayganini soʻrayotgan boʻlsangiz, 10sizlar, ey Isroil xalqi, hammalaringiz shuni bilib qoʻyinglarki, mana bu odam Nosiralik Iso Masih nomi bilan tamomila sogʻayib, oldingizda turibdi. Isoni sizlar xochga mixlagan edingizlar, Xudo esa Uni oʻlikdan tiriltirdi. 11Axir, Iso toʻgʻrisida Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan:
«Ey binokorlar, siz rad etgan tosh
Binoning tamal toshi#4:11 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qoʻyilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi oʻsha toshning joylashuvi boʻyicha qurilardi. boʻldi.»#4:11 Zabur 117:22 ga qarang.
12Najot boshqa hech kimdan kelmaydi. Uning nomi — butun olamda najot beradigan yagona nomdir.”
13Kengash#4:13 Kengash — yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OLIY KENGASH iborasiga qarang. aʼzolari Butrus bilan Yuhannoning jasoratini koʻrdilar va ularning oʻqimagan, oddiy odam ekanliklarini bilib, hayron qoldilar. Butrus bilan Yuhanno Isoning sheriklari ekanini angladilar. 14Shifo topgan odam ham ikkala havoriy bilan birga turgan edi. Shuning uchun xalq rahnamolari va yoʻlboshchilari uni koʻrib, ikkovining gaplariga qarshi biron soʻz ayta olmadilar.
15Shunday qilib, ular havoriylarga: “Majlisxonadan chiqinglar”, deb buyruq berdilar. Soʻngra oʻzaro muhokama qila boshladilar: 16“Bu odamlarni nima qilamiz? Bu ajoyib moʻjizani mana shu odamlar qilganini Quddusdagi har bir odam biladi, biz buni inkor eta olmaymiz. 17Ammo bu xabar xalq orasida yanada yoyilib ketishining oldini olish uchun, bundan keyin Isoning nomi bilan hech kimga gapirmaysizlar, deb ularni ogohlantirib qoʻyamiz.”
18Shunday qilib, ular ikkovini chaqirdilar va: “Isoning nomi bilan umuman gapirmaysizlar yoki taʼlim bermaysizlar”, deb buyruq berdilar. 19Butrus bilan Yuhanno esa ularga shunday javob qaytardilar: “Xudodan koʻra sizlarga itoat etsak, Xudoning nazarida toʻgʻri boʻladimi? Oʻzlaringiz xulosa chiqaraveringlar. 20Biz esa koʻrganlarimiz va eshitganlarimiz toʻgʻrisida gapirmasdan tura olmaymiz.”
21Shunday qilib, Kengash aʼzolari ularni oxirgi marta ogohlantirib, qoʻyib yubordilar. Ularni jazolash uchun hech qanday sabab topa olmagandilar, chunki butun xalq yuz bergan voqeani bilib, Xudoga hamdu sano aytardi. 22Axir, moʻjizali alomat tufayli shifo topgan odam qirq yildan oshiq vaqt davomida shol boʻlgan edi.
23Butrus bilan Yuhanno ozod boʻlishlari bilanoq, doʻstlarining oldiga qaytib keldilar va bosh ruhoniylar bilan yoʻlboshchilarning ularga aytgan gaplarini soʻzlab berdilar. 24Doʻstlari bu gaplarni eshitganlaridan keyin, hammalari birgalikda baland ovozda Xudoga shunday deb ibodat qildilar: “Ey Egamiz! Sen osmon bilan yerni, dengizni va ulardagi hamma mavjudotni yaratgansan! 25Quling — bobomiz Dovud orqali Muqaddas Ruhing bilan shunday degansan:
«Nega quturadi xalqlar?!
Nega behuda fitna qilar elatlar?!
26Egamizga va Uning Masihiga qarshi
Zamin shohlari saf tortdilar,
Hukmdorlar Unga qarshi birlashdilar.»#4:25-26 Muallif bu oʻrinda Zabur 2:1-2 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
27Haqiqatan, Hirod#4:27 Hirod — Antipas ismi bilan ham tanilgan boʻlib, Buyuk Hirodning oʻgʻli edi. Antipas Jalila va Pereya hududlarida hukmronlik qilgan. bilan Poʻntiy Pilat#4:27 Poʻntiy Pilat — 3:13 ning ikkinchi izohiga qarang. gʻayriyahudiylar va Isroil xalqi bilan birga bu shaharda Sening muqaddas Quling#4:27 Quling — qul soʻzi bu oʻrinda Masihning unvoni (Ishayo 42:1-4, 52:13-53:12 ga qarang). Bu soʻz yunonchada farzand degan maʼnoni ham bildiradi., Oʻzing Masih qilib tanlagan Isoga qarshi toʻplandilar#4:27 …Isoga qarshi toʻplandilar — Luqo 23:1-25 ga qarang.. 28Qudrating va xohish–irodang bilan Oʻzing ilgaridan qaror qilgan hamma narsani ular ijro etdilar. 29Endi, ey Egamiz, ularning tahdidlariga qara! Sening soʻzingni jasorat bilan aytishimiz uchun, biz, qullaringga kuch ber. 30Qudratingni koʻrsat, toki Muqaddas Quling#4:30 Quling — shu bobning 27–oyatiga berilgan uchinchi izohga qarang. Iso nomi bilan xastalarga shifo beraylik, alomatlar va moʻjizalar koʻrsataylik.”
31Hammalari ibodat qilib boʻlganlaridan keyin, ular yigʻilib turgan joy silkindi. Hammalari Muqaddas Ruhga toʻlib, Xudoning soʻzini jasorat bilan gapiradigan boʻldilar.
Imonlilar mol–mulklarini taqsimlab beradilar
32Imonga kelganlar yakdil va hamjihat edilar. Ulardan birontasi oʻziga qarashli biron narsani “Bu meniki”, deb aytmas, bor mol–mulklarini umumiy deb bilishardi. 33Havoriylar buyuk qudrat bilan Rabbimiz Isoning tirilganiga guvohlik berardilar. Xudo ularning hammalariga moʻl–koʻl muruvvat koʻrsatardi. 34Imonlilarning orasida bironta muhtoj odam yoʻq edi. Dala yoki uy–joy egalari bor narsalarini sotardilar, sotuvdan tushgan mablagʻni olib kelib, 35havoriylarning ixtiyoriga berardilar. Pullar odamlarning ehtiyojiga qarab taqsimlanardi. 36Imonlilar orasida Levi qabilasidan boʻlgan Yusuf ismli bir odam bor edi. U asli Kiprdan edi. Havoriylar unga Barnabo, yaʼni “dalda beruvchi” degan nom bergan edilar. 37Yusuf ham dalasini sotib, pulini havoriylarga inʼom qildi.
Currently Selected:
Havoriylar 4: O‘zbMK
ማድመቅ
ያጋሩ
ኮፒ

ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020