Havoriylar 12

12
12–BOB
Yoqub oʻldiriladi, Butrus qamoqqa tashlanadi
1Xuddi shu paytda shoh Hirod#12:1 Hirod — Hirod Agrippa I ismi bilan ham tanilgan boʻlib, Buyuk Hirodning oʻgʻli edi. imonlilar jamoatining baʼzi aʼzolarini quvgʻin qila boshladi. 2U Yuhannoning akasi Yoqubni#12:2 Yoqub — Iso Masihning oʻn ikki shogirdidan biri (1:13 ga qarang). qilich bilan oʻldirtirdi. 3Hirod koʻrdiki, bu yahudiylarga maʼqul kelyapti, shunday qilib, u Butrusni hibsga oldi. Bu voqea Xamirturushsiz non bayrami kunlarida yuz berdi. 4U Butrusni qamatib, toʻrt kishidan iborat toʻrt guruh askarni qorovul qilib qoʻydi. Fisih bayramidan#12:4 Fisih bayrami — Fisih ziyofatiga va undan keyin yetti kun davomida nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramiga ishora (shu bobning 3–oyatiga qarang). Bu bayramlar Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlishi munosabati bilan nishonlanar edi (Chiqish 12:1-42, 13:3-10 ga qarang). soʻng uni xalqning oldiga olib chiqib, hukm qilishni rejalashtirgan edi. 5Butrus hibsda ekan, jamoat u uchun Xudoga chin dildan ibodat qildi.
Butrus qamoqdan qutuladi
6Hirod Butrusni xalq oldiga olib chiqmoqchi boʻldi. Oʻsha kundan oldingi tunda Butrus ikki soqchi oʻrtasida uxlayotgan edi. U ikkita zanjir bilan kishanlangan, qamoqxona eshigida soqchilar navbatchilik qilishardi. 7Birdan Egamizning farishtasi zohir boʻlib, hujrada nur porlab ketdi. Farishta Butrusning yonboshiga turtib uygʻotdi va: “Tezda oʻrningdan tur!” dedi. Shunda kishanlar Butrusning bilaklaridan tushib ketdi. 8Farishta unga:
— Kamaringni bogʻla, chorigʻingni kiy, — dedi. Butrus aytilganday qildi. Keyin farishta unga:
— Choponingni kiyib, ortimdan yur, — dedi. 9Butrus farishtaga ergashib, qamoqxonadan chiqdi. Ammo u farishtaning bu ishlari haqiqat ekanini anglamasdan, “vahiy koʻryapman, shekilli”, deb oʻylardi. 10Ular birinchi va ikkinchi darvoza soqchilari oldidan oʻtgandan keyin, shaharga olib boradigan temir darvoza oldiga keldilar. Darvoza oʻz–oʻzidan ularga ochildi. Ular tashqariga chiqib, soʻqmoq boʻylab ketdilar. Birdan farishta Butrusning oldida koʻzdan gʻoyib boʻldi. 11Butrus shu zahoti oʻziga kelib: “Endi ishonchim komilki, Egamiz Oʻzining farishtasini yuborib, meni Hirodning qoʻlidan, yahudiy xalqining adovatidan qutqaribdi”, dedi.
12Butrus shularni anglab, Maryamning uyiga yoʻl oldi. Maryam Yuhannoning onasi edi. Yuhannoning ikkinchi ismi Mark edi. Maryamning uyida koʻpchilik toʻplanib, ibodat qilishayotgan ekan. 13Butrus darvozani taqillatgan edi, Roda ismli qiz xabar olgani chiqdi. 14Qiz Butrusning ovozini tanigach, shunchalik xursand boʻlib ketdiki, darvozani ochish oʻrniga, ichkariga yugurib kirdi–da, Butrus darvoza oldida turibdi, deb eʼlon qildi. 15Ular qizga:
— Aqlingni yeb qoʻyibsan, — dedilar. Ammo qiz gapida turib olgach, ular:
— U Butrusning farishtasi#12:15 U Butrusning farishtasi — yahudiylarning tasavvuriga koʻra har bir odamni qoʻriqlaydigan bir farishtasi boʻlib, shu farishta oʻzi qoʻriqlaydigan odamning qiyofasida boshqalarga zohir boʻlar ekan. Muqaddas Kitobdagi baʼzi oyatlarda farishtalar, odamlarga yordam berish uchun yuborilgan elchilar, deb yozilgan, ammo bundan tashqari farishtalarning aniq vazifasi haqida hech qanday maʼlumot berilmagan (Ibtido 48:16, Matto 18:10-11, Ibroniylar 1:4 ga qarang)., — deb javob berdilar.
16Butrus darvozani taqillatishda davom etdi. Ular darvozani ochib, Butrusni koʻrdilar–u, hayron boʻlib qoldilar. 17Butrus qoʻli bilan “jim” degan ishorani qildi va Egamiz uni qanday qilib zindondan ozod qilganini soʻzlab berdi. Soʻngra “Bu voqeani Yoqubga#12:17 Yoqub — Isoning shogirdi Yoqub emas (shu bobning 2–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang), balki Quddusdagi jamoatning yetakchisi va Isoning ukasi Yoqub nazarda tutilgan (15:13, 21:18 ga va Mark 6:3, Galatiyaliklar 1:18-19 ga qarang). va boshqa imonlilarga aytinglar”, deb qoʻshib qoʻydi. Shundan keyin Butrus u yerdan chiqib, boshqa yerga bordi.
18Tong otgach, vahimali shovqin–suron koʻtarildi. Askarlar bir–biridan: “Butrus qayerga gʻoyib boʻldi?” deb soʻrardilar. 19Hirod Butrusni izlashga buyruq berdi, ammo uni topa olmadilar. Hirod soqchilarni soʻroq qilib, ularni oʻlimga mahkum qildi.
Hirodning oʻlimi
Shundan keyin Hirod Yahudiyadan Qaysariyaga#12:19 …Yahudiyadan Qaysariyaga… — bu oʻrinda Yahudiya Rim imperiyasi tarkibidagi Yahudiya viloyatini emas, balki yahudiylar yashaydigan hududni bildiradi (Eski Ahdda bu hudud Yahudo deb atalgan). Qaysariya Yahudiya viloyatining poytaxti boʻlib, Quddusdan 90 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan edi. borib, oʻsha yerda turib qoldi. 20Shoh Hirod Tir va Sidon aholisidan qattiq gʻazablandi. Bu shaharlar oziq–ovqat boʻyicha Hirodning shohligiga qaram boʻlgani uchun, Tir va Sidon vakillari maslahatlashib, Hirod bilan koʻrishgani keldilar. Ular saroy noziri Blastusni oʻz tomoniga ogʻdirib olganlaridan keyin, Hirod bilan sulh tuzmoqchi edilar. 21Hirod ularni qabul qiladigan kuni shohona liboslarini kiyib, taxtiga oʻtirdi–da, ularga nutq soʻzladi. 22Odamlar uning bu nutqini eshitib: “Inson emas, balki xudo gapiryapti!” deb xitob qildilar. 23Hirod Xudoni sharaflamagani uchun oʻsha zahotiyoq Egamizning farishtasi uni urdi. Hirod qurtlarga yemish boʻlib olamdan oʻtdi.
24Xudoning kalomi esa tobora yoyilib, Isoga ergashuvchilar koʻpayib borardi. 25Barnabo bilan Shoul#12:25 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan (13:9 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Quddusda topshiriqni bajarib boʻlishgach#12:25 …Quddusda topshiriqni bajarib boʻlishgach… — 11:27-30 ga qarang., Antioxiyaga qaytdilar. Ular oʻzlari bilan birga Yuhannoni ham olib keldilar. Yuhannoning ikkinchi ismi Mark edi.

Currently Selected:

Havoriylar 12: O‘zbMK

ማድመቅ

ያጋሩ

ኮፒ

None

ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ